Qishki qo‘zilatish – iloji bor xo‘jaliklarda ijobiy usul bo‘lib, qo‘ylar bosh
soni va ularning mahsuldorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qishki
qo‘zilatish uchun sovliqlar avgust-sentabrda qochiriladi, bu vaqtda qo‘ylar
yaxshi sYemizlikda bo‘lib durkun otalanadi, qisir sovliqlar soni kamayadi,
egizlar soni ko‘payib, qo‘zilar tez o‘sadi. Yaylov boshlanishiga qo‘zilar tayyor
bo‘lib yaylovlardan samarali foydalanib, kuzga kelib ularning vazni yuqori
bo‘lib, yuqori go‘sht va jun mahsuldorligiga ega bo‘ladi, nasldor yosh qo‘ylar
qishlovga yaxshi kiradi. 10-15 % yaxshi rivojlangan urg‘ochi qo‘zilarni
qochirish mumkin. Lekin ushbu usulda bo‘g‘oz va tuqqan qo‘ylarga yetarli issiq
binolar va yYem-xashak bo‘lishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |