Yorugʻlikning sinishi -yorugʻlik ikki shaffof muhitning boʻlinish chegarasidan oʻtayotganda tarqalish yoʻnalishining oʻzgarishi (rasmga q.). Bir jinsli izotrop shaffof muhitlarning yassi va uzun boʻlinish chegarasida yorugʻlik nurlarining sinishi Snellius — Dekart sinishi qonuni boʻyicha yuz beradi. Bu qonunga binoan yorugʻlik tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati doimiy kattalikdir. Ushbu holatnitoʻla ichki qaytish hodisas i deyiladi. Yorugʻlikning sinish qonunini 1620 y.da golland olimi V. Snellius tajribalar natijalariga asoslanib ochdi. Pekin bu qonun nashr qilinmagan edi. Fransuz olimi R. Dekart 1627 y.da arab olimi AlHasan ibn alXaysamning asarlari ustida ishlashi natijasida yorugʻlik tezligini tashkil etuvchilarga ajratish orqali oʻzining yorugʻlikning sinishi qonunini yaratadi va 1637 y.da "Dioptrika" asarida nashr etadi. Shuning uchun ham bu qonunni Snellius — Dekart qonuni deyiladi.[1]
InterferensiyaInterferensiya - yorug‘likni to‘lqin tabiatini namoyon bo‘lishining bir isbotidir. Interferensiya so‘zi lotin tilida interfere – “xalaqit bermoq” degan ma’noni anglatadi. Bu juda qiziq va chiroyli manzara ma’lum shartlar bajarilganda, ikkita yoki bir nechta to‘lqinlarning qo‘shilishi natijasida kuzatiladi. Ikki yorug‘lik to‘lqini qo‘shilib, bir-birini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Natijada ekranda markazi bir nuqtada yotuvchi yorug‘ va qorong‘i halqalar navbat bilan joylashadi. Bular interferension maksimum va minimum deb yuritiladi. Interferensiya hodisasini biz kundalik hayotimizda juda ko‘p kuzatganmiz. Masalan, suv betiga to‘kilgan neft maxsulotlarining har xil rangda tovlanishi, kapalaklar qanotining tovlanishi, «Havoga uchirilgan sovun pufagi atrofdagi narsalarga xos bo‘lgan barcha ranglar bilan tovlanadi. Sovun pufagini tabiatning eng ajoyib, eng nozik mo‘jizasi desa bo‘ladi» deb ta’riflagan edi Mark Tven.
Golografiya Golografiya degan ibora grekcha «holo» «to‘liq» va «graph» «yozaman» so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, u buyumlarni tashqi ko‘rinishini «yozib olish»ning maxsus usulini anglatadi. Bu usul 1947 yilda ingliz fizigi D.Gabor tomonidan kashf qilingan. (1971 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan). Golografiyaning mohiyati buyumdan kelayotgan (qaytish yoxud sinish tufayli) nurlanishning to‘lqin frontini fotoplastinkaga qayd qilish (yozib olish), so‘ng buyumning tasvirini vujudga keltirish maqsadida bu frontni tiklashdan iborat (10.5-rasm).Golografiyaning fotografiyadan farqi, fotografiyada yoritilgan obektning ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlar fotoplastinka yoxud fotoplyonka tekisligining ayrim nuqtalariga ob’ektiv yordamida fokuslanadi. Bunda buyum barcha qismlarining tasvirlari ravshan bo‘lavermaydi. Fotoapparat biror tekislikka ravshan qilib moslangan bo‘lsa, buyumning shu tekislikda yotuvchi nuqtalarining tasvirlari ravshan bo‘lib chiqadi. Buyumning bu tekislikdan beriroqdagi yoki nariroqdagi qismlarining tasvirlari esa unchalik aniq bo‘lmaydi. Masalan, bino oldida turgan odamning fotografik tasvirida odam gavdasi berkitib turgan bino qismini fotografiyaga turlicha vaziyatlardan qaragan bilan bari bir ko‘rib bo‘lmaydi. Bundan tashqari binoni odamdan qanchalik uzoqda joylashganligini ham aniqlab bo‘lmaydi. Bino va odamning tasvirlari bir tekislikda ko‘rinadi. Lekin fotografiyaga qarab biz jismlarning fazodagi joylashuvi to‘g‘risida tasoavvur hosil qilamiz. Buning sababi - inson miyasi hajmiy buyumlarni ularning yassi tasvirlariga qarab bilib olishga o‘rganib qolganligidir.