Jamiyatning falsafiy tahlili reja: 1



Download 160,5 Kb.
bet22/40
Sana29.12.2021
Hajmi160,5 Kb.
#84755
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Bog'liq
Jamiyatning falsafiy tahlili

Federatsiya siyosiy sub'ektlar (shtatlar, yerlar, federatsiya sub'ektlari va sh.k.), o‘z konstitutsiyalari, qonunchilik, ijro va sud organlariga ega davlatlar uyushmasi. Ularning mustaqilligi markaz bilan federatsiya tarkibiga kiruvchi sub'ektlar o‘rtasida vakolatlarning taqsimlanishi bilan belgilangan chegaralarga muvofiq cheklanadi. Davlatlararo birlashmaning alohida shakli konfederatsiya bo‘lib, u mustaqil davlatlar muayyan o‘zaro maqsadlarga erishish uchun tuzgan doimiy uyushmadir.

Forobiy fikricha, davlat jamiyatning tayanchidir. U jamiyatning mukammaligi va mukammal emasligi haqidagi g‘oyaga tayanadi. mukammallik “...shunday davlat vositasida qo‘lga kiritiladiki, u ezgu an'analar, odamlar va yaxshi axloqni tarqata olsin” va jamiyatda bu xislatlarni barqaror eta olsin. Bunday davlat bo‘lmasa fozila, ezgu xislatlar odamlarda uzoq saqlanmaydi va barqaror bo‘lmaydi. Forobiy nazarda tutgan davlat, mustabidlikka emas, balki tiklanish va faoliyatida xalqning istak va irodasi bevosita rol o‘ynaydigan davlatdir. Xalq irodasiga asoslanmagan davlat ideal davlat emas. Demak, davlat – jamiyatning tayanchi, xalqning irodasi va xohishi uning shakllanishi uchun sharoit yaratadi.

Hozirgi davlatlarning aksariyati o‘z faoliyatini konstitutsiyaga muvofiq amalga oshiradi. Konstitutsiya – siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum asoslarini, fuqarolarning huquqlari va burchlarini, asosiy davlat organlarini tarkib toptirish mexanizmi va ularning faoliyat tamoyillarini, saylov tizimi asoslari va hokazolarni mustahkamlovchi davlatning asosiy qonuni. Konstitutsiya boshqaruv va davlat qurilishi shaklini belgilaydi.

Huquqiy davlatda konstitutsiya nafaqat fuqarolar va davlatning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi normalarni, shaxs huquqlari va erkinliklarini belgilaydi, balki hokimiyatni cheklaydi. Konstitutsiyada inson huquqlarining davlat qonunlaridan ustunligi mustahkamlanadi. Huquqiy davlat rivojlangan fuqarolik jamiyati mavjudligi bilan tavsiflanadi. Har bir individning erkinligi boshqa odamlarning erkinligi va huquqlari bilan cheklanadi. Qonunning ustunligi va huquqning umumiyligi, hokimiyat, qonunchilik, ijro va sud tarmoqlariga bo‘linishi huquqiy davlatning muhim belgilari hisoblanadi.

Siyosiy tizim mamlakatning siyosiy hayotida ishtirok etuvchi turli-tuman partiyalar, harakatlar, tashkilotlar, institutlar, diniy muassasalar va ta'sir guruhlari majmuini ham o‘z ichiga oladi. Siyosiy tashkilotlar davlat tuzilmalarining shakllanishiga ta'sir ko‘rsatadi, o‘z faoliyati dasturlarini belgilaydi, ijtimoiy birliklar va guruhlarning manfaatlarini tegishli shiorlar, ijtimoiy loyihalarda ifoda etadi va ularni amalga oshirishda qonuniy vositalar bilan ishtirok etadi. Ularning faoliyati o‘z guruhlarining o‘zgalarning manfaatlariga zid bo‘lgan yoki ularni kamsitadigan manfaatlarini ro‘yobga chiqarish zaruriyati bilan belgilanadi. Shu sababli partiyalar va harakatlar hokimiyat obro‘siga tayanadi. Hokimiyatning aralashuvi ziddiyatlarni tartibga solish, manfaatlarni muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi.


Download 160,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish