Jamiyatning falsafiy tahlili reja: 1


Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya



Download 160,5 Kb.
bet25/40
Sana29.12.2021
Hajmi160,5 Kb.
#84755
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Bog'liq
Jamiyatning falsafiy tahlili

Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya. Hozirgi zamon jamiyati o‘ta murakkab va faol ijtimoiy tizimdir. Umuman olganda, uni quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan jamiyat sifatida tavsiflash mumkin:

  • u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang‘ich g‘oyani o‘zida mujassamlashtirmaydi, jamiyatning barcha a'zolari uchun muqarrar bo‘lgan olamshumul maqsadga ega bo‘lmaydi;

  • u o‘z hayotining barcha tomonlarini yagona markazdan nazorat qilmaydi;

  • unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va yagona markazga bo‘ysunish hisobiga emas, balki xulq-atvor umumiy qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi;

  • mazkur jamiyatning iqtisodiy asosi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik, markazlashtirishdan chiqarilgan bozor tizimi va raqobatdir;

  • uning individlari erkin va mustaqil bo‘lib, qonun bilan muhofaza etiladigan shaxsiy hayot sohasiga egadirlar, bu hayot doirasida ular o‘zlari istagan har qanday qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilishga haqlidirlar;

  • individlar shak-shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar va erkinliklarga, shu jumladan fikrlash va so‘z erkinligi, uyushmalar va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan boshqa joyga ko‘chib yurish erkinligi, o‘zi istiqomat qiladigan mamlakatni tanlash erkinligiga egadirlar;

  • bu ko‘ppartiyaviy jamiyat bo‘lib, unda siyosiy partiyalar hyech qanday bevosita ommaviy-hokimiyat vakolatlariga ega emaslar;

  • davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning vakillik organlari aholi tomonidan saylanadi;

  • hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-biridan ajratilgan.

Zamonaviy jamiyatning umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy o‘rinni egallaydi: fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, ko‘ppartiyaviylik, demokratiya, hokimiyatning bo‘linishi, xususiy mulk, bozor, shaxs erkinligi va suvereniteti.

Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan qonunlar bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui.

Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona mafkura va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi. Kishilarning rang-barang manfaatlari ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‘yobga chiqariladi, bunga erishish uchun ular davlat oldida hisobdor bo‘lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar. Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish ancha qiyin ish. Chunonchi, ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25 mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‘ bilan ta'minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat fuqarosi hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to‘g‘ri keladi.

XIX asr fransuz sotsiologi A.de Tokvil Amerikada demokratiyani qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy sharoitlar to‘g‘risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy tashkilotlar tuzishga bo‘lgan moyilligiga alohida e'tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqye va qiziqishlarga ega bo‘lgan amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar. Bular tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan, amerikaliklarning barchasi ishtirok etadigan birlashmalargina emas, balki boshqa xil turdagi minglab birlashmalar: diniy-ma'naviy uyushmalar, jiddiy va ahamiyatsiz, ochiq va berk, ko‘p kishilik va atigi bir nechta a'zodan iborat birlashmalardir... Shunday qilib, odamlar o‘zlarining umumiy xohish-istaklariga muvofiq bo‘lgan maqsadga bahamjihat erishish san'atida oliy barkamollikka erishdilar va jamoa harakatining mazkur usulini boshqalarga qaraganda ko‘proq qo‘llay boshladilar».4

Fuqarolarning birlashmalari o‘z a'zolarida hamkorlik, hamjihatlik va jamiyatga sadoqat tuyg‘ulari rivojlanishiga ko‘maklashadi. Keng maqsadli guruhga ixtiyoriy qo‘shiladigan individlar nafaqat hamjihatlik ko‘nikmalarini va kollektiv harakatlar uchun fuqarolik mas'uliyati hissini kasb etadilar, balki o‘zini o‘zi boshqarish, sabr-toqatlilikni va boshqalar fikrini hurmat qilishni o‘rganadilar.

Davlat doim fuqarolar hayotining barcha tomonlarini o‘z nazorati ostiga olishga, ularning tartibga solinmagan faoliyati doirasini toraytirishga, ularni bir-biridan ajratish va tarqatishga harakat qiladi. Fuqarolik jamiyati davlatga o‘z faoliyat sohasini kengaytirish va uni kishilarning axloqiy, ma'naviy, diniy, milliy va boshqa munosabatlariga tatbiq etishga yo‘l qo‘ymaydi. Davlat fuqarolik jamiyatini «yutib yuborishi» totalitarizmga xos bo‘lgan xususiyatlardan biridir.

Fuqarolik jamiyati davlatga muttasil ta'sir ko‘rsatadi. Bu shunday bir ta'sirki, usiz davlat o‘z vakolatlari doirasini toraytirishga hyech qachon bormagan bo‘lur edi. Davlatga fuqarolik jamiyati ta'sirining bosh mexanizmi demokratiya (yunon. «demos» - xalq va «kratos» - hokimiyat) – vaqti-vaqti bilan boshqariluvchilar boshqaruvchilarga o‘z hukmini o‘tkazishidir. Davlat va fuqarolik jamiyatining bu qarama-qarshiligi va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liqligi erkinlikning muhim shartidir.

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining shakllanishi demokratik o‘zgarishlarning negizidir. Kishilarni ijtimoiy tartibni ixtiyoriy ravishda, cho‘chimasdan qabul qilishga majbur etadigan sharoitlar faqat fuqarolik jamiyatida mavjuddir.



Siyosiy erkinlik – fuqaroning davlatni boshqarishda ishtirok etish huquqi. Bu erkinlik faqat demokratiya sharoitida, ya'ni hamma o‘z xohish-irodasini ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘lgan sharoitlarda ro‘yobga chiqarilishi mumkin. «Formal demokratiya, ya'ni erkin, teng huquqli va yashirin ovoz berish huquqi erkinlikning kafolati emas, balki aksincha, unga tahdiddir»5, deb yozadi K.Yaspers.

Demokratiya mexanizmi samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy shartlaridan biri qonunga zid aralashuvlardan muhofaza etilgan barqaror fuqarolik jamiyatining mavjudligidir. Shunday shartlardan yana biri huquqiy davlat - qonunlar faqat huquqiy yo‘l bilan qabul qilinadigan va hammaga teng tatbiq etiladigan davlatdir. Bunday davlat insonni zo‘ravonlikdan himoya qilish orqali unga o‘z qarashlari va xohish-irodasini ifoda etish yoki demokratiya uchun imkoniyat yaratadi.

Demokratiya ochiq va hyech narsa bilan cheklanmagan bahs-munozara imkoniyatini nazarda tutadi. Bunga erishish uchun matbuot, yig‘ilishlar, so‘z erkinligi talab etiladi. Demokratiya siyosiy partiyalar mavjudligini ham talab qiladi.

Demokratiyaning samaradorligini ta'minlashning yana bir muhim sharti jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yuksak darajasiga erishishdir. So‘nggi ikki yuz yillik mobaynida sanoat inqilobi g‘arb jamiyati hayotining muhim omiliga aylandi. U shahar aholisi sezilarli darajada o‘sishiga, sinfiy tuzilishning o‘zgarishiga, hayot andozalari, ta'lim va sog‘liqni saqlash sezilarli darajada yuksalishiga olib keldi.

Demokratiya siyosatni iqtisoddan va dunyoqarashga oid muammolardan ajratishni, hokimiyatning bo‘linishini, samarali faoliyat olib boradigan sud tizimini talab qiladi.

Demokratiya erkin jamiyat qo‘lida samarali qurol bo‘lib qolishini belgilaydigan omillar ro‘yxati u doim muayyan ijtimoiy kontekstda amalga oshirilishini va hokimiyatni saylovda g‘alaba qozongan ko‘pchilikka beradigan umumiy saylov huquqidangina iborat emasligini ko‘rsatadi.




Download 160,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish