Magnit kvant sonini tushuntiring
Magnit kvant soni m harfi bilan belgilanadi. Elektron bulutlarni fazodagi vaziyatini ko’rsatadi.Magnit kvant soni qiymati orbital kvant soniga bog’liq. m=2l+1
Elektronlar
|
Orbital
Kvant
Soni
|
Magnit kvant soni
|
Orbitallar
Soni(ayni l uchun)
|
S
p
d
f
|
0
1
2
3
|
0
+1,0,-1
+2,+1,0,-1,-2,
+3,+2,+1,0,-1,-2,-3
|
1
3
5
7
|
Magnit kvant soni qiymati 0 ni qabul qilgan holda butun sonlar to’plamidan iborat. Uni qiymati ± qiymatlar to’plamidan iborat bo’ladi (m=0,+1,+2,+3,+ +i).
Spin kvant sonini tushuntiring
Spin kvant soni s harfi bilan belgilanadi(spin- urchug’).Elektronning o’z o’qi atrofida aylanish yo’nalishini tasniflaydi. Uni qabul qiladigan qiymatlari ikkita +1|2 va – 1|2 . Pauli prinsipi
Atomdagi elektronlarni holati ana shu 4 la kvant son bilan tasniflanadi. Volfgang Pauli(1925 y.) prinsipiga ko’ra to’rttala kvant soni bir xil bo’lgan ikkita elektron bo’lishi mumkin emas.
Atomdagi elektronlarning holati to’rtala kvant soni bilan tasniflanishi mumkin (s, p, d, f).Ular elektronning spini,energiyasi,fazodagi elektron bulutning hajmi va shakli hamda yadro atrofida bo’lish ehtimolligini ko’rsatadi.
Atomning bir kvant holatdan ikkinchisiga o’tishida kvant son o’zgarib, elektron bulut o’z tuzilishini o’zgartiradi.Bunda atom energiya kvantlarini yutadi yoki chiqaradi.
Masalan, birinchi energetik pog’onadagi vodorod atomida mavjud elektronlarning kvant sonlarini topamiz. Birinchi pog’onada eng ko’pi bilan 2 ta elektron bo’lishi mumkin. Bu holat uchun bosh kvant son n=1, l=0, m= 0 va spin kvant soni s=+1|2 ga teng.
Shuning uchun ham vodorod atomi elektron formulasi 1s1.
Geliy atomi uchun yadro atrofida ikkita elektron aylanadi. n=1, l=0,m=0 elektrolardan biri uchun spin kvant soni +1|2 ga va ikkinchisi uchun -1|2 ga teng.Geliyning elektron formulasi 1s2.
Ikkinchi davr elementlari uchun bosh kvant son qiymati 2 ga teng. Bu davrda elementlar litiydan boshlanib neongacha davom etadi. Litiy uchun elektron formula 1s22s1. Bu elementdagi tashqi qavatdagi elektron uchun n=2, l=0, m=0, s=+1|2 ga teng.
Berilliyning elektron formulasi 1s22s2.Bor p-elementlar qatoriga kirgani uchun uning elektron formulasi 1s22s2p1.Tashqi qavatdagi p-elektron uchun n=2, l=1, m=0, s= +1|2 ga teng.Uglerodning elektron formulasi 1s22s22p2.Uglerodning p- pog’nachasidagi elektronlar 2 ta: Bu elektronlar uchun n=2, l=1, m=0 yoki m=-1 va s= +1|2.Uglerodning toq elektronlari soni 2 ta. Shuning uchun ham uning valentligi 2ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |