Multiplikatsiya jarayoni va uni majburiy zaxira tomonidan
cheklanishi quyidagi ko„rinishga ega
Banklar
Depozit
Kredit (2-4)
Zaxira
(2*20/100)
1
2
3
4
Bank A
1000
800
200
Bank B
800
640
160
Bank V
640
512
128
Bank S
512
409,6
102,4
JAMI
5000
4000
1000
A bankdagi dastlabki depozit 1000 birlikning 20% i (200 birlik)
majburiy zaxira sifatida Markaziy bankka o‗tkazilgandan keyin tijorat
bankining kredit berish imkoniyati 800 birlikni tashkil qiladi. Bu kredit
mijozga berilgandan keyin boshqa bankda depozitga aylanishi mumkin.
Masalan, ushbu berilgan kredit summasi B bankining mijozi bo‗lgan
mahsulot yetkazib beruvchining hisob varag‗iga sotuvdan tushum
shaklida kelib tushadi. A bankning krediti B bankda depozitni vujudga
keltiradi. B bank bu depozitdan kredit beradigan bo‗lsa, majburiy
zaxirani hisobga olgan holda (800*20/100) uning miqdori 640 (800-160)
birlikka teng bo‗ladi. Ushbu jarayonni oxirigacha (ya‘ni depozit va kre-
ditlarning to‗liq ishlatilishigacha) tasavvur qiladigan bo‗lsak, 1000
birlikda shakllantirilgan dastlabki depozit miqdori, majburiy zaxira dara-
jasi 20% bo‗lganda barcha banklar bo‗yicha 5000 birlikkacha, 800
birlikka teng bo‗lgan dastlabki kredit miqdori esa 4000 birlikka o‗sishi
mumkin.
Agar majburiy zaxira yo‗q deb taxmin qilinsa, nazariy jihatdan
depozit multiplikatsiyasi va kredit ekspansiyasi cheksizlikka teng va tes-
karisi, majburiy zaxira 100% bo‗lgan taqdirda depozit multiplikatsiyasi
0 ga teng bo‗ladi.
Depozit (yoki kredit) multiplikatsiyasining maksimal miqdori yoki
chegarasini hisoblash uchun quyidagi matematik formuladan foydala-
niladi:
R
Д
Д
1
0
•
Bunda:
D – bank tizimida shakllantirilish mumkin bo‗lgan depozitning
maksimal miqdori;
137
D
0
– dastlabki depozit;
R – depozit birligiga teng keladigan majburiy zaxira.
Yuqorida keltirgan misolimizda depozit multiplikatsiyasi koef-
fitsiyenti 5 yoki 5000 birlikka (D=1000*(1/02)), kredit multiplikatsiyasi
koeffitsiyenti esa 4 yoki 4000 birlik (K=800*(1/0,2))ka teng.
Multiplikatsiya darajasi majburiy zaxira darajasiga teskari mutano-
sib ravishda o‗zgaradi, demak, majburiy zaxira darajasi oshsa, bank
tizimining kredit salohiyati imkoniyatlari ham kamayadi.
Depozit multilikatsiyasi va kredit ekspantsiyasi g‗oyasi quyidagi
iqtisodiy zaruriyatni keltirib chiqaradi: har qanday tijorat banki depozit-
larni qabul qila turib, o‗z mijozlari oldidagi majburiyatlarni bajarishlari
uchun uning ma‘lum bir qismini likvidlilik zaxirasi sifatida saqlashlari
lozim. Shu bois tijorat banklarining kredit berish salohiyati miqdori bank
tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslar, majburiy zaxira va likvidli-
lik zaxirasi hajmiga bog‗liqdir.
Umuman olganda, tijorat banklarining kreditlash salohiyatini
baholashda jalb qilingan mablag‗lar, ya‘ni depozitlarning umumiy
summasi bilan majburiy zaxira hamda tijorat banklari tomonidan o‗z
likvidligini ta‘minlash uchun ajratmalar salmog‗iga e‘tibor qaratish
lozim.
Kredit potensiali (salohiyati) miqdori (Ks)ni qisqacha holda
quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |