Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Byudjetdan tashqari jamg„armalar kredit liniyalari hisobidan



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

Byudjetdan tashqari jamg„armalar kredit liniyalari hisobidan 
yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lmagan dehqon xo‗jaliklariga 
mikrokreditlar eng kam ish haqining 200 baravaridan hamda yuridik 
shaxs maqomini olib faoliyat ko‗rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga 
eng kam ish haqining 1000 baravaridan ko‗p bo‗lmagan miqdorida 
beriladi. 
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar mablag‗lari hisobidan ishlab 
chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun 
kichik biznes subyektlarini mikrokreditlash bank marjasi qo‗shib 
hisoblanadigan imtiyozli foiz stavkasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu 
mikrokreditlarga doir imtiyozli foiz stavkasi Markaziy bankning 
amaldagi qayta moliyalash stavkasiga nisbatan qat‘iy foizlarda 
belgilanadi. Ushbu mikrokreditlar uchun imtiyozli foiz stavkasi 
493
AQShda qishloq xo‗jaligi sohasiga operatsion xarajatlar uchun 
qisqa muddatli kreditlar – chorva mollari, mineral o‗g‗itlar, urug‗lik va 
boshqalar uchun 1 yildan 5 yilgacha muddatga, 5-5,5 foiz bilan, texnika 
sotib olishga 7 yilgacha, yer sotib olishga 40 yilgacha, o‗rtacha 6-6,5 
foiz stavkasi bilan ajratiladi. Uzoq muddatli kreditlashda fermerlarning 
moliyaviy ahvoli doimiy ravishda monitoring qilib boriladi va uning 
ahvolidan kelib chiqib kredit bo‗yicha foiz stavkalar qayta ko‗rib 
chiqiladi. Agar uning moliyaviy ahvoli yaxshilanadigan bo‗lsa, u
kreditlashning odatdagi tizimiga o‗tkaziladi. 
AQSh va qator rivojlangan davlatlarda agrar sohani davlat 
tomonidan boshqarishning muhim dastagi – imtiyozli kreditlash 
hisoblanadi. Imtiyozli kreditlarni ajratish davlat dasturlari va boshqa 
tadbirlar orqali amalga oshiriladi. 
Imtiyozli kreditlashning asosiy tamoyili kreditning amaldagi foiz 
stavkasini yoki uning bir qismini byudjet mablag‗lari hisobidan qoplab 
berishdan iborat.
Davlat iqtisodiyotning joriy talablaridan kelib chiqib istiqbolli 
tarmoqlar va ustivor yo‗nalishlar rivojlanishini rag‗batlantirnish uchun 
imtiyozli kreditlash mexanizmidan foydalanadi. Bunday mexanizm 
qishloq xo‗jaligining barcha sohalarini qamrab olishi bilan birgalikda 
ularning 
rivojlanishiga 
sharoit 
yaratadi 
va 
tarmoq 
rivojini 
rag‗batlantiradi. 
AQSh davlati iqtisodiy siyosatning joriy holatidan kelib chiqib 
imtiyozli kreditlash shartlarini o‗zgartirib boradi. Kooperativ 
tashkilotlar, yangi texnika, texnologiyalar, ixtirolarni qo‗llaydigan 
xo‗jaliklar, yosh fermerlarga juda ko‗p imtiyozlar asosida kreditlar 
beriladi. Bunday kreditlarni oluvchi xo‗jaliklar davlat tomonidan 
qo‗yilgan talablar va mezonlarga javob bera olishi lozim. Masalan, 
fermer xo‗jaligining faoliyat ko‗lami, qiymati, daromadlilik darajasi, 
imtiyozli kredit olishga talabgorning yoshi, uning kasbiy malakasi va 
tayyorgarligi va boshqalarga e‘tibor qaratiladi.
Fermer krediti federal tizimi AQShda fermer xo‗jaliklarini 
kreditlashtiruvchi asosiy bo‗g‗inlardan bo‗lib qolmoqda. Qator 
vositachilar orqali fermerlarga kreditlar berish va boshqa moliyaviy 
xizmatlarni ko‗rsatish amalga oshirilmoqda. Bular: 
· aholi mablag‗larini depozit shaklida akkumulyasiya qiluvchi tijorat 
banklari; 
· pul bozorining bo‗sh pul fondlarini jalb qiluvchi, qishloq xo‗jalik 
kredit kooperatsiyalari; 


492
AQShda qishloq xo‗jaligi subyektlariga kreditlar turli muddatlarga 
beriladi. Masalan, fermalar uchun bino-inshootlar sotib olishga 20 yilga, 
yem-xashaklarni saqlash joylarini olish uchun 15 yilga, texnika-
texnologiyalar uchun 10 yilga, omborxonalar uchun 8 yilga kreditlar 
ajratiladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham AQSh 
banklari qishloq xo‗jaligi sub‘ektlarini kreditlash masalalariga ustuvorlik 
berilishi va kreditlar bo‗yicha foiz stavkalarining oshirilmaganligining
sababi, qishloq xo‗jaligida iste‘mol tovarlarining asosiy qismining 
yaratilishida. 
Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozigacha Amerika banklari 
tomonidan qishloq xo‗jaligi subyektlari, fermerlarga berilgan kreditlar 
bo‗yicha o‗rtacha foiz stavkalar yillik 8 foizni tashkil etgan. Qishloq 
xo‗jaligi subyektlari faoliyatiga inqirozning salbiy oqibatlarini 
yumshatish maqsadida tijorat banklari Federal rezerv tizimidan pul 
mablag‗larini iqtisodiyotga yo‗naltirish sharti bilan foizsiz qarzlar olib, 
ularning aksariyat qismini fermer xo‗jaliklari faoliyatini qo‗llab-
quvvatlashga yo‗naltirdi. Shu bois, 2011-yildan boshlab kreditlar 
bo‗yicha foiz stavkalari 4 foizni tashkil qilmoqda.
AQShda 1916-yildan boshlab qishloq xo‗jaligini kreditlashni 
muvofiqlashtirish masalalariga davlat siyosatining bir qismi sifatida 
e‘tibor berila boshlangan. Shu vaqtdan boshlab AQSh Kongressi 
fermerlarni kreditlar tizimining asosi bo‗lgan federal yerlar banklari 
tizimi (Federal Land Banks - FLBs)ni tashkil etgan.1923-yildan boshlab 
o‗rta muddatli kreditlash bo‗yicha federal banklar tashkil etilgan.1933-
yilda qishloq xo‗jaligi kooperativlarini kreditlash sohasida banklar 
tashkil etilgan. 
Qishloq xo‗jalik sohasiga davlatning aralashuvi past foizlarda 
kreditlar berish yoki fermerlar faoliyatini rivojlantirishga grantlar 
ajratishda namoyon bo‗lgan. AQSh Qishloq xo‗jaligi vazirligi tarkibida 
tashkil etilgan Fermerlar faoliyati bo‗yicha ma‘muriyat (FFM) va Tovar-
kredit kooperatsiyasi qishloq xo‗jaligiga kreditlar ajratuvchi nobank 
tashkilot bo‗lib, kredit olish imkoniyatiga ega bo‗lmagan, faoliyatini 
endi boshlagan, moliyaviy ahvoli nobarqaror bo‗lgan fermerlarga 
kreditlar berish bilan shug‗ullanadi. Fermerlar faoliyatini rivojlantirish 
uchun maqsadli dasturlarga kongress har yili fermerlar oladigan
kreditlarning 8-10 foizi miqdorida resurslar ajratadi. Kreditlar 
fermerlarni rivojlantirish dasturlari ijrosini ta‘minlashga, ko‗p bolali 
oilalarni qo‗llab-quvvatlashga, qishloq joylarida uy-joylar qurishga, 
fermerlarning ba‘zi majburiyatlarini to‗lashga yo‗naltiriladi. 
485
kreditlanayotgan investitsiya loyihalarining yo‗nalishidan kelib chiqqan 
holda quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 
- dehqon va fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, shu 
jumladan, qishloq xo‗jaligi texnikasini sotib olish, fermerlik 
inshootlarini qurish, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish uchun 
yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lmagan dehqon xo‗jaliklariga eng kam 
oylik ish haqining 200 baravariga va yuridik shaxs maqomiga ega 
dehqon va fermer xo‗jaliklariga eng kam oylik ish haqining 1000 
baravarigacha 
miqdorida, Markaziy 
bankning 
amaldagi 
qayta 
moliyalash stavkasining 1/3 qismi (bugungi kunda yillik 4,67 foiz) bilan 
3 yilgacha bo‗lgan muddatga; 
- mahsulotlar ishlab chiqarish, xomashyo va materiallarni tubdan 
qayta ishlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini 
tashkil etish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga eng kam oylik ish 
haqining 200 baravaridan hamda mikrofirma va kichik korxonalarga eng 
kam oylik ish haqining 1000 baravari miqdorida, qayta moliyalash 
stavkasining 40 foizi (bugungi kunda yillik 5,6 foiz) bilan 3 yilgacha 
bo‗lgan muddatga; 
- xizmatlar ko‗rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun yakka 
tartibdagi tadbirkorlarga, jumladan, aholiga maishiy, tibbiy, sayyohlik-
ekskursiya va mehmonxona xizmati ko‗rsatish, avtomobillar va boshqa 
texnika ta‘miri bo‗yicha xizmat ko‗rsatish, transport xizmati ko‗rsatishni 
rivojlantirish uchun eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan, 
mikrofirma va kichik korxonalarga eng kam oylik ish haqining 1000 
baravaridan ko‗p bo‗lmagan miqdorda, Markaziy bankning amaldagi 
qayta moliyalash stavkasining 45 foizi, 3 yilgacha bo‗lgan muddatga 
ajratiladi. 
- byudjetdan tashqari jamg‗armalar kredit liniyalari hisobidan 
berilayotgan ushbu mikrokreditlar bo‗yicha bank marjasi imtiyozli foiz 
stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. 
- yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lmagan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar va dehqon xo‗jaliklariga eng kam ish haqining 200 
baravaridan ko‗p bo‗lmagan miqdorda beriladigan mikrokredit umumiy 
summasining 50 foizini naqd pul bilan 1,5 yil (18 oy) muddatga berishga 
ruxsat etiladi. 
- yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lgan dehqon xo‗jaliklari va 
fermer xo‗jaliklariga qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va 


486
rivojlantirish uchun eng kam ish haqining 1000 baravari miqdorigacha 
milliy valyutada ajratilgan mikrokredit umumiy summasining 50 foizini 
naqd pul bilan 1,5 yil (18 oy) muddatga faqat chorva mollari, parranda, 
ko‗chat, urug‗lik va yem-xashakni aholidan sotib olish uchun berilishiga 
ruxsat etiladi. Naqd pul bilan berilgan mikrokreditlarni qaytarish va 
ularning naqd pulda berilgan qismiga hisoblangan foizlar to‗lovi faqat 
naqd pulda amalga oshiriladi. 
- bunda sanoat yo‗li bilan qayta ishlash asosida tayyorlangan chorva 
ozuqalarini sotib olish uchun mikrokredit hisobidan naqd pul berilishiga 
yo‗l qo‗yilmaydi. 
- kichik biznesning boshqa subyektlariga mikrokreditlar naqd pulsiz 
shaklda beriladi. 
Imtiyozli kreditlash jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan dehqon va 
fermer xo‗jaliklarini Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash 
stavkasining 50 foizidan (yillik 7 foiz) yuqori bo‗lmagan foiz stavkasi 
bilan: 
- xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa 
ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‗lgan aylanma 
mablag‗larni to‗ldirishga 1 yil muddatgacha; 
- qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma 
mablag‗larni to‗ldirishga kamida 2 yil muddatga; 
- investitsiya loyihalarini mablag‗ bilan ta‘minlash uchun 5 yil 
muddatga ajratiladi. 
Kredit ta‘minlanganlik sharti asosida - mol-mulk yoki qimmatli 
qog‗ozlar garovi, bank yoki sug‗urta tashkilotining kafolati, uchinchi 
shaxslar kafilligi, qarz oluvchining kreditni so‗ndirmasligi xavfi 
sug‗urtalangani to‗g‗risida sug‗urta kompaniyasining sug‗urta polisi va 
boshqa qonunchilik hujjatlarida ko‗zda tutilgan ta‘minot turlari garovi 
ostida beriladi. 
Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar qaytarilishini 
ta‘minlash sifatida kredit shartnomasi bo‗yicha sotib olinadigan mini-
texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar ular qiymatining 80 foizi 
miqdorida garov uchun qabul qilinishi mumkin. Imtiyozli kreditning 
mini-texnologiyalar 
va 
ixcham 
asbob-uskunalar 
garovi 
bilan 
qoplanmagan qismi uchun qarz oluvchi ta‘minlashning yuqorida 
keltirilgan turlaridan foydalanishi mumkin.
491
to‗g‗ri va maqsadli ishlatilishi ustidan fermer xo‗jaliklariga borib, 
ko‗zdan kechirish orqali nazorat olib boradilar. Banklar tomonidan 
fermerlar, ayniqsa, yangi faoliyat boshlayotgan fermerlar uchun o‗quvlar 
maslahat xizmatlari tashkil etiladi. AQShda qishloq xo‗jaligini 
kreditlashga jamiyat rivojlanishiga hissa qo‗shish tariqasida qaraladi, 
chunki agrobiznesning rivojlanishi kichik shahar va hududlar 
infratuzilmasining rivojlanishiga, agrofirmalar, qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning paydo bo‗lishiga olib 
keladi. AQShda banklar tomonidan qishloq xo‗jaligi subyektlariga 
berilgan kreditlar bo‗yicha muddati o‗tgan kreditlar salmog‗i 0,5 foizni 
tashkil qiladi. 
Amerika banklaridan kredit olish uchun fermer bankka quyidagi 
hujjatlarni topshirishi lozim: 
-
federal soliqni to‗laganligini tasdiqlovchi hujjat va biznes reja; 
-
sotib olinayotgan texnika yoki mulk bo‗yicha boshlang‗ich badal. 
Boshlang‗ich badal miqdori olinayotgan kredit summasi va maqsadiga 
bog‗liq (masalan, ko‗chmas mulk uchun 20 %, qora mollar uchun 25 % 
ni tashkil etadi) ; 
-
kredit tarixi; 
-
daromadlari to‗g‗risida deklaratsiya; 
-
ta‘minotning mavjudligi v.b. 
-
taqdim qilingan hujjatlar asosida banklar mijozlarning moliyaviy 
holatini, ularning kreditga va to‗lovga layoqatliligini tekshirib chiq-
qandan keyin mijoz bilan kredit shartnomasi imzolanadi. 
AQSh shtatlari va okruglarida banklar va ularning assotsiatsiyalari
oborotdagi bo‗sh mablag‗larni 3-5 foiz stavkada jalb qilib, 6-9 foiz bilan
kreditlashga yo‗naltiradi. AQSh va boshqa rivojlangan davlatlarda kredit 
tashkilotlari qishloq xo‗jaligi sohasiga o‗zgarmas va o‗zgaruvchan foiz 
stavkalarda, o‗zgaruvchan foiz stavka o‗zgarmas muddat bo‗yicha yoki 
aralash foiz stavka (o‗zgaruvchan va o‗zgarmas)da kreditlar ajratadi. 
Kreditlarni o‗zgarmas foiz stavkalarida taqdim etganda, kredit bo‗yicha 
foiz stavkalariga inflyatsiya darajasi va boshqa omillar ta‘sir 
ko‗rsatmaydi. O‗zgaruvchan foiz stavkada beriladigan kreditlar bo‗yicha 
foiz stavkasi moliya bozorining holatidan kelib chiqib o‗zgarishi 
mumkin. Odatda, uzoq muddatli kreditlar bo‗yicha o‗zgaruvchan foiz 
stavkalar o‗rnatiladi. Kredit va uning foiziga oid munosabatlar qishloq 
xo‗jaligi korxonasi va kredit tashkiloti o‗rtasida tuzilgan shartnomada 
aks ettiriladi. 


490
asosan mikrokredit shartnomada ko‗rsatilgan summada pul o‗tkazish 
yo‗li bilan yoki naqd pul berish yo‗li bilan amalga oshiriladi. 
Shaxsiy yordamchi xo‗jaligi yurituvchi jismoniy shaxs tomonidan 
mikrokreditlar va ularga hisoblangan foizlar bank kassasiga naqd pul 
topshirish yoki qarz oluvchining omonat hisob varag‗idan pul o‗tkazib 
berish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Dehqon xo‗jaligi mikrokreditning naqd pulda olingan qismi va unga 
hisoblangan foizlar to‗lovini bank kassasiga naqd pul topshirish yo‗li 
bilan amalga oshiradi. Tijorat banklari tomonidan qarz oluvchining 
mikrokreditdan 
samarali 
hamda 
maqsadli 
foydalanayotganligi 
monitoring qilib boriladi. Agarda farz oluvchi tomonidan olingan 
mikrokreditlar maqsadsiz ishlatilgan yoki shartnoma shartlaridan chetga 
chiqishlar aniqlansa bank tomonidan maqsadsiz ishlatilgan kredit 
summasi va u bo‗yicha foizlar muddatidan oldin undirib olinadi. Bunda, 
birinchi navbatda, mikrokreditdan foydalanganlik uchun foizlar 
undiriladi. Qarz oluvchi mikrokredit va unga hisoblangan foizlarni 
kredit shartnomasida belgilangan muddatda qaytarmagan taqdirda bank 
undiruvni ta‘minotga qaratadi va belgilangan tartibda kreditni undirib 
oladi. 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish