Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida


Amir Temur: Oltinchi. Barcha so’zlarimda doimo haqiqatgo’ylikka rioya qildim



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

Amir Temur: Oltinchi. Barcha so’zlarimda doimo haqiqatgo’ylikka rioya qildim.
Islom Karimovning “haqiqatgo’yligi” u taxtga kelgan ilk kundanoq boshlandi… «Matbuot erkin 
bo’ladi» deb bot-bot aytdi. Ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunning «O’zbekistonda 
tsenzura bekor qilinadi» degan bosh jumlasini ro’kach qildi. Amalda har bir gazeta «boshi»ga 
to’rt-beshtadan soqchi qo’ydi. Yuragidagi gapini yozgan qalamkashlarni ozodlik, mustaqillik 
dushmani deb e’lon qildi. «Erk», «Birlik»ning gazetalari ta’qibga uchradi. 
Katta minbardan turib, “O’zbekiston gullaydi”, dedi. Amalda xazon bo’ldi bu yurt. «Pulingizni 
omonat kassasiga qo’ying, bo’lmasa kuyib qolasiz» dedi. Xalq haftalab omonat kassalari eshigida 
sarg’aydi. Pul qo’yganlar xoni-moni kuygan kishilarga, millionlar esa tiyinlarga aylanib qoldi. 
“Sharof Rashidov masalasida eng oliy haqiqatni men aytaman”, deb minbarga ko’tarildi. Biroq 
Sharof Rashidovni qoralash, go’rba-go’r qilish haqidagi hujjatlarda o’zining imzosi ham borligini 
unutdi. 
“Mamlakatda hamma o’z ona tilida so’zlaydi, o’zbek tili davlat tilidir”, deb takrorladi. O’zi esa 
o’zbek tilidagi hujjatlarni chetga surib, rus tilidagilarni o’qish odatini tark etmadi. 
Parkent voqealari, Farg’ona fojeasi munosabati bilan tuzilgan komissiyalar haqiqatni 
oydinlashtirganlarida Islom Karimov bu hujjatlarni g’aladonning «mulki»ga aylantirdi. 
Haqiqatgo’ylarni qatag’on qildirdi, aldov ustalarini atrofiga jamladi. 


Yolg’on, yolg’on va yolg’on uning siyosiy quroli bo’ldi. 
Amir Temur: Yettinchi. Men har kimga va’da bersam, unga vafo qildim.
Islom Karimovning va’dalari cheksiz, «O’zbekistonni olti oyda jannatga aylantiraman» deb va’da 
berdi. 
Olti oydan so’ng xalq jahannamga ro’baro’ keldi. 
«O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik sharoitini yarataman» dedi. Erk demokratik partiyasi yo’q 
qilindi. “Ozod dehqonlar”, «Birlik» va boshqa ko’plab partiyalarni to’lg’ogida bug’di. 
«O’zbekistonda hurfikrlilik yo’lini ochaman» dedi. Ammo bir fikrlilik, faqat Islom Karimovni 
maqtash yo’li ochildi. Fikri borlarning boshi yorildi. Ular tuhmat, bo’hton bilan qoralandilar. 
«O’zbekistonda qishloqda yashovchilarni badavlat qilaman» dedi. Qishloqda yashovchilar bir 
burda nonga zor bo’ldilar. 
«Bolalar paxta dalalariga olib chiqilmaydi» dedi. Maktablar yopildi. Oliy o’quv dargohlari butun 
kuz davomida faoliyatdan to’xtadi. Qahraton kunlarda ham bolalar och-nochor paxtazorda 
ishlatildi. 
«O’zbekistonda demokratiya o’rnatiladi» dedi. Ammo yakkahokimlik, zo’ravonlik o’rnatildi. 
«Turkiya yo’lidan boramiz» dedi. Oy o’tmay Xitoy, Shimoliy Koreya yo’liga o’tildi. Russiyani 
ayovsiz qoraladi. Amalda Russiyaning etagidan ajralmadi. 
Hali O’zbekistonda biror kishi Islom Karimov falon va’dasining ustidan chiqdi, deb aytolmaydi. 
Hatto uning atrofida parvona bo’lganlar ham. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish