Yosh oilalarga ipoteka kreditlari berish me‟yorlari Uy-joy qiymatidan kelib chiqib to„langan boshlang„ich badal -% Bankning yillik foiz stavkasi - % Ipoteka kreditining muddati - yillarda Eng kam miqdori 25%
9%
15 yilgacha
Yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari bo‗yicha uch yillik (36
oy) imtiyozli davr belgilanadi. Ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi
bankka standart hujjatlar paketini, kreditlash maqsadiga bog‗liq ravishda
kreditlanayotgan ko‗chmas mulk obyekti bo‗yicha hujjatlar, nikoh va
bolalari to‗g‗risida guvohnomalar va boshqa zarur hujjatlarni taqdim
etishi lozim. Bank zarur hollarda boshqa hujjatlarni talab qilib olishi
mumkin.
Yosh oila a‘zolari (er yoki xotin)ning ish beruvchisi bo‗lgan yuridik
shaxslar yosh oila tomonidan olinadigan uy-joy qurish, rekonstruktsiya
qilish va sotib olishga ipoteka krediti uchun dastlabki badalni bankka
o‗tkazib berishi mumkin. Bunda, badal summasi yosh oila a‘zosi (eri
yoki xotini)ning qaysi biri nomiga ipoteka krediti rasmiylashtiriladigan
bo‗lsa, uning nomiga bankda ochilgan jamg‗arma omonat hisob
varag‗iga ish beruvchi tomonidan o‗tkaziladi.
Yosh oilalarga mikrokredit va iste‟mol kreditlarini berish va qaytarish tartibi Yosh oilalarning iqtisodiy tashabbuslari va tadbirkorlik faoliyatini
qo‗llab-quvvatlash maqsadida ularga mikrokreditlar beriladi. Tijorat
banklari tomonidan yosh oilalarga mikrokreditlarning berilishi,
455
qilinishi mumkin. Ipoteka krediti miqdori, muddati va undan
foydalanganlik uchun foiz stavkasi kredit resurslari manbayiga bog‗liq
holda belgilanadi va kredit milliy valyutada, 5 yildan 15 yilgacha
muddatga beriladi.
Bank tomonidan o‗z mablag‗lari va jalb etilgan mablag‗lari
hisobidan aholiga beriladigan ipoteka krediti miqdori:
-
uy qurilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik
ish haqining 2500 baravarigachani;
-
uy sotib olish va ko‗p xonadonli uydagi xonadonni sotib olish
uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2000
baravarigachani;
-
uyni rekonstruktsiya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan
eng kam oylik ish haqining 1500 baravarigachani tashkil etadi.
Aholiga beriladigan ipoteka kreditlari bo‗yicha bank bir yil
muddatga kreditlashning imtiyozli davrini belgilashi mumkin. Imtiyozli
davr o‗rnatilgan holda berilgan kreditlar bo‗yicha asosiy qarzni to‗lash
imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi. Imtiyozli davr
kredit bo‗yicha foizlar hisoblash va undirishga tatbiq etilmaydi. Ipoteka
kreditidan foydalanganlik uchun foizlar tijorat banklarining resurslari
qiymatidan kelib chiqib mustaqil o‗rnatiladi va u banklarning kredit
siyosatidan kelib chiqib turlicha bo‗lishi mumkin. O‗rtacha olganda
ipoteka krediti bo‗yicha bank tomonidan yiliga 12-16 foizdan 20
foizgacha miqdorda, ba‘zi mijozlar uchun bank kredit qo‗mitasi qarori
asosida O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta
moliyalash stavkasidan kam bo‗lmagan miqdorda foizlar belgilanishi
mumkin.