Kogerent to‘lqinlarBiz yorug‘lik interfrensiya hodisasini o‘rganishga kirishamiz. Biz mexanik to‘lqinlarning xossalarini o‘rganishda interfrensiya hodisasi bilan tanishganmiz. Yorug‘lik ham to‘lqin tabiatiga ega eqan, unga ham interfrensiya hodisasi o‘rinli bo‘lishi kerak. Yorug‘lik to‘lqinlarining fazoning biror nuqtasida qo‘shilib interfrensiyalanishini tajribalarda bevosita kuzatish mumkin, buning uchun bu to‘lqinlar kogerent bo‘lishlari (ya’ni fazalar ayrimasi o‘zgarmas bo‘lishi) yoki bu to‘lqinlarning manbalari kogerent bo‘lishi kerak. To‘lqin uzunligi bir xil va fazalar farqi o‘zgarmas bo‘lgan to‘lqinlar kogerent to‘lqinlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |