Affektiv soha. Sotsiumda keksalar ko‘pincha shakllangan stereotiplar prizmasidan qaraladi. Ko‘pchilik keksayishni yomon holat sifatida qabul qiladi. Ko‘pchilik yoshlar - bu yarim mavjud bo‘lish holati deb o‘ylaydilar.
Keksalik davrida insonning emotsional sohasida o‘ziga xos o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bular:
Affektiv reaksiyalarni nazorat qilolmaslik darajada kuchayishi.
Kuchli asabiy ta’sirlanishlar.
Sababsiz g‘amginlik.
Yig‘loqilik.
Ko‘pchilik qariyalarda ekssentriklik, e’tiborsizlik, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qolishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Qariya erkaklar ayollarga nisbatan passivroq, lekin ayollarga xos xarakter xislatlarini namoyon qilishsa, keksa ayollar esa agressivroq, praktik, hukmron bo‘lib qoladilar.
Motivatsion soha.
Har bir insonning yashash tarzi va uslubi o‘ziga xos va takrorlanmas. YAshash uslubi ijtimoiy ehtiyojlar, ya’ni jamiyat hayotida o‘z o‘rnini topish ehtiyoji bilan motivlashgan. Hayot yo‘lining ko‘p qismini bosib o‘tar ekan, inson ma’suliyat bilan o‘zining ijtimoiy yutuq va omadlarini baholashi, yoshlikdagi niyatlarini amalga oshganligidan quvonchni his qilishi yoki maqsadlarining ro‘yobga chiqmaganligidan afsuslanishi, jamiyatda u qanday rolni bajarganligi va bajarayotganligini tushunishi mumkin.
Yashash uslubi – inson hayot faoliyati xarakteristikalarining majmui.
Nafaqaga chiqish insonning jamiyatdagi o‘rni va rolini o‘zgartiradi, keksalarning motivatsion sohasi rivojlanishiga ta’sir etadi. Hayotning har bir o‘n yilligida maqsad, motiv va ehtiyojlar korrektirovka qilinadi.
60 yoshdan oshgan va mustahkam sog‘liqqa ega bo‘lgan inson avvalgi yosh davrlaridagi ehtiyojlar bilan harakatlanadi. Bu ehtiyojlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
O‘zini namoyon qilishga, ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan ehtiyoj.
Kelgusi avlodga ma’naviy va moddiy meros qoldirish.
Jamiyat hayotida faol ishtirok etish.
Jamiyat uchun foydali va kerakli ekanligini his qilish.
70 yoshdan keyin birinchi planga boshqa ehtiyojlar chiqadi. Bu ham bo‘lsa – jismoniy salomatligini kerakli darajada saqlash. Insonda jamoat ishlarida qatnashish hoxishi yo‘qoladi, o‘zining ichki dunyosiga qiziqishga e’tibor qaratila boshlaydi. Biroq xobbilari pasaymaydi.
Yosh ulg‘ayishi bilan sog‘liq bilan bog‘liq muammolar chuqurlashsa ham, 90 yoshdan keyin ham inson hayotga qiziqish namoyon qilishni davom ettirishi mumkin, o‘z imkoniyatlarini yangi qiziqarli mashg‘ulotlarga safarbar etishi mumkin.
Keksalik davrida oilaviy munosabatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Oilaviy munosabatlar insonga himoyalanganlik, barqarorlik, mustahkamlik hislarini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |