STOMATOLOGIK BEMORNING
KASALLIK VARAQASI
Stomatologik bemorning kasallik varaqasini qayd qilish formasi
№ 043/Y. Kasallik varaqasi – bemorning pasport tafsilotlarini, tek
shi rish usullari, tekshirish natijalarini, aniqlangan tashhisni va davo-
lash usullarini qayd qiluvchi hujjat. Kasallik varaqasining pasport
qismini registraturadagi tibbiyot xodimi to‘ldiradi. Bunda bemorning
familiyasi ismi otasining ismi, yoshi, jinsi, manzili, kasbi aniqlanadi
va yoziladi. Tashxis qatorida bemorda obyektiv va subyektiv tekshi-
rishlar o‘tkazi lishi natijasida aniqlangan tashhis yoziladi, bemorda
aniq langan shi koyatlar qayd qilinadi. Boshidan kechirgan va yo‘ldosh
kasalliklar qatorini to‘ldirish uchin bemor bilan suhbat o‘tkazilib,
avvalda kechir gan kasalliklari aniq yozilishi muhim ahamiyatga ega.
Kasallikni rivojlanishi bemorning birinchi qatnovida aniqlanadi va
kasallik qanday boshlanganligi, uning belgilari yoziladi. Obyektiv
tek shirishlar va tashqi ko‘rinishida o‘tkazilgan tekshirish usullari va
ularning natijalari haqida ma’lumotlar beriladi. Tishlar ko‘rigi max-
sus tish formulasi sxemasida belgilanadi. Sxemadagi vertikal chiziq
o‘ng va chap tomon tishlarni, gorizantal chiziq yuqori va pastki tish-
larni anglatadi. Tish formulasi sxemasida doimiy tishlar arab raqam-
lar bilan sut tishlar rim raqamlar bilan belgilanadi. Tish holatini bel-
gilash uchun quyidagi ma’lum harfli belgilaridan foydalaniladi:
O – yo‘q tish, R – ildiz, C – karieys, P – pulpit, Pt – periodontit, П –
plomba, A – paradantoz, I, II, III – qimirlash darajalari, K – qopla-
ma. Tish formulasini to‘ldirilgandan so‘ng bemorning tish lo vi, og‘iz
bo‘sh lig‘i shilliq pardasi, alveola o‘sig‘i va tanglay holatlari ifodala-
nadi. Agar rentgenologik tekshirish o‘tkazilgan bo‘lsa uning tahlili
yoritib beriladi. Davolash bobida aniqlangan kasallikni davolash
uchun tuzilgan davo rejasi aniq yozilashi shart. Ayrim hollarda
bemor larni davolashni bir shifokor boshlab keyingi bosqichni boshqa
shifokor davom ettirishiga to‘g‘ri keladi. Shinday hollarda davo rejasi
tuzilganligi yaxshi samara beradi. Kasallik varaqasining kundalik
qato rida bemorning umumiy holati va o‘tkazilgan davo muolajasi
aniq yozilishi kerak. Kundalik yozilayotganda albatta sana qo‘yiladi. Kasallik varaqasini tahlil qilib, aniqlangan tashhis to‘g‘riligi, davo
muo lajalari qanday olib borilganligi va ularning natijalarini aniqlash
mum kin. Bemorning kasallik varaqasi ilmiy va yuridik hujjat bo‘lib,
regist raturada 5 yil moboynida saqlanadi so‘ng arxivga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |