Klasslab qochirish. Mayin junli qo‘ychilikda ma’lum guruh sovliqlarga
mos qo‘chqorlar qo‘shilib, qochirish mavsumi davomida birga yuradi.
Bu usul bilan guruhlab tanlash va juftlashga erishish mumkin. Uning
kamchiliklari ham bor: qochmay qolgan sovliqlarni aniqlab bo‘lmaydi; bir necha
qo‘chqorlardan foydalanish natijasida avlodning kelib chiqishini aniqlab
bo‘lmaydi; qo‘chqorlardan foydalanish muddatlari qisqaradi.
Erkin qochirish. Sovliqlarni qo‘chqorlar bilan nazoratsiz qochirish usuli
bo‘lib, ular umumiy guruhda saqlanadi. Bu usulda hech qanday naslchilik ishini
olib borib bo‘lmaydi. Har 30-40 bosh sovliqka bitta qo‘chqor ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |