37
-
sil kasalligi bilan og‘rib, hisobda turgan bemorni asosiy kasallik tufayli axvoli
og‘irlashgandan so‘ng va vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi yuzaga
kelganda 6 oydan kam bo‘lmagan mehnatga layoqatsizlik yuzaga kelganda.
Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib
turgan shaxslar, shuningdek noxush klinik
prognozli bemorlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatlar o‘tmasdan turib ham
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga yuborilishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazishga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror TMEK raisi tomonidan qabul
qilinadi.
Ishlaydigan nogironlarga mehnatga layoqatsizlik
varaqasi kasallik uzluksiz
kechganda ikki oygacha, tanaffus bilan kechganda o‘n ikki oy mobaynida jami uch
oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Vazirlar
Mahkamasining 1992 yil 6 apreldagi 170-son «Chernobil halokatidan ziyon
ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi
fuqarolarni ijtimoiy
himoyalash haqida»gi qaroriga asosan, ishlovchi Chernobil AESdagi halokat
oqibatini bartaraf etish bilan bog‘liq holda nogiron bo‘lganlarga mehnatga
layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi uzluksiz to‘rt
oygacha, tanaffus bilan o‘n ikki oy mobaynida jami besh oygacha beriladi.
Bemor TMEKga yuborilganda mehnatga
layoqatsizlik varaqasi yoki
mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasining muddati bemor TMEKga yuborilgan
kundan boshlab to‘xtatiladi. Mazkur bemorlar hujjatlari TMEKda qabul qilingan
kundan boshlab ikki hafta muddatda tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.
TMEK tomonidan nogironlik belgilanmagan,
lekin vaqtincha mehnatga
layoqatsiz deb topilgan shaxslarning mehnatga layoqatsizlik varaqasi davolash-
profilaktika muassasasi tomonidan bemorning hujjatlari TMEKda qabul qilingan
kundan boshlab uning mehnat qobiliyati tiklangunga qadar, ammo ikki oydan ortiq
bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.
Chet elda vaqtincha bo‘lgan vaqtda kasallanganlik
yoki chet elda
davolanganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat yoki rus tilidagi notarial
38
tasdiqlangan tarjimasi taqdim qilinganda, mehnatga layoqatsizlikni
tasdiqlovchi
asoslarni inobatga olib, bemorning yashash yoki ish joyidagi davolash-profilaktika
muassasasining vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik
varaqasi rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida ishlaydigan yoki o‘qiydigan chet el fuqarolariga
mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi
umumiy asosda beriladi. Ishlamaydigan yoki o‘qimaydigan chet el fuqarolariga
tibbiy xizmat ko‘rsatilganda, ularga davolash-profilaktika
muassasasi rahbari
tomonidan imzolangan va muhrlangan kasallik tarixi yoki ambulator kartadan
batafsil ko‘chirma beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: