Jamurad yangiboyevich, amirov



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

Kelib  chiqishi    bo‘yicha  buzoqlar  tug‘ilgandan  keyin  baholanadi.  Buning 
uchun  uning  albatta  sof  zotli,  alohida  qimmatli  qatorlarga  mansub,  ajdodlari 
avlodlari nasl sifatlari bilan baholangan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shajaraning 
birinchi  qatoriga  alohida  e’tibor  beriladi.  Chuqur  baholashda  3-4  shajara 
qatorlariga e’tibor beriladi, chunki uzoq qarindosh urchitish va gomogen juftlash 
baholanayotgan hayvonning nasl sifatlariga alohida ta’sir o‘tkazishi mumkin. 
Ayniqsa,  ona  tomoni  hamda  otasining  ona  tomoni  mahsuldorlik 
ko‘rsatkichlari    baholanayotgan  buqa  mahsuldorligi  oldindan  chamalashda 
muhim  o‘rin  tutadi.  Ko‘pincha    ishonchli  kelib  chiqishga  mansub  buqalar  nasl 
belgilarini    avlodga  muqim  o‘tkazishi  bilan  ajralib  turadi.  Shuning  uchun  bu 
ko‘rsatkichlar  sut  va  sut-go‘sht  yo‘nalishidagi  qoramollarni  baholashda  as 
qotadi. 
Buqalar  mahsuldorligi  bo‘yicha  o‘z  xo‘jaliklarida  va  maxsus  eleverlarda 
baholanib tanlanadi. Bu davrda ular o‘sish jadalligi, tirik vazni, tana tuzilishi va 
podani  to‘ldirish  qobiliyatiga  qarab  tanlanadi.  Bu  barcha  ko‘rsatkichlar  irsiy 


 
159 
belgilar ekanini yoddan chiqarmaslik kerak. 
Ko‘pgina  shimol  mamlakatlarida  buqachalar  o‘sish  jadalligiga  alohida 
e’tibor tanlanadi, natijada bu omil sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi qoramollarni 
go‘sht  mahsuldorligini    oshishiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Chunki    ko‘pgina 
mamlakatlarda  qoramol  go‘shtining  aksariy  qismi  sut  va  sut-go‘sht 
yo‘nalishidagi qoramollar hisobiga yetishtirilishini eslash kifoya qilinadi. 
Buqalarning tirik vazni bo‘yicha tanlanganda yirik buqalardan asosan vazni 
yuqori qizlar tug‘ilib, ular ko‘pincha vazni yuqori buzoqlar tug‘iladi. Ko‘pincha 
sigirlar  tirik  vazni  ularning  sut  mahsuldorligi  o‘rtasida  ijobiy  korrelyasiya 
mavjudligi,  sut  va  sut-go‘sht  yo‘nalishida  seleksiyasi  davomida  ularning  vazni 
oshishi bilan sut mahsuldorligini oshirishga erishish mumkin. 
Buqalar    vaznini  yoshiga  qarab  o‘zgarib  borishini  inobatga  olgan  holda  5 
yoshgacha  har  yili  aniqlab  boriladi,  so‘ng  shu  vazn  o‘zgarmas  bo‘lib,  kelgusi 
bonitirovkalarda inobatga olinadi. 
Buqalarni tana tuzilishi va konstitutsiyasiga qarab tanlash alohida ahamiyat 
kasb  etadi.Chunki  bir  buqadan  minglab  avlod  olinishi,  buqa  tanasidagi  salbiy 
belgini shu hayvonlarga berilish xavfini tug‘diradi. Shuning  uchun har bir buqa 
tana  tuzilishi    va  konstitutsiyasi  bo‘yicha  har  taraflama  baholanadi.Unda 
buqaning    zot  talablariga  javob  berishi,  jinsiy  tana  belgilarining  yaxshi 
rivojlanganligi,  tananing 
mo‘tanosib 
rivojlanganligi,  konstitutsiyasining 
mustahkamligi,  sog‘ligining  yaxshiligiga  alohida  e’tibor  beriladi.  Bu  borada 
ularning bo‘yining balandligi, jussasining  kattaligi va  fe’lining  qobil  bo‘lishiga 
alohida  e’tibor  beriladi.  Tana  tuzilishida    ko‘zga  tashlanadigan  kamchilik  va 
nuqsonlari  bor  buqalarni  qochirishda  foydalanish  man  etiladi,  chunki  bu 
nuqsonlar avlodga berilishi mumkin. 
Buqalarni  baholashda  ularning  mahsuldorligiga  go‘sht  qoramolchiligida 
katta e’tibor beriladi, chunki o‘sish jadalligi, kunlik vazn qo‘shilishi, tirik vazn 
bilan    go‘sht  mahsuldorligi  o‘rtasida  ijobiy  bog‘lanish  (korrelyasiya)  mavjud. 
Bunday  baholash  maxsus  o‘stirish  markazlarida  (elever)  buqachalar  sigirlardan 
8  oyligida  ajratilgandan  keyin  150  kun  davomida  olib  boriladi.  Davr  oxirida 
o‘rtacha kunlik sYemirishi, 1kg sYemirish uchun oziqa birligi sarfi, tirik vazni, 
tana tuzilishi va go‘shtdorlik shakllariga qarab tanlanadi . 
Podani  to‘ldirish  qobiliyati  buqaning  faolligi,  urug‘ining  sifati  va 
otalantirish  qobiliyatiga  qarab  baholanadi.  Bunda  buqaning  jinsiy  faolligidan 
tashqari,  sun’iy  ravishda  urug‘i  olinib  barcha  talablarga  rioya  qilgan  holda 
baholanadi,  otalanish  qobiliyati  esa,  ma’lum  bosh  sigir  va  urg‘ochi  tanalar 
qochirilib shularning qanchasi otalanganiga qarab aniqlanadi. 
Buqalarni avlodlarining sifatiga  qarab tanlash oxirgi bosqich bo‘lib, qiyin, 
ko‘p  mehnat  talab  qiladigan  tadbir  hisoblanadi.  Sut  qoramolchiligida  buqalar 
qizlarining  sut  mahsuldorligi,  go‘sht  qoramolchiligida  esa  avlodlarning  go‘sht 
mahsuldorligiga  qarab  tanlanadi.  Sut  mahsuldorligida  buqalarga  qizlarining  sut 
mahsuldorligi  bo‘yicha  (A1,A2,A3)  kategoriyalari  beriladi,  sutdagi  yog‘ 
miqdoriga  qarab  (B1,B2,B3)  kategoriyalari  beriladi.  Ko‘pincha  buqalar 


 
160 
yaxshilovchi  bo‘lavermay,  o‘rtacha  (neytral) va  yomonlovchi  bo‘lishi  mumkin, 
iloji boricha bu buqalardan foydalanmagan maqsadga muvofiq va ular kelgusida 
podani to‘ldirishda foydalanilmaydi. 
Podani  to‘ldirishda  keng  foydalanadigan  buqalarni  baholashda  maxsus 
nazorat  fermalari,  buqalarni  o‘stirish  va  nazorat  qilish  stansiyalarida  amalga 
oshiriladi. Bu xo‘jaliklarda sigirlar zot talablariga to‘liq javob berib, ularning sut 
mahsuldorligi 3000 kg kam bo‘lmasligi shart, zotdorligi va klassi yuqori bo‘lishi 
kerak. 
Naslchilik  zavodlari  va  xo‘jaliklarida  buqalarni  nasl  sifatlariga  qarab  
baholash o‘zlarida o‘tkaziladi. 
Ba’zi  vaqtlarda  nasl  sifatlariga  qarab  baholash  bonitirovka  va  zootexnika 
hisob-kitoblarini  tahlil  qilish  asosida  ham  xulosaga  kelish  kerak,  buning  uchun 
tahlil olib boriladigan xo‘jaliklarda barcha hisob-kitob ishlari olib borilishi kerak 
va  sigirlar  klassi  1  kam  bo‘lmasligi  kerak.  Buqachalarni  iloji  boricha  erta 
nazoratdan  o‘tkazish  iqtisodiy  samara  beradi.  Buning  uchun  ular  12-14 
oyligidan qochirishda foydalanib, dastlab chegaralangan jinsiy faoliyat beriladi. 
Ulardan  20-30  ming  sigir  qochirishga  yetadigan  urug‘  olinib  urug‘  banklarida 
muzlatib 
saqlanadi. 
Buqaning 
nasl 
sifatlariga 
qarab 
nazorat 
o‘tib 
«Yaxshilovchi»  deb  tan  olingandan  keyin    buqa    urug‘i  keng  qochirishda  
foydalanish mumkin. 
Buqalar  qizlarining  sut  mahsuldorligiga  qarab  baholash    uchun    ularni 
ko‘rsatkichlari  onalarining,  tengdoshlarining  va  zot  andozalariga  solishtirish 
baholanadi. 
Ayniqsa,  bu  borada  buqa  qizlarining  mahsuldorligini  tengdoshlari  yoki 
xo‘jalikda  bir  sharoitda  o‘stirilgan  boshqa  buqa  qizlarning  sutdorligi  bilan 
solishtirish  usuli  alohida    ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  tadbirlar  asosida  naslchilik 
ishlarini  samaradorligini  oshirish  uchun  «Yaxshilovchi»  buqalardan 
foydalaniladi. 
Buqalarni  o‘stirish,  tanlash,  baholash  shu  hududdagi  qochiriladigan 
urg‘ochi  hayvonlar  soni,  bitta  buqaga  to‘g‘ri  keladigan  hayvonlar  soni  va 
buqalardan  foydalanish  davomiyligiga  bog‘liq,  bu  miqdorni  quyidagi  formula 
yordamida topish mumkin.   

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish