Jamurad yangiboyevich, amirov


Qoramolchilikda hayvonlarni juftlash



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

3.5.2.Qoramolchilikda hayvonlarni juftlash. 
 
Juftlashda  erkak    va  urg‘ochi  hayvonlarning  sut  va  go‘sht  mahsuldorligi 
asosiy  mezon  qilib  olinadi.  Juftlash  xo‘jalik  yo‘nalishi,  naslchilik  ishlari  rejasi 
asosida, qo‘yilgan maqsadga qarab olib boriladi.  
Juftlash  jarayonida  buqalarga    alohida  qattiq  talablar  qo‘yiladi.  Juftlashda 
hayvonlar mahsuldorligidan ularning yoshi ham muhim o‘rin tutadi. Sut va sut-
go‘sht  yo‘nalishidagi  qoramolchilikda  hayvonlarni  suti  tarkibidagi  sut  va  oqsil  
miqdoriga  ham  e’tibor  beriladi,  chunki  ko‘pincha  sut  mahsuldorligi  va 


 
163 
yuqoridagi ko‘rsatkichlar o‘rtasida salbiy bog‘lanish (korrelyasiya) mavjud. 
Bu  masalani  amalga  oshirishda  avlodlarning  sifati  bo‘yicha  baholanib 
yaxshilovchi deb tan olingan buqalardan keng foydalanish zarur, chunki ularda  
sutining  miqdori  bilan  uning  tarkibidagi  yog‘i  va  oqsili  o‘rtasida  ijobiy 
bog‘lanish inobatga olinadi. 
Juftlash  jarayonida  hayvonlarning  mahsulot  tana  tuzilishi,  mosligi,  tana 
tuzilishi,  asosiy  texnologik  ko‘rsatkichlari  –  yelin  shakli,  uning  sig‘imi, 
bo‘lmalarining rivojlanishi, yelin indeksi, so‘rg‘ichlar shakli va o‘lchamlari, sut 
berish tezligi hisobga olinadi. 
Bu  ko‘rsatkichlar  juftlanayotgan  sigirlar  va  buqalarning  avlodlarini 
inobatga  olgan    holda    o‘tkaziladi.  Go‘sht  qoramolchiligida  esa  hayvonlarning   
tana tuzilishi, yo‘nalishiga mosligi va go‘sht sifatlari e’tiborga olinadi. 
Juftlashni  muvaffaqiyatli  o‘tkazish  uchun  yil  boshida  har  bir  naslchilik 
xo‘jaligida uning rejasi tuziladi. Unda yil davomida qaysi asosiy va qo‘shimcha 
buqa  bilan  qochirish  ko‘rsatiladi,  bunda  albatta  sigir  va  buqalarning  barcha 
ko‘rsatkichlari inobatga olgan holda tuziladi. 
Qoramolchilikda    boshqa  chorvachilik  sohalari  singari  yakkalab  va 
guruhlab  juftlash  qo‘llaniladi.  Yakka  tanlash  asosan  naslchilik  xo‘jaliklarida 
ma’lum reja asosida maxsus buqalar olish jarayonida qo‘llaniladi. 
Bu  juftlash  usulida  har  bir  buqaga  unga  mos  bo‘lgan  qatorlar  va  oilalar 
urg‘ochi  hayvonlar  juftlanadi.  Buning  uchun  har  bir  hayvon  kelib  chiqishi, 
xususiyatlari  inobatga  olinadi.  Ayniqsa,  juftlashni  o‘tkazishda  o‘tgan  juftlarni 
ijobiy  natijalari  asosida  tashkil  qilinsa  yaxshi  bo‘ladi.  Bu  juftlash  asosan  sof  
zotli urchitishda, kerak bo‘lsa chatishtirish jarayonida ham foydalanish mumkin. 
Yakkalab  juftlanganda  erkak  va  urg‘ochi  hayvonlarning  tana  tuzilishi  va 
konstitutsiyasi  hisobga  olib  o‘tkazilishi,  avlodda  turli  tana  kamchiliklarini 
kamaytirishga va konstitutsiyasini mustahkamlashga olib keladi. 
Guruhlab  tanlash  ko‘pincha  tovar  xo‘jaliklarida  o‘tkaziladi.  Bunda  bitta 
asosiy  va  qo‘shimcha  buqaga  malum  guruh,  mos  klassdagi  sigir  va  urg‘ochi 
tanalar  berkitiladi.  Bu  usulda  buqaning  tana  tuzilishi,  konstitutsiyasi  sigirlar 
tipiga mos bo‘lishi va uning klassi sigirlar klassidan yuqori bo‘lishi shart. 
Tovar xo‘jaliklarida qarindosh urchitishni oldini olish uchun har 2-3 yilda 
buqalar almashtirilib turiladi. 
Keng  qamrovli  seleksiya  olib  boriladigan  hududlarda  yakka  –guruhlab 
juftlash  usuli  ham  qo‘llaniladi.  Bunda  xo‘jalikning  urg‘ochi  hayvonlari  tana 
tuzilishi,  konstitutsiyasi,  yo‘nalishi,  kelib  chiqishiga  qarab  guruhlarga  bo‘linib 
ularga  mos  buqalar  berkitiladi.  Har  bir  maxsus  guruhga    asosiy  va  qo‘shimcha 
buqa ajratiladi,  ular klassi albatta sigirlar klassidan yuqori bo‘lishi shart.  
Chorvachilikda    juftlashni  ikki  xil  usuli  qo‘llaniladi  –  bir  xil  (gomogen), 
har xil (geterogen). 
Bir  xil  (gomogen)  juftlash  ko‘pincha  yuqori  mahsuldor,  naslchilik 
xo‘jaliklarida,  sof  zotli  urchitish,  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  qatorlar  va  oilalar 
bo‘yicha qo‘llaniladi. Bu usul zarur paytda, ayniqsa zotlarni takomillashtirish va 


 
164 
yangi zotlarni yaratilishida as qotadi. Bir xil juftlash xo‘jalikda hayvonlar uchun 
yaxshi  sharoitlar    yaratilishi  shart,  uning  uchun  buzoqlar  maqsad  yo‘lida 
o‘stirilish,  u    juftlash  maqsadida xizmat qilishi kerak, bundan tashqari olingan  
hayvonlar  oziqlantirish  va  saqlashga  alohida  e’tibor  berib  sigirlarni  iydirish 
kerak. 
Har  xil  (geterogen)  juftlash  naslchilik  va  tovar  xo‘jaliklarida,  sut  ,  ham 
go‘sht yo‘nalishida keng qo‘llaniladi. Naslchilik xo‘jaliklarida bu usul turli qator  
hayvonlarni,  juftlash,  yangi  tiplar  yaratishda,  yangi  zotlar  yaratish  va  borlarini 
takomillashtirishda  ishlatiladi.  Tovar  xo‘jaliklarida  esa  asosan  bu  usul 
qo‘llanilib u hayvonlar mahsuldorligini oshirishda qurol bo‘lib xizmat qiladi. 
Ishlab  chiqarish  jarayonida u  yoki    bu  usulni qo‘llash  har  bir  xo‘jalikning 
yo‘nalishi,  xususiyatlari,  qo‘yilgan  maqsad  asosida  ikki  usul  birgalikda  ham 
qo‘llanishi  mumkin.  Shuning  uchun  bir  xo‘jalikda  bir  xil  va  har  xil    juftlashni 
qo‘llash podani tezroq sifat jihatdan yax shilanishiga sabab bo‘ladi. 
Podani  yaxshilash,  yangi  zot,  yangi  qatorlar,  tiplar,  tiplar  yaratishda  oldin 
bir xil, keyin esa har xil juftlash amalga oshiriladi.  Bir xil va har xil juftlashni  
xo‘jalikda  reja  asosida  olib  borilishi  podani  tezroq  takomillashtirish  imkonini 
beradi. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish