167
qoramollarda esa sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi hayvonlarga naisbatan 2-3 oy
erta, jadal o‘stirilgan, yaxshi sharoitlarda saqlangan urg‘ochi tanalarda jinsiy
balog‘at
oldin
kuzatiladi.
Buzoqlar
va
urg‘ochi
tanalar
yetarli
oziqlantirilmaganda va noto‘g‘ri saqlanganda ular asossiz o‘sishdan qolib, jinsiy
balog‘at yoshi kechikib ketadi. Ko‘pgina hollarda hayvonlar jinsiy yetilishiga
iqlim, namlik, harorat, quyosh nuri ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Janubiy
hududlarda shimolga nisbatan bu jarayon erta ro‘y beradi.
O‘rtacha urg‘ochi tanalarda jinsiy faoliyat va keyinchalik uyg‘onish 7-8
oyligida, buqachalarda esa 6-9 oyligida kuzatiladi. Lekin bu davrda ularning
qochirish qat’iyan man etiladi. Chunki yosh hayvonlar hali jinsiy faoliyat uchun
tayyor Yemas. Yosh qochirilgan hayvonlar o‘sish va rivojlanishdan qolib,
bo‘g‘ozlik qiyin kechadi, tug‘ish og‘ir bo‘ladi, buzoqlar jussasi kichik, sigirlar
sut mahsuldorligi kam bo‘ladi. Shuning uchun barcha xo‘jaliklarda favqulotda
bo‘g‘ozlikni oldini olish uchun urg‘ochi va erkak buzoqlar 6 oyligidan ajratilib
alohida saqlanishi shart.
Tanalardan podani to‘ldirishda foydalanish ular jismoniy balog‘at yoshiga
yetgandan keyin amalga oshiriladi. Bu davrga kelib urg‘ochi va erkak tanalar
ularning sog‘ligi va jismiga zarar keltirmagan holda podani to‘ldirishda to‘liq
foydalanish mumkin. Bu davr buqachalar uchun 14-15 oy bo‘lib, bunda ular
vazni andoza talablariga javob berishi kerak. Urg‘ochi tanalar esa 15-18
oyligida, mayda zotlar uchun 290-320 kg, yirik zotlar uchun 340-350 kg ga
yetganda qochirilish kerak. Yoki mezon qilib urg‘ochi tanalar xo‘jalikdagi
voyaga yetgan sigirlar vaznini 65-70% ini tashkil qilish kerak.
Urg‘ochi tanalarni vaqtida (15-18oy) qochirilishi birinchidan ularning
samarali otalanishini 90-95% ta’minlasa, ikkinchidan iqtisodiy jihatdan foydali
yoki bu davrda 3000-3500 oziqa birligi sarflanadi. Agar urg‘ochi tanalar 24
oyligida qochirilsa otalanish darajasi 70-75% tashkil qilib, ularga bir bosh
o‘stirishga 4000-4500 oziqa birligi sarflanadi. Bu degani yoshi katta bo‘lib
borishi bilan urg‘ochi tanalarining jinsiy faoliyati susayib, otalanish darajasi
pasayib boradi va o‘zini iqtisodiy tomondan oqlamaydi. Erta (15-18 oy)
qochirilgan tanalar 25-28 oyligida tug‘adi, bu sigirlar hayotining har yili va
hayoti davomida beradigan suti, ancha kech tuqqan (35-36 oy) sigirlarga
nisbatan ko‘p bo‘ladi.
24 oyligida tuqqan sigirlar 10 yil ichida avlodlari bilan birga hisoblanganda
36 oyda tuqqan sigirlarga nisbatan 60% ko‘p sut va 50% go‘shtni ko‘p beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: