Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

4-
§
. Xorijiy mamlakatlarda qishloq
xo„jaligini kreditlash tajribasi 
Qishloq xo‗jaligini kreditlash sohasida AQSh tajribasiga e‘tibor 
qaratadigan bo‗lsak, banklar tomonidan qishloq xo‗jalik subyektlariga 
turli xil kreditlar ajratiladi. Kreditlash jarayonida bank xodimlari nafaqat 
bank faoliyatini, balki qishloq xo‗jaligi xususiyatlarini, bu sohada
maxsus marketing tayyorgarlikka ega bo‗lishi, fermer xo‗jaliklari 
faoliyatini, uning mavsumiylik bilan bog‗liqligini va boshqa jihatlarini 
har tomonlama mukammal bilishlari, muomala madaniyati yuqori 
bo‗lishi asosiy shartlardan hisoblanadi. Barcha banklar yalpi 
aktivlarining 1 foizga yaqini qishloq xo‗jaligiga ajratilgan kreditlarga 
to‗g‗ri kelsada, ushbu sohaga kreditlar ajratish AQSh mayda 
banklarining ustivor yo‗nalishlaridan hisoblanadi. Kichik bank (100 mln 
dollardan ortiq aktivga ega bo‗lgan bank)lar tomonidan berilgan 
kreditlarning 50 foizdan ortig‗i qishloq xo‗jaligi kreditlari hisoblanadi. 
AQShda qishloq xo‗jaligini kreditlash banklar va nobank tashkilotlar 
tomonidan amalga oshiriladi. Banklar odatda bergan kreditlarining 
487
2-
§
. Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xo„jaliklarga 
qishloq xo„jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar 
berish tartibi 
 
Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xo‗jaliklarga qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, parrandachilik va 
asalarichilikni rivojlantirish hamda ixcham issiqxonalar tashkil etish 
uchun mikrokreditlar beriladi.
 
Aholi o‗z tomorqasida oila a‘zolarining shaxsiy mehnati asosida 
oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini 
yetishtirishi hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida 
sotish bilan shug‗ullanib, oilasini daromad bmilan ta‘minlashi mumkin. 
Oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqishni kengaytirish va ichki bozorni 
to‗ldirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oilaviy xo‗jalik 
faoliyatini rivojlantirish, bu borada tijorat banklari imkoniyatlaridan 
foydalangan holda shaxsiy yordamchi xo‗jaliklar faoliyatini moliyaviy 
qo‗llab-quvvatlashga e‘tibor berilmoqda. Shundan kelib chiqib, tijorat 
banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xo‗jaliklarga qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, parrandachilik va asalarichilikni 
rivojlantirish hamda ixcham issiqxonalar qurish uchun mikrokreditlar 
ajratmoqda. Tijorat banklarining shaxsiy yordamchi xo‗jaliklari 
faoliyatiga 
yo‗naltiriladigan 
kreditlari 
qaytarishlik, 
to‗lovlilik, 
ta‘minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida 
beriladi. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun shaxsiy 
yordamchi xo‗jaliklariga eng kam ish haqining 100 baravarigacha 
bo‗lgan miqdorda mikrokreditlar ajratiladi. 
Mikrokreditlar shartnoma asosida qaytarish muddatini uzaytirish 
huquqisiz: 
mevali daraxtlar va uzum ko‗chatlari sotib olish uchun bir yillik 
imtiyozli davr bilan 3 yilgacha bo‗lgan muddatga; 
urug‗liklar, mineral o‗g‗itlar va o‗simliklarni kimyoviy himoya 
qilish vositalarini sotib olish, ixcham issiqxonalar tashkil etish hamda 
parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish uchun olti oylik imtiyozli 
davr bilan 2 yilgacha bo‗lgan muddatga beriladi. 
Tijorat 
banki 
shaxsiy 
yordamchi 
xo‗jaliklariga 
ajratgan 
kreditlarining to‗lovlari bo‗yicha imtiyozli davrni belgilashi mumkin. 
Imtiyozli davr o‗rnatilgan holda berilgan kreditlar bo‗yicha asosiy qarzni 
to‗lash imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi. Imtiyozli 
davrda kredit bo‗yicha foizlar hisoblanadi va undiriladi. Bunda foizlar 


488
qarz oluvchiga kredit bo‗yicha qarzdorlikning amaldagi qoldig‗iga 
kunlik hisoblab boriladi va har oyda bir marta undiriladi. 
Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun Markaziy bankning qayta 
moliyalash stavkasi darajasidan yuqori bo‗lmagan miqdorda foiz 
stavkasi belgilanadi. 
Shaxsiy yordamchi xo‗jalik yurituvchi jismoniy shaxslarga o‗zlari 
istiqomat qiladigan joydagi tijorat banklari filiallaridan mikrokredit 
berilishi mumkin. Mikrokredit olish uchun shaxsiy yordamchi xo‗jalik 
yurituvchi jismoniy shaxs tijorat bankiga mikrokredit berish to‗g‗risida 
ariza, mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yig‗ini Kengashi raisi tomonidan 
imzolangan, belgilangan tartibda berilgan sanasi va raqami qayd etilgan 
hamda gerbli muhr bilan tasdiqlangan tavsiyanoma va mikrokredit 
oluvchi shaxsiy yordamchi xo‗jalik yurituvchi jismoniy shaxsda 
tomorqa uchastkasi mavjudligi hamda uning maydoni ko‗rsatilgan 
ma‘lumotnomani taqdim etadi. Mijozning kredit hujjatlari tijorat bank 
tomonidan 3 ish kunida ko‗rib chiqib mijozga bank kreditini ajratish 
yoki ajratmasligi to‗g‗risida kredit qo‗mitasining qarori qabul qilinishi 
lozim. Agarda mijozning kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichlari yoki kredit 
hujjatlarida kamchiliklar mavjud bo‗lib unga mikrokredit ajratish 
imkoniyati mavjud bo‗lmasa, tijorat banki kredit hujjatlar ko‗rib 
chiqilgan kunning ertasigayoq mijozga bu haqda yozma shaklda ma‘lum 
qilishi shart. 
Tijorat banki mikrokredit berish to‗g‗risida ijobiy qaror qabul 
qilganda bank va qarz oluvchi o‗rtasida kredit shartnomasi imzolanadi. 
Kredit shartnomada kreditning summasi, muddati, kredit uchun foiz 
stavkasi miqdori, kreditning maqsadi, kredit ta‘minotiga oid 
ma‘lumotlar, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi boshqa 
shartlar ko‗rsatiladi. Kredit shartnomasi bilan birgalikda kreditning 
ta‘minoti bo‗yicha hujjatlar ham rasmiylashtiriladi. 
Mijozga kredit berish uchun belgilangan tartibda ssuda hisobvarag‗i 
ochiladi. Mikrokreditlar qarz oluvchining ssuda hisob varag‗idan uning 
to‗lov topshiriqnomasiga asosan, kredit shartnomasida belgilangan 
maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi talab qilib 
olinguncha depozit hisob varag‗iga pul o‗tkazish yo‗li bilan amalga 
oshiriladi. Olingan mikrokredit va u bo‗yicha foizlar shaxsiy yordamchi 
xo‗jalikni yurituvchi jismoniy shaxs bankka naqd pul topshirish, plastik 
kartochka orqali yoki bankdagi omonot hisob varag‗idan pul o‗tkazib 
berish yo‗li bilan amalga oshirilishi mumkin. Tijorat banki berilgan 
mikrokreditdan foydalanish, uning maqsadli yo‗naltirilishini, kredit foizi 
489
va asosiy summasini shartnoma shartlariga asosan to‗lab borish 
jarayonlarini monitoring qilib boradi. Kreditdan foydalanishda va uning 
to‗lovlari bo‗yicha mijoz tomonidan shartnoma shartlari buzilgan 
hollarda, tijorat banki kredit shartnomasida belgilangan tartibda 
kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini qarz oluvchidan muddatidan 
ilgari undirib olish huquqiga ega. Tijorat banki, birinchi navbatda, 
mijozdan mikrokredit bo‗yicha foizlarni, keyin esa asosiy qarz 
summasini undirib oladi.
Mijoz olgan mikrokreditini kredit shartnomada belgilangan 
muddatlarda qaytarmasa, bank undiruvni mikrokreditning ta‘minotiga 
qaratadi. 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish