RAHBARLIKKA LOYIQLIK MEZONLARI ASOSIDA LIDERLIKNING VAZIFALARI:
lidider ma’mur;
lider — rejalashtnruvchi;
lider — siyosatchi;
lider — baholovchi ekspert;
lider jamoning vakolatli vakili;
lider — rag‘batlantirish va jazolash tashabbuskori;
lider — hukm chiqaruvchi va yarashtiruvchi;
■ lider — namuna «Ota»;
lider jamoaning ramzi — referent;
lider individual mas’ullikni cheklovchi;
lider — dunyoqarashlarni shakllantiruvchi;
lider — «Balogardov».
RAHBARLARGA ZARUR BO'LGAN TO‘RTTA “T”
“Т”
ТАЛАНТ
ТЕМПЕРАМЕНТ
ТОҚАТ
ТИНИМСИЗ
ИЗЛАНУВЧАНЛИК
1.6-rasm. Rahbarlarga zarur BO'LGAN TO‘RTTA “t”
Ayrim psixologik manbalarda kuchli rahbar shaxsiga oid sifatlarni umumlashtirib. unga to‘rtta «T» zarurligi haqida ham yozishadi. Bular —
Temperament
Toqatliylik (terpeniye)
Talant
Tinimsiz mehnat “trudolyubiye”.
Tashabbuskorlikning muhimligi shubxasiz, lekin bu sifatning faqat rahbarda bo‘lganda ish samaradorligi yuqori bo‘ladi, degan fikrga e’tirozlar xam bo‘lgan. Masalan, mashhur Deyl Karnegi kitobida tashabbusni yuqori lavozimdagi shaxsda bo‘lishidan tashqari, uni xodimlarga bera olish muhimligi xaqida yozilgan. o‘sha kitobda keltirilishicha, o‘sha paytda jahonda yiliga bir million dollar miqdorda daromadga ega bo‘lgan odamlar juda kam bo‘lgan. Shunday shaxslardan Uolter Kraysler va Charlz Shveblarning yutuqlari asosida esa oddiy xaqiqatlar yotgan.
Masalan, mashxur biznesmen Endryu Karnegi o‘z menedjeri xisobiga kuniga 3000 dollar, yiliga 1 mln. dollar to‘lagan. Bu haqda Shvebning o‘zi shunday yozgan: «Men cho‘yan quyishda oddiy ishchidan anchagina no‘noq va ilmsiz bo‘lganman. Lekin men odamlarni boshqarishni bilganman. Mendayam eng noyob sifat — odamlarda tashabbusni uyg‘ota olish qobiliyatidir. Chunki insondagi eng noyob, qimmatli narsani tan olish uni ruxlantiradi. Shaxsning or — nomusi, qadrini tushiradigan narsa — bu mansabdorlarning ularni tanqid qilishidir. Xatolarni betga aytishdan o‘zni tiyish ham rahbarlik saxovatidir» Endryu Karnegi o‘zining qabr toshig‘a quyidagi so‘zlarni yozishlarini vasiyat qilgan ekan: «Bu yerda umri mobaynida o‘zidan ko‘ra aqllirok insonlarni o‘ziga bo‘ysundira olgan odam yotibdi». Demak, bu so‘zlarning mohiyati xam oldingiday — odamdagi iqtidor va aql — zakovatni qo‘llab — quvvatlash orqali ulardagi tashabbusni uyg‘ota olish mahorati unumli mehnatga olib keladi.
Ko‘plab tadqiqotchilar raxbarlarning qaysi ish uslubi ma’quliligini o‘rganish borasida tajriba to‘plaganlar. 30 — yillardayoq K.Levii, R.Lippman, R.Uaytlar tomonidan tavsiya etilgan boshqaruvning avtokratix, demokratik hamda erkin turlari haqidagi nazariya keyingi tadqiqotlarda jahonning ko‘plab olimlari tomonidan har taraflama tahlil qilindi. Xar bir boshqaruv uslubining ham ijobiy, ham salbny jixatlari to‘g‘risidagi fikrlar tasdiqlandi. Bundan tashqari, u yoki bu boshqaruv uslubining samaradorligi xodimlarning malakalari va saviyalariga bog‘liq ekanligi ham e’tirof etildi. Masalan, Rossiyada o‘tkazilgan tadqiqotlarda yuqori malakali mutaxasislarning 68,6% i boshqaruvning demokratik uslubini ma’qullagan bo‘lsalar, past malakalilarning 22,7% demokratik uslubni, 8% esa erkin boshqaruv uslubini ma’qullab javob berganlar.
Bundan tashqari, o‘sha tadqiqotlarda ma’lum bo‘ldiki, rahbarlarning o‘zlari ham mustaqil ravishda u yoki bu boshqaruv uslubini amalda ko‘rsatishlari 31—45% holatlarda ro‘y bergan, qolganlari esa ish jarayonida turlicha boshqaruv uslublarini aralash qo‘llar ekanlar. Shunisi xarakterliki, yuqori lavozimlarga ko‘tarilgan sari, ana shunday aralash uslublarni qo‘llovchilar soni ortib borarkan. Pastroq lavozimda faqat demokratik boshqaruv tarafdori bo‘lgan odam, vazir yoki shunga o‘xshash yuqori lavozimda endi avtoritarlilikni ham, erkinlikni ham, kollegial qarorlar chiqarish siyosati ham uyg‘unlashtirib olib ketishi mumkin ekan.
Boshqaruv sohasiga kadrlar tanlashda eng avvalo da’vogarning shaxsiy sifatlariga va faoliyat motivatsiyasiga e’tibor berish lozim. Masalan, moliyaviy boshqaruv sohasiga rahbarlarni tanlash uchun zarur bo‘lgan psixologik sifatlarni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar mazkur ma’ruealar matnining ilova qismida keltirilgan.
Yuqorida qayd etilgan rahbar shaxsining turli qirralarini aniqlovchi psixodiagnostik metodikalar ko‘plab mavjud va ulardan ayrimlarini amaliy mashg‘ulotlarda ishlab chiqarish tavsiya etiladi.
Shuning uchun xam rahbarlik sifatlari xaqida gap ketganda, shaxsning bir qator bilimdonliklari nazarda tutiladi.
Professional bilimdonlik — o‘zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal yo‘lga quyish uchun o‘sha faoliyat borasida to‘la ma’lumotlar, bilim va malakalarga ega bo‘lishlikdir.
2. Uslubiy bilimdonlik bilgan narsalari, shaxsiy malaka
va ko‘nikmalari, turli loyixalar xususidagi ma’lumotlar,
topshiriqlarni tez, tug‘ri va tushunarli tarzda xodimlarga yetkaza olish kobilyati.
3. Ijtimoiy psixologik bilimdonlik — odamlar bilan
ishlash, ular bilan til topisha olish, jamoani ruxlantira olish, ularning yaxshi ishlashga safarbar qila olish, o‘zidan
sifatlarini to‘la namoyon eta bilish kobiliyati. Bu tushuncha
ko‘pincha komunikativ bilimdonlik tushunchasi bilan sinonim
sifatida ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |