Etuklik davri. Hozirgi davrda etuklik davri bosqichlari turlicha yondoshuvlar asosida ko`rib chiqiladi. D.B.Bromley etuklik davrini 4 ta bosqichga bo`ladi:
Ilk etuklik (21-25 yosh)
O`rta etuklik (25-40 yoshlar)
Kechki etuklik (40-45 yosh)
Nafaqa oldi yoshi (55-65 yosh).
B.G.Ananev kattalik davri chegaralarini 18 yoshdan 60 yoshgacha deb belgilaydi va 3 ta bosqichni ajratib ko`rsatadi:
Ilk kattalik (18-25 yosh)
O`rta kattalik (26-46)
Kechki kattalik (47-60).
G.Krayg bo`yicha ham yuqoridagi davrlar beriladi, faqat yosh chegaralari jihatidan tafovutlanadi:
Ilk kattalik (21-40 yosh)
O`rta kattalik (41-60)
Kechki kattalik (60-65 va undan yuqori).
Bu chegaraning o`zgarishi oxirgi 10 yillikda inson umri davomiyaligining uzayishi bilan bog`liq.
E.G`oziev bo`yicha etuklik 2 bosqichga ajratiladi:
Tadqiqotchilar etuklikning o`zini 2 ta bosqichga bo`lishidi: ilk etuklik va kechki etuklik. Lekin yosh chegaralarini belgilashda tafovutlar mavjud.
Ilk etuklik – bu kattalikka o`tish davri bo`lib, organism biologic etilishining cho`qqisiga erishish; yoshlarning optimizmi, ular tomonidan o`zining shaxsiy va kasbiy kelajagini rejalashtirilishi, fuqarolik etuklikka erishish, ijtimoiy rollarning o`zgarishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda ota-ona uyidan ketib, mustaqil o`z hayotini qurish ro`y beradi.
O`rta etuklik – bu “gullagan davr”, ijodiy va professional yutuqlar cho`qqisi. Lekin ba`zilarda hayotiy faollikning pasayishi davridir. 40 yosh – rahbarlik qiluvchilar avlodi davri. Bu davrda ko`pchilik insonlarda to`plangan bilim va malakalarni keying avlodga uzatish ehtiyoji yuzaga keladi. Shu bilan birga realizatsiya qilinmagan imkoniyatlari haqida qayg`urish, vaqt tez o`tishi, rejalarni bajarishga ulgirilmayotganligidan qayg`urish ham mavjud bo`lishi mumkin.
Kechki etuklik – bu ko`p hollarda professional kareraning tugashi, nafaqaxo`r roliga tayyorgarlik, yangi rollarni o`zlashtirish ( buvi, biva) va shu bilan birga qarishni bo`yniga olmaslik (jismoniy zaiflashuv, tashqi ko`rinishdagi o`zgarishlar) bilan xarakterlanadi. G.Kraygning ta`riflashicha, 45 yoshli erkak o`zini jismoniy jihatdan yaxshi holatda deb hisoblaydi, lekin 15 yoshli o`g`li basketbolda uning ustidan g`alaba qozonsa, emotsional zarbaga duch keladi.
Etuklik davrining birinchi bosqichi 28-35 yoshni o`z ichiga oladi. Bu davrda inson o‘zining kuch-quvvati, qobiliyati, aql-zakovati, ichki imkoniyatlarini o‘z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to‘la safarbar qila oladi. Ko`pchilik erkak va ayollar bu davrda mehnat va ijtimoiy faoliyatda muayyan yutuqlarga erishadilar.
Etuklik bosqichida jismoniy va aqliy imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish tajribasi paydo bo‘ladi. Bu muayyan ko‘nikma, malaka va mahorat asosida ro‘y beradi.
35 yosh yoshlik davrining yakun topishidir, ya’ni 36 yoshga etganda yozuvchi, olim yoki boshqa kishilarni endi “yosh” deb atamaymiz. Bu davrdagi krizislar o‘tish davrining muammolari bilan birga, oilasidagi to‘ng‘ich farzandalari yani o‘smirlar bilan bo‘ladigan muammolar qo‘shilib ancha qiyin kechishi mumkin. Bu davrda yosh buvilar bo‘lishi mumkin, 34-35 yoshida to‘ng‘ich qizi farzandlik bo‘lsa; 31-32 yoshda farzandlik bo‘lgan onalar bo‘lishi mumkin.
30 yoshdagi ayollarda maftunkorlik mavjud. 30 yoshlik ayollarda qat’iyatsizlik, qo‘rquv, najod kutish, hayajon, to‘lqinlanish hislari mavjud bo‘ladi.
Etuklikning birinchi bosqichi o`tish davri hisoblanadi, chunki bu bosqichda yoshlik davridan etuklikka o`tiladi. Bu davrda ayniqsa, erkaklarda reproduktiv tizimning yomon tomonga qayta tuzilishi kuzatiladi. Ularda ayollarga nisbatan qarilikning ilk belgilari ko`proq manoyon bo`la boshlaydi. Bular - ajin tushish, ortiqcha vazn, yurak-qon tomirlari kasalliklari.
Ushbu yosh davrida oilaviy hayotdagi inqiroz holati tugab, munosabatlarning barqarorlashuvi yoki ajralish bilan tugashi kuzatiladi.
O`tish davri – bu umrning juda qisqa davom etadigan davri bo`lib, bu davr insonning kuchga to`lgan, aqliy salohiyati o`z maqsadlarini boshqarish uchun, nazorat qilish uchun etarli ekanligi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |