Jamurad yangiboyevich, amirov



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

 
3.5.1.Qoramolni tanlash. 
 
 Tanlash  xususiyati  va  ahamiyati.  Hayvonlarning  mahsuldorlik  va  nasl 
xususiyatlarini  sun’iy  uslubiy  tanlash  asosiy  omil  bo‘lib  xizmat  qiladi,  u  aniq 
vazifalarni hal qilishda rejali va maqsadga  muvofiq qilib olib boriladi. Umuman 
olganda  sun’iy  va  tabiiy  tanlash  uzviy  bog‘liq,  chunki  sun’iy  tanlash  najatilari 
ko‘p  jihatdan  tabiiy  tashlashga  chambarchas  bo‘lib,  uni  ta’sirida  ro‘yobga 
chiqadi. Shuning uchun ba’zi vaqtda tabiiy tashlashga ijobiy ta’sir qilsa, qolgan 
paytlarda salbiy ta’sir qilishi mumkin. 
 Sutchilik  qoramolchiligida  tanlash  sigirlar  sut  mahsuldorligi,  sut 
tarkibidagi  yog‘  va  oqsil,  laktasiya  egri  chizig‘ining  ravonligi,  sigirlar  
yelinining tuzilishi va sut bepush tezligi, 1 kg sut uchun oziqa sarfi, tirik vazn, 
urchish  qobiliyati,  ularning  uzoq  yashashi  hamda  kasalliklarga  chidamligi 
inobatga olinadi. 
 Ko‘p  hollarda  sigirlar  sutdorligi,  sutining  yog‘liligi  va  oqsil  miqdori 
bilangina  baholanadi.  Lekin  bunday  sharoitda  sigirlarning  tana  tuzilishining 
benuqsonligi, konstitutsiyasining mustahkamligi e’tiborga olinishi shart, bunday 
hayvonlar hayotchan bo‘lib o‘z belgilarini avlodlariga yaxshi o‘tkazadi. 
 Go‘shtdor  qoramolchilikda  esa  o‘sish  jadalligi,  go‘sht  sifatlarining 
shakllanishi,  sYemirish  uchun  sarflangan  oziqa  birligi,  tirik  vazniga  qarab 
tanlanadi.  Iqtisodiy  jihatdan  jussasi  katta    hayvonlar  samarali  bo‘lib,  ularda 
muskullar yaxshi rivojlangan bo‘lib, yuqori go‘sht mahsuldorligiga ega bo‘lishi 
kerak. 
Hayvonlarni  tanlash  muayyan  sharoitda  o‘z  reja  va  maqsadlariga  ega 
bo‘lib,    alohida    poda  yoki    zotni  takomillashtirishni  maqsad    qilib  qo‘yish 
kerak,  bu  borada  hayvonlarni  oziqlantirish  va  saqlash,  yosh  qoramollarni 
maqsadli o‘stirishda alohida o‘rin tutadi.  
Hayvonlar  yoshlariga  qarab  tanlash  jarayonida  yoshi  bilan  bog‘liq, 
o‘zgarishlar  inobatga  olinib,  bu  ko‘rsatkichlar  qayta  takrorlab  ko‘rilishi  shart. 
Ayniqsa, bu omillar qoramollarni bonitirovka qilganda e’tiborga olinishi shart.  
  Sutdor    sigirlarni    baholash  va  tanlash.Naslchilik  fermalarida  sigirlar 
o‘z  mahsuldorligini,  tana  tuzilishi  xususiyatlaridan      kelib  chiqishi  va 


 
156 
avlodlarning  mahsuldorli  ko‘rsatkichlari  yig‘indisiga  qarab    baholanadi.  Shu 
ko‘rsatkichlar    asosida    sigirlar  bonitirovka  qilinadi.  Tovar  xo‘jalikda  tanlash 
asosiy  ko‘rsatkich  sut  mahsuldorligi  olinib,  kerak  bo‘lsa  qolgan  belgilar  ham 
inobatga olinadi. 
 Bu  borada  sigirlar  sutining  miqdori,  sut  tarkibi  yog‘  va  oqsil  miqdoriga 
qarab  tanlanadi.  Sigirlar  sut  mahsuldorligiga  qarab  baholanganda  ularning  bir 
necha  laktasiyalarining  o‘rtacha  ko‘rsatkichini  olish  maqsadga  muvofiq 
hisoblanadi. 
 Sanoat  komplekslari  va  shaxsiy,  fermer  xo‘jaliklarda  sigirlar    birinchi 
tug‘imdagi  sutdorligiga  qarab  tanlanadi,  chunki    bu  ko‘rsatkich    bilan  ularning 
keyingi  laktasiyalardagi  sut  mahsuldorligi  bilan  yuqori    korrelyativ  bog‘lanish 
bor.  Ko‘pincha    bunday  tanlash  maxsus  seleksiya  fermalarida  olib  bopilsa 
yuqori  natija  beradi.  Bunday  tanlashni  turli  mulk  shaklidagi  sutchilik 
xo‘jaliklarida o‘tkazishining to‘liq imkoniyati mavjud. 
Bozor  iqtisodiyoti    jarayonida  sigirlarni  oziqaga  sut  bilan  javob  berishiga 
qarab tanlash alohida  ahamiyat kasb  etadi. Chunki  bu sohada sigirlar o‘rtasida 
farq  30-40%  ni  tashkil  qilib,  ularning  sutdorligi  va  oziqa  sarfi  o‘rtasida  yuqori  
korrelyativ  (0,8-0,9)  bog‘lanish  mavjud.  Ko‘pincha    sersut  sigirlar  1  kg  sut 
uchun  kamroq  oziqa  birligi  sarflaydi.  Bu  esa  sutning  tannarxini  kamaytirishga 
ijobiy  ta’sir  o‘tkazadi.  Yuqoridagi  ko‘rsatkichni  avloddan-avlodga    muqim 
berilishi e’tiborga olinsa asosiy belgilardan biriga aylanadi. 
Buqalar yetishtirish uchun belgilangan sigirlar yuqoridagi ko‘rsatkichlarga 
alohida e’tiborga olinib, irsiy belgilari bilan bir qatorda turadi. Bunday sigirlarda 
albatta sersutlik, kam oziqa sarfi bilan uygunlanishi kerak. 
Naslchilik ishlarida eng ko‘p sut bergan laktasiya, hayoti davomida bergan 
suti bilan birgalikda hisobga olinadi.  
Naslchilik  ishlarida  rekordchi  sigirlardan  zotni  takomillashtirishda,  yangi 
qator  va  oilalar  tuzishda  keng  foydalanishni  taqozo  qiladi.  Lekin  bu  borada 
juftlik maqsadga muvofiq bo‘lmog‘i kerak. 
 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish