Amaliy elektron zanjirlar
Tajriba mashg‘ulotlari yo‘riqnomalari
|
Mavzular
|
Sahifa
|
|
Tajriba 1. Kuchaytirgichlar sinflari ………….….………………………
|
|
|
Tajriba 2. RC bog’lanishli kuchaytirgich ………………………………
|
|
|
Tajriba 3. VA mantiq elementi ..…….……………………………….
|
|
|
Tajriba 4. YOKI mantiq elementi …………………………….………..
|
|
|
Tajriba 5. EMAS mantiq elementi …………………..…………………
|
|
|
Tajriba 6. VA-EMAS mantiq elementi ………………………………….
|
|
|
Tajriba 7. YOKI-EMAS mantiq elementi ………………………..…….
|
|
|
Tajriba 8. De Morgan qonuni …..…….……………………………..…
|
|
|
Tajriba 9. EKSKLUZIV YOKI elementi ………..……………………
|
|
|
Tajriba 10. RS trigger ……………………………………….……….
|
|
|
Tajriba 11. D FIKSATOR VA D TRIGGER.…………………………
|
|
|
Tajriba 12. JK trigger
|
|
|
Tajriba 13. TO’LIQ SUMMATOR / TO’LIQ JAMLAGICH
|
|
|
Tajriba 14. AR/ RA AYLANTIRGICH
|
|
1-tajriba. Kuchaytirgichlar sinflari. Tajriba maqsadi.
Mazkur laboratoriya ishini bajarish natijasida quyidagi ko’nikmalarga ega bo’linadi:
1. A-, B-, C- sinflardagi kuchaytirgichlarni diskret komponentalar asosida yig’a olish.
2. VB va VE kuchlanishlar qiymatlarini tanlab tranzistor bazasi siljishining ishchi nuqtasini o’rnatish.
3. Kuchaytirgichlarning uchta har xil sinflarida kirish va chiqish signallari shaklini tavsiflash.
Tranzistorli kuchaytirgichlar odatda kirish va chiqish signallari shakliga qarab sinflarga ajratiladi. Shunga qarab, kucgaytirgichlar A-sinfli, B-sinfli, C-sinfli kuchaytirgichga ajratiladi. Kuchaytirgichlar asosan zanjirda o’rnatilgan ishchi nuqtasiga qarab sinflarga ajratiladi.
A-sinfli kuchaytirgichlar kirishiga sinusoidal signal kirganida chiqishda to’la sinusoidal signal paydo bo’ladi. Siljituvchi ishchi nuqta odatda chegaraviy nuqta yaqiniga o‘rnatiladi. Tipik A-sinfli kuchaytirgichlarda ishchi nuqta qayta uzish va to’yinish nuqtasi orasiga qo’yiladi.
S-sinfli kuchaytirgichlarda siljish ishchi nuqtasi tranzistor qayta ulash nuqtasidan ancha pastda o’rnatiladi. Ishchi holatida kuchaytirgich chiqishida kirishga berilgan signalning faqat musbat qismi paydo bo’ladi. C-sinfli kuchaytirgichning kirishiga sinusoidal signal berilsa, chiqishida yarim sinusoida olinadi.
Shunga qarab, Siz 1-rasmda keltirilgan umumiy emitterli kuchaytirgichni yig’ing va A-sinfli, B-sinfli va C-sinfli kuchytirgich hosil qilish uchun ishchi nuqtani tanlab o’rnating. Bazaning siljish ishchi nuqtasi umumiy erga nisbatan emitter kuchlanishi va baza kuchlanishini o’rnatib tanlanadi.
Asbob va uskunalar
|
Materiallar
|
Turi
|
Soni
|
Xavfsizlik va ehtiyot choralari
|
Ossillograf
VOM
Ta’minlash manbai
Signal generator
|
. Tranzistor
.Rezistor
. Kondensator
. Kalit
. Potensiometer
|
.2N3397
.rasmga qarang
.rasmga qarang. SPST
. 5 kOm
|
1dona
1dona
1dona
1dona
1dona
|
Yarim o’tkazgichli asboblar qutblarini to’g’ri ulang.
Asbob va uskunalarni ehtiyot qiling.
Ish joyingizni saranjom saqlang.
Faqat kerakli asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni oling.
|
1.1-rasm. Kuchaytirgich zanjiri.
Do'stlaringiz bilan baham: |