Jamurad yangiboyevich, amirov


III.5. Qoramolchilikda naslchilik ishlari



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

III.5. Qoramolchilikda naslchilik ishlari. 
 
Naslchilik ishlarining ahamiyati va vazifalari qishloq xo‘jaligida hayvonlar 
ishlab  chiqarish  vositasi  sifatida  xizmat  qiladi,  shuning  uchun  uning  sifati 
samaradorlik 
omili 
bo‘lib 
hisoblanadi. 
Qishloq 
xo‘jalik 
hayvonlari 
takomillashtirish, ulardan oliniadigan mahsulot miqdorini ko‘paytirish va sifatini 
yaxshilashning  asosi  bo‘ladi.  Nasldor  hayvonlar  to‘g‘ri    oziqlantirilib, 
saqlanganda yuqori mahsulot berish imkoniyatiga ega.  
Ko‘pchilik    hollarda  qoramollar    mahsuldorligining  pastligi  faqatgina 
oziqalar  miqdori  va  sifatining  talab  darajasida  bo‘lmasligi,  ikkinchidan  esa 


 
153 
ularniig  nasl  sifatlarining  pastligi  bilan  bog‘liqdir.  Ayniqsa,  ko‘pchilik  zotli 
hayvonlarning mahalliy sharoitlarga to‘liq mos kelmasligi,  qabul qilingan ishlab 
chiqarish jarayonlari talablariga javob bermasligi bilan izohlash mumkin. 
 Sutchilik  qoramolchiligida  naslchilik  ishlariniig  asosiy  yo‘nalishi  sigirlar 
sut  mahsuldorligini  oshirish,  sut  tarkibini  yaxshilash  va  ularning  texnologik 
ko‘rsatkichlarini talablar darajasiga yetkazish bilan baholanadi. Bundan  tashqari 
naslchilik  ishlarida ularning  tanasining  mustahkamligi  kasalliklarga  chidamligi, 
mahalliy oziqalarga moslashganligi e’tibordan chetda qolmasligi  kerak.  
Har  bir  muayyan  xo‘jalikda  naslchilik  ishlarining  tizimi,  aniq  maqsadga 
qaratilmog‘i  kerak. 
Qoramolchiliklarni  yaxshilash  jarayonida  birinchi  navbatda  ularning 
miqdor ko‘rsatkichlari inobatga olinib, sifat ko‘rsatkichlarini esdan chiqarmagan 
holda olib boriladi. 
Sut  qoramolchiligida:      sigirlar  tirik  vazni,  sut  miqdori,    sut  tarkibidagi  
yog‘  va  oqsil  miqdori,  sut  berish  tezligi;  go‘shtdor  qoramolchiligida  esa  tirik 
vazn,  tez  yetiluvchanlik  va  1  kg  vazn  oshishiga  sarflangan  oziqa  birligi  asosiy 
mezonlar qilib olinadi. 
 Sut  qoramolchiligida  seleksiya  natijalari  genetik  omillar  hisoblangan 
asosiy  belgilarning  o‘zgaruvchanligi,  hamda  belgilarning  nasldan  naslga 
berilishi, qaytarilishi va korrelyasiya koeffitsientlari  ko‘rsatkichlariga bog‘liq. 
Qator  belgilarning  nasldan  naslga    muqim  berilishi  hayvonlarni  yoppa 
seleksiya  qilganda  ham  ijobiy  natijalar  berishiga  sabab  bo‘ladi.  Ko‘pchilik 
hollarda  esa,  belgining  nasldan-naslga  berilish  koeffitsienti  bilan  tanlash 
samaradorligiga erishish orasida farq bo‘ladi. 
 Tajribalar 
natijasi 
shundan 
dalolat 
beradiki, 
ba’zi  podalarda 
o‘zgaruvchanlik  koeffitsienti  kichik  bo‘lgan  hollarda  ijobiy  natijalarga 
erishilgan. Ba’zi hollarda esa o‘zgaruvchanlik va tanlash jadalligi bir xil bo‘lgan 
podalarda  turli  seleksiya  samaradorliga    guvoh  bo‘lamiz.  Shuning  uchun 
muayyan  sharoitda  u  yoki  bu  tanlash  va  juftlash  usullaridan  foydalanishni 
taqozo qiladi.  
Sut  yo‘nalishidagi  qoramollarda  o‘zgaruvchanlik  o‘rtacha  quyidagicha 
bo‘ladi: sigirlar tirik vazni 12-15%; 305 kunlik sut  20-30%  sut tarkibidagi yog‘ 
miqdori 5-9%; oqsil 4-8%; sut berish tezligi 10-15%. 
Sutning  sifat  ko‘rsatkichlari  bo‘lgan  uning  tarkibidagi  yog‘,  oqsil 
ko‘rsatgichlarining  irsiyat  koeffitsienti  0,5-0,8  ni  tashkil  qiladi.  Bu  ko‘rsatkich 
sutning  miqdori    bo‘yicha  yuqori  bo‘lmay  0,3-0,4,  tirik  vazni  bo‘yicha  0,37, 
sutga  oziqa  bilan  javob  berish  0,2-0,48  tashkil  qiladi.  Sigirlarning  yelin 
ko‘rsatkichlari  (sut  berish  tezligi,  yelin  bo‘lmalarining  rivojlanish  indeksi,  bir 
sogim  davomiyligi)  kabilarda  yuqoridagi  ko‘rsatkich  0,2-0,3  tashkil  qilishi,bu 
borada  yuqori  mahsuldor,  sut  sog‘ishda  zarur  ko‘rsatkichlarni  shakllanishida 
tashqi muhit ta’siri alohida o‘rin tutishini e’tiborga olishini talab qiladi. Shuning 
uchun  irsiyat  kooffitsienti  sigirlarning  oziqlantirish,  saqlash  naslchilik 
ishlarining  tashkil  qilish,  hayvonlarning  yakka  xususiyatlari  inobatga  olinadi, 


 
154 
amalda irsiyat koffitsienti har bir  xo‘jalik uchun aniq raqamlardan foydalangan 
ma’qul. 
Qoramollarda    belgilarning  qaytarilish    koeffitsienti,  katta  o‘zgarishlarga 
moyil.  Bu  ko‘rsatkich  ma’lum  fenotipik  belgilarning  turli  yoshda  oziqlantirish, 
saqlash ta’sirida o‘zgarishini belgilaydi. 
Belgilarning qaytarilish  koeffitsienti sutdorlik bo‘yicha 0,59-0,73; sutning 
yog‘liligi 0,49-0,74; oqsil bo‘yicha 0,54-0,79; sigirlar sog‘imining dastlabki 100 
kunligidagi  laktasiya    davomida  sutdorligi  0,81-0,90;  tug‘ilgandagi  va  voyaga 
yetgandagi  tirik  vazni-  0,19;  go‘shtdor  buzoqlarni  sutdan  chiqarganda  13 
oylikdagi tirik vazni - 0,48 ni tashkil qiladi. 
Qoramolchilikda 
 
naslchilik 
ishlari 
tashkil 
qilishda 
korrelyativ 
o‘zgaruvchanlikni  inobatga   oliish alohida  ahamiyat  kasb etadi, chunki barcha 
belgi  va  xususiyatlarni  hisobga    olgan  holda  ish  yurish  kerak,  hayvonlar 
baholanganda  barcha belgilar inobatga olinib, bonitirovka natijalariga ham ta’sir 
qiladi. 
Ayniqsa, belgilarning bir-biriga bog‘liq naslchilik ishida  muhim ahamiyat 
kasb etadi, chunki tirik vazn va sut mahsuldorligi, sut va uning tarkibidagi yog‘ 
miqdori,  yog‘  va  oqsil,    sut  miqdori  va  uning  oqsili,  yelin  rivojlanishi  va  sut 
mahsuldorligi o‘rtasidagi munosabatlarni inobatga olish kerak. 
Sigirlarni  tirik  vazni  va  sut  mahsuldorligi  o‘rtasida  ko‘pincha  vazni  yirik 
sigirlar  ko‘proq    sut  berishi  tan  olingan.  Lekin  bu  ko‘rsatkich  turli  zotlarda 
ma’lum   vazngacha ijobiy  ta’sir qiladi. Undagi keyin tirik vaznning ortishi sut 
mahsuldorligiga ijobiy ta’sir qilavermaydi. Meyordan ortiq vaznga  ega sigirlar 
ko‘pincha  1  kg  sut  ishlab  chiqarish  uchun  ko‘proq  oziqa  birligi    sarflashi 
kuzatiladi. 
Amalda  sigirlar  sutining  miqdori  va  uning  yog‘liligi  o‘rtasida  salbiy 
korrelyasiya bo‘lib u -0,01-0,405, oqsil miqdori bilan -0,2-0,3 ni  tashkil qiladi. 
Ko‘pincha naslchilik xo‘jaliklarida  sutning miqdori va yog‘i bo‘yicha seleksiya 
ishlari  olib  borilganda  ular  o‘rtasida  ijobiy  korrelyasiya  mavjud  bo‘lib  u  0,41 
gacha bo‘lishi mumkin. 
Asosan  sutning  yog‘liligi  va  oqsil  miqdori  o‘rtasida  ijobiy  korrelyasiya  
mavjud.  Lekin  yuqori  mahsuldor  sigirlardan  iborat  podalarda      har  doim  ham 
yog‘ning  ko‘payishi    bilan  oqsilning  ko‘payishi  kuzatilmaydi.  Shuning    uchun  
bu xo‘jaliklarda sutning yog‘i va oqsil miqdori  bo‘yicha, alohida  nazorat olib 
borishni taqozo qiladi. 
Sigirlarning    sut  mahsuldorligi  va  uning  yog‘liligi  bo‘yicha  bir  taraflama 
seleksiya  olib  borish  bu  ko‘rsatkichlar  o‘rtasida  salbiy  korrelyasiya  nisbatini 
kamaytiradi. 
Sigirlarning  uzoq  yashashi  va  sut  mahsuldorligi  o‘rtasida  doim  yuqori 
ijobiy  korrelyasiya  kuzatilmay  0,107-0,175  ni  tashkil  qiladi.  Har  doim  sigirlar 
yelinining  rivojlanishi  va  sut  mahsuldorligi  o‘rtasida  ijobiy  korrelyasiya 
kuzatiladi. 
Qoramollar  go‘sht  mahsuldorligi  ko‘rsatkichlari  o‘rtasida  quyidagicha 


 
155 
korrelyativ bog‘lanish mavjud: tug‘ilganidagi va sutdan chiqqandagi vazn 0,46; 
tirik  vazn  va  nimtalar  vazni  0,45-0,55;  o‘rtacha  kunlik  sYemirish  va  yakuniy 
vazn 0,77; onasidan  ajratgandagi  vazn  va sigir  sut mahsuldorligi  0,7. 
Yuqoridagi    xulosa  qilib  korrelyativ  bog‘lanishlar  har  doim  ham  bir  xil 
bo‘lmay, muayyan  sharoitda o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib seleksiya davomida 
inobatga olishni taqozo  qiladi. 
Qoramolchilik  seleksiyasida  jadal  natijalarga  erishish  maqsadga  fan  va 
texnikaning  oxirgi  yutuqlari  bo‘lgan  gen  injeneriyasi,    immunnogenetika, 
sitogenetika, homilani ko‘chirib o‘tkazish va biotexnologiyaning boshqa usullari 
qo‘llanilmoqda. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish