O`z-o`zini tekshirish uchun savollar:
O‘spirinlikning ijtimoiy jixatdan etilish davri ekanligini izohlab bering.
O‘spirinlik davrida jismoniy rivojlanish xususiyatlarini ko‘rsating.
O‘spirinlarda bilish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari qanday?
O‘spirinlar mustaqil fikrlashda qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar?
O‘spirinning mustaqil fikrlashini rivojlantirish omillarini sanab bering.
O‘spirinlarda o‘z – o‘zini anglash qanday namoyon bo‘ladi?
O‘spirin yoshlarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish deganda nimalar nazarda tutiladi?
MAVZU: KATTALIK DAVRI PSIXOLOGIYASI
REJA
Kattalik davrining tabaqalanishiga bo`lgan turli yondoshuvlar.
Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari.
Etuklik davrining birinchi bosqichi o‘tish davri sifatida.
Etuklik davrining ikkinchi bosqichida shaxsning psixologik xususiyatlari.
Tayanch iboralar: yoshlik, mutaxassis, mahorat, jismoniy etuklik, nafaqa yoshi, o`tish davri, ijtimoiy faoliyat, o`rta yosh inqirozi.
Kattalik davri ontogenezning ancha uzoq davom etadigan davri bo‘lib, hayot davomiyligi uzun bo‘lgan, rivojlangan davlatlarda ushbu davr inson hayotining qariyb 75 % ini tashkil etadi.
Kattalik davrining o‘zi 3 bosqichga bo‘linadi (T.V.Sklyarova bo‘yicha):
Erta kattalik (yoshlik);
O‘rta kattalik (etuklik);
Kechki kattalik (keksayish va keksalik).
E.P.Ilin kattalik davrini 2ga ajratadi (E.P.Ilin Psixologiya vzroslosti, Piter, 2018):
1. Etuklik.
2. Keksalik.
Uzoq vaqtgacha kattalik davrida insonning psixik sohasi o‘zgarmaydi, degan fikr ustunlik qilgan. Щveysariyalik psixolog E.Klaparedning fikricha, katta yoshli inson “psixikaning toshdek qattiqlashgan” holatida bo‘ladi. Agar insonda qandaydir sababga ko‘ra bolalik va o‘spirinlik davrida psixik taraqqiyot jarayoni tugallanmagan bo‘lsa, etuklik davrida rivojlanishni ta’minlovchi mexanizmlar o‘z funksiyasini bajarishni to‘xtatganligi sababli rivojlanish jarayoni imkoniyatlariga tayanish mushkul.
U.Djeymsning yozishicha, 25 yoshdan keyin kattalar yangi g‘oyalarni egallay olmaydilar: beg‘araz qiziquvchanlik yo‘qoladi, aqliy bog‘lanishlar o‘rnatilib bo‘ladi, assimilyasiyaga qobiliyat tugaydi. Uning fikriga ko‘ra, 30 yoshdan so‘ng ko‘pchilik insonlarda xarakter xuddi gipsga o‘xshab qotib, mustahkamlanib bo‘lgan bo‘ladi va uni hech qachon o‘zgartirib bo‘lmaydi. SHu sababli kattalik davrini o‘rganishga zaruriyat yo‘q, deb hisoblangan.
Bolalar psixologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘p sonli tadqiqotlar bilan taqqoslaganda, yaqin vaqtlargacha kattalar psixologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishga unchalik e’tibor qaratilmagan. Lekin XX asrning 20-30 yillariayoq shu munosabat bilan N.A.Ribnikov (1928) psixologlarning asosiy kuchi va e’tibori inson hayotining ilk davrlariga qaratilganligini qayg‘urib ta’kidlagan.
Bu haqida XX asrning 60 - yillarida B.G.Ananev ham ta’kidlab o‘tgan. Va aynan 60 - yillardan boshlab B.G.Ananev rahbarligida kattalik davrini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazila boshlagan.
Kattalik davri bir-biridan farq qiluvchi bir necha rivojlanish bosqichlariga bo‘linadi, biroq etuklik davrida psixik rivojlanish jarayoni bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davridagi rivojlanish jarayonidan tafovutlanadi.
Kattalik davrida rivojlanishning eng muhim xususiyati – uning xronologik yoshga minimal darajada bog‘liqligidir.
Katta yoshli inson tafakkuri, xulqi va shaxsidagi o‘zgarishlar ko‘p jihatdan inson hayotidagi muayyan holatlar – uning tajribasi, shug‘ullanadigan mashg‘uloti, ustanovkalari bilan belgilanadi.
Kattalikda rivojlanishning borishini intellektual yoki jismoniy jarayonlarning qandaydir bosqichlari sifatida aniq chegaralash mumkin emas. Balki rivojlanishni oilaviy hayot va kareraga erishish sikllari tarkibiga kiruvchi, madaniyat bilan belgilanuvchi ijtimoiy orientirlar (yo‘nalganlik), shuningdek, ijtimoiy rollar orqali ko‘rish mumkin.
Kattalar psixologiyasi 2 ta bo‘limdan iborat:
Etuklik davri psixologiyasi.
Keksalik davri psixologiyasi.
Etuklik psixologiyasiga nisbatan yangi fan bo‘lgan akmeologiya yaqin. Akmeologiya – inson rivojlanishining cho‘qqisini (pik) o‘rganadi.
Keksalik psixologiyasi esa – gereontologiya fani bilan yaqin.
XX asrning 2-yarmida kattalik davri bosqichlari ham taraqqiyot psixologiyasi kontekstida ko‘rib chiqila boshlandi. Buning bir qancha sabablari mavjud:
Hayot davomiyligining ortishi va bu bilan bog‘liq holda etuk insonning kasbiy krerasining uzayishi;
Katta yoshli insonlar bilan ishlash, oilalar bilan ishlash, keksalik yoshidagi insonlar bilan ishlashni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy ishlar sohasining kengayishi.
Kattalik yoshi davrlari xarakteristikalarining o‘ziga xosligi (spetsifikasi) ni inobatga olib, turli avtorlar yoshlik chegarasini turlicha belgilaydilar. Masalan,
G.S.Abramova – 23-30 yosh;
V.I.Slobodchikov – 19-28 yosh;
E.I.Isaev – 19-28 yosh;
B.Livexud – 24-28 yosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |