472
Mijozning barcha hujjatlari bank tomonidan qo‗yilgan talablarga
javob bersa bank mijoz o‗rtasida kredit shartnomasi imzolanadi va
mijozga kredit ajratiladi.
Tijorat banklari tomonidan dastlabki sarmoyani shakllantirish
uchun beriladigan mikrokreditlar miqdori eng kam oylik ish haqining
300 barabarigacha miqdorda beriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga dastlabki
sarmoyani shakllantirish uchun beriladigan mikrokreditlar:
• xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda ishlab
chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‗lgan aylanma
mablag‗larni to‗ldirishga, shuningdek, savdo faoliyatini amalga oshirish
uchun aylanma mablag‗larni to‗ldirishga 12 oy (1 yil) gacha; (aylanma
mablag‗larini to‗ldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga berilgan
mikrokreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini
uzaytirishni hisobga olgan holda 12 oydan oshishi mumkin emas);
• asosiy vositalar xarid qilish va qarz oluvchi o‗z faoliyatida
kelgusida foydalanish maqsadida qilayotgan qurilishni moliyalashtirish
uchun 3 yilgacha.
Kreditning ta‘minoti sifatida mol-mulk yoki qimmatli qog‗ozlar
garovi, uchinchi shaxslar kafilliklari va boshqa qonunchilikda
ta‘qiqlanmagan ta‘minot turlari qabul qilinishi mumkin.
Kasb-hunar kollejlari
bitiruvchilariga
dastlabki
sarmoyani
shakllantirishga mikrokreditlar
O‗zbekiston Respublikasi rezidenti
hisoblanib,
O‗zbekiston
Respublikasi
ta‘lim
muassasalarini
tamomlaganiga 1 yildan oshmagan, respublika hududida xususiy
tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‗yxatidan o‗tganiga 6 oydan
oshmagan, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari o‗z biznesini boshlash
uchun yetarli mablag‗ga ega bo‗lmagan holda ularga dastlabki
sarmoyani shakllantirish uchun tijorat banklari mikrokreditlar ajratishi
mumkin.
Kasb-hunar
kollejlari
bitiruvchilari
dastlabki
sarmoyani
shakllantirishga mikrokredit olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim
etishadi:
• kredit maqsadi, muddati, ta‘minoti aniq ko‗rsatilgan ariza;
• faoliyat turini tasdiqlovchi hujjatlar;
• tegishli ta‘lim muassasasining ijobiy tavsifnomasi;
• kredit oluvchining yashash joyidan ijobiy tavsifnomasi;
• pul oqimining tahlili ko‗rsatilgan biznes-reja;
473
• kreditga layoqatlilik darajasini aniqlash uchun boshqa zaruriy
hujjatlar;
• garov ta‘minoti hujjatlari;
• boshqa hujjatlar.
Kasb-hunar
kollejlari
bitiruvchilariga
dastlabki
sarmoyani
shakllantirish uchun eng kam oylik ish haqining 150 barobarigacha
bo‗lgan miqdorda mikrokreditlar beriladi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga berilgan mikrokreditlar:
• xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda ishlab
chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‗lgan aylanma
mablag‗larni to‗ldirishga, shuningdek, savdo faoliyatini amalga oshirish
uchun aylanma mablag‗larni to‗ldirishga 12 oy (1 yil)gacha; (aylanma
mablag‗larini to‗ldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga berilgan
mikrokreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini
uzaytirishni hisobga olgan holda 12 oydan oshishi mumkin emas);
• asosiy vositalar xarid qilish va qarz oluvchi o‗z faoliyatida
kelgusida foydalanish maqsadida qilayotgan qurilishni moliyalashtirish
uchun 3 yilgacha berilishi mumkin.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga berilgan mikrokreditlar
bo‗yicha ta‘minot turlari ancha soddalashtirilgan. Kredit boshqa
turlaridagi kabi bu kredit turida ham an‘anaviy ta‘minot turlari mol-
mulk yoki qimmatli qog‗ozlar garovi, uchinchi shaxslar kafilliklari va
boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan ta‘minot turlari qabul qilinishi
mumkin. Shuningdek, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari olgan bank
kreditlari bo‗yicha muqim ish bilan band bo‗lgan va ish haqi shaklida
doimiy daromadga ega bo‗lgan ularning ota-onalari, qarindosh-urug‗lari
yoki boshqa jismoniy shaxslarning kafilligi ham kreditning ta‘minoti
sifatida qabul qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: