Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya



Download 11,87 Mb.
bet62/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

Oiladagi inqirozlar. Yangi oila, yangi muhit, sevish, sevishish, hurmat, oilada o‘z o‘rnini topa olmaslik va boshqa holatlar oilada inqirozlar kelib chiqishga sabab bo`ladi. Oiladagi inqiroz turmishning 5 yilida yaqqol ko‘zga tashlanadi va birgalikdagi 15 yilda ham shunday inqiroz bo‘lishi mumkin.
Yoshlar nafaqat oila qurish, balki uni saqlab qolish uchun kurashishi, inqiroz davridan o‘tishlari ham kerak. Sevgi inson erkinligining yuksak ko‘rinishidir, chunki “sev” deb majburlab bo‘lmaydi. Ayol va erkak o‘z sevgilariga tayanib o‘zlarining kichkina jamiyatini, ya’ni oila qurishga intiladi.
Oila muqaddas makon. Oila erkak va ayolni bir umrlik tinch-totuvlik, baxtli hayotda yashash xaqidagi hayotiy, rasmiy bitimidir. Sevgi yaralishining o‘zi bir sir. Sevgi bilan do‘stlik bir-biridan tafovutlanuvchi munosabatlar no`lib, ularning farqi: sevgida bir-birlariga romantik, ideallashtirib qarash mavjud bo‘lsa, do‘stlikda bir-birlariga munosabat real-haqqoniy bo‘ladi.
Oila qurishda yigit va qizlar boshqa oiladan nusxa ko‘chirishlari emas, balki o‘z takrorlanmaydigan oilalarini qurishlari kerak. Ko‘pincha yosh oila qurganlar o‘z oilalarida ko‘rganlarini yangi oilaga tadbiq qilmoqchi bo‘ladilar. Agar oila namunali bo‘lgan bo‘lsa buning zarari yo‘q, lekin aksincha bo‘lsachi?
Oila a`zolarining bir-birlarini tushunishlari, oiladagi o‘z o‘rinlarini to‘g‘ri taqsimlashlari oilani tinchligini kafolatlaydi. Kundalik mayda-chuyda gaplar, ishlar, bir-birini tushunmaslik, birinchi farzandning dunyoga kelishi va boshqa omillar ajralishga sabab bo‘ladi.
Sevgining barqarorligi oilada, turmushda sinaladi. Har qanday sevgi xis tuyg‘u bilan bog‘liqdir. Sevgi-muxabbat munosabatlarida farzandingiz, ota-onangiz, turmush o`rtog`ingizga qarab uning kayfiyatini, holatini, xafaligini ich-ichingizdan xis qilasiz.
Yoshlik, katta bo‘lish davrida inson hayot imtixonidan o‘tadi. Endi u faqat “men” iniga qarab emas, o‘zgalar xoxish istagi, ikkinchi “Men” ning kayfiyatiga, emotsional holatiga qarab ish yuritadi.
Yoshlik davrining eng dolzarb muammolaridan biri his tuyg‘uga asoslanib qurilgan yosh oilaga juda ko‘p talablar qo‘yiladi. Bu romantik kayfiyatning yo‘qolishiga, faqatgina ijobiy emotsiyalar emas, balki salbiy emotsiyalar paydo bo‘lishiga, konfliktli qarashlar, sherigining qarashlariga zid bo`lgan xulqning paydo bo‘lishiga olib keladi. Yangi turmish qurganlar orzu qilgan hayot real turmishga to‘g‘ri kelmay qolishidan, bir-birlarini hozirgi sharoitda ko‘rmaganlilaridan kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
E. Shastron oilaviy munosabatda kelib chiqadigan agressiyaning sabablarini ushbu xis-tuyg‘ularda deb biladi. Ularni anglab etmaslik agressiyaning chuqurlashishiga olib keladi. Bular: g‘ayrlik, jaxl, aybdorlik hissi, xafa bo‘lish, tanqid, mulozamat, befarqlik. Befaqlikdan tashqari barcha ushbu xis-tuyg‘ular og‘riq beradi, ya’ni hayotiy munosabatlarning yo‘q bo‘lib ketmasligini anglatadi. Faqat befarqlikkina og‘riq bermaydi, bu degani xislar o‘lgan, psixologik muhit yo‘qolgan, munosabatlarni yakunlasa ham bo‘ladi. Sevmagandan keyin u nima qilyapti, nima haqida o‘ylayapti ishi bo‘lmay qoladi.
Oilaviy munosabatlarda ushbu maqolni yoddan chiqarmaslik kerak: “So‘z – kumush, sukut - oltindir”. Turmush o`rtoqlardan birining jahli chiqib turganda albatta boshqasi sukut qilsa “olam guliston”.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish