Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering
Kichik biznes
Xususiy tadbirkorlik
Mikrokreditlar
Mikroqarzlar
Dastlabki sarmoya
Boshlang‗ich kapital
Oilaviy tadbirkorlik
Mikrolizing
Fermer, dehqon xo‗jaligi
LIBOR stavka
O„z bilimini tekshirish bo„yicha savollar
- Kasb-hunar kolleji bitiruvchilariga kredit berish tartibini
tushuntiring.
- Kichik biznesni kreditlashning xususiyatlari qanday?
- Xususiy tadbirkorlikni kreditlashning qanday xususiyatlari bor?
- Imtiyoli kreditlash jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan kimlarga
kreditlar beriladi?
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlashni tashkil qilish
asoslarini keltiring?
- Budjetdan tashqari jamg‗armalarning kredit liniyalari hisobidan
kreditlash qanday amalga oshiriladi?
- Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga dastlabki sarmoyani
shakllantirishga mikrokreditlar
berish tartibi qanday?
465
Shu o‗rinda ta‘kidlash kerakki, bizning respublikamizda ham kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga katta e‘tibor
berilib, ayniqsa, kreditlash orqali ular faoliyatini moliyaviy jihatdan
qo‗llash davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo‗nalishlaridan biri
sifatida belgilab olinib, bu sohada katta ustivorlik berilmoqda. Bu
borada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmini
oshirish, kreditlash shartlarini soddalashtirish, ularga bank xizmatlaridan
foydalanish sohasida qo‗shimcha imtiyoz va qulayliklar yaratish
bo‗yicha chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Kredit resurslaridan, asbob-uskuna va materiallardan, o‗z
mahsulotini
sotish
bozorlaridan
foydalanish
imkoniyatlarini
kengaytirish, yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarga moliyaviy yordamni
kuchaytirish, kichik biznes va tadbirkorlarni kreditlash, ularga
mikrokreditlar ajratishning yaxlit tizimini yaratish borasida oxirgi
yillarda qator me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Bu sa‘y-harakatlarning samarasi o‗zining natijalarini bermoqda.
2014-yilda mamlakatda yaratilgan yalpi ichki maxsulotining 56 foizi,
sanoat mahsulotining 31,1 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlari hissasiga to‗g‗ri keladi. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasiga 2011-yilda 2010-yilga nisbatan berilgan kreditlar
miqdori 1,5 barobarga oshirilib 4,0 trln so‗mga yetkazilgan bo‗lsa, 2012-
yilda 5,3 trln so‗m, 2013-yilda qariyib 7,0 trln so‗m, 2014-yilda 9,2 trln.
so‗m miqdoridagi kreditlar kichik biznes sohasiga yo‗naltirilgan. Joriy
yilning 9 oyi ichida kichik biznesni rivojlantirish uchun ajratilgan
kreditlar hajmi 2014-yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‗payib,
2015-yilning 1-oktyabr holatiga ko‗ra 9,6 trln so‗mni tashkil etgani
mazkur sohaning jadal rivojlanishiga imkon yaratmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kredit olish
jarayonlari ancha soddalashtirildi va banklar tomonidan talab
qilinadigan hujjatlar soni qisqartirildi. Bugungi kunda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik subyektlari kredit olish uchun bankka quyidagi
hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:
- kredit olish haqida ariza (kredit buyurtmasi);
- pul oqimini ko‗rsatuvchi biznes-reja;
- oxirgi hisobot sanasiga davlat soliq xizmati mahalliy idorasi
tasdiqlagan buxgalteriya balansi;
- ta‘minotning biror-bir turi bo‗yicha hujjatlar;
- fuqarolarni o‗zini-o‗zi boshqarish organlaridan ko‗rsatilgan
faoliyat
turi
bilan
shug‗ullanayotganligini
yoki
shug‗ullanish
466
imkoniyatiga ega ekanligini tasdiqlovchi ma‘lumotnomani taqdim
qiladilar. Faoliyatini endi boshlayotgan subyektlardan buxgalteriya
balansi talab etilmaydi.
Mijozning kredit olish bo‗yicha bankka taqdim qilgan hujjatlarini
ko‗rib
chiqish
muddati
bugungi
kunda
3
bank
kunigacha
qisqartirilganligi bois, bank shu muddat ichida mijozning hujjatlarini
ko‗rib chiqib mijozga kredit berish yoki bermasligi to‗g‗risida xabar
berishi lozim. Kredit berish rad qilinganda bank mijozga rad qilish
sabablarini ko‗rsatgan holda yozma raddiya bildirishi lozim bo‗ladi.
Mijozning kredit hujjatlari va moliyaviy holati bank talablariga javob
bersa, bank tomonidan kredit berish bo‗yicha ijobiy qaror qabul qilinadi
hamda mijoz va bank o‗rtasida kredit shartnomasi imzolanadi. Bank va
mijoz o‗rtasida kredit shartnomasi imzolanlandan keyin, bank mijozga
kredit berish to‗g‗risida qaror qabul qiladi va qarz oluvchini kreditlash
bo‗yicha alohida ssuda hisob varag‗i ochiladi. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlariga kredit shu hisob varag‗idan qarz oluvchining
to‗lov topshiriqnomasiga binoan tovar–moddiy boyliklar, xizmatlar va
boshqa kredit obyektlari bo‗yicha talablarni to‗lash uchun naqd pulsiz
o‗tkazish yo‗li bilan beriladi. Kreditlar maqsadlilik, muddatlilik,
to‗lovlilik, ta‘minlanganlik va qaytarishlik tamoyillari asosida beriladi.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlarini milliy
valyutada kreditlashda kichik biznes subyektlariga oborot mablag‗larini
to‗ldirish uchun kreditlar 1 yilgacha muddat bilan beriladi, kichik
biznesning barcha subyektlariga investitsiya loyihalarini moliyalash
uchun kreditlar to‗lash muddatini uzaytirish huquqisiz 5 yilgacha
muddatga berilishi bo‗yicha me‘yor, bugungi kunda bekor qilinib
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish muddati tijorat banklarining
kengashi tomonidan tasdiqlanadigan ―Bankning kredit siyosati‖da aks
ettiriladigan bo‗ldi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga ularni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish
uchun beriladigan guvohnomada ko‗rsatilgan faoliyat turi uchun 1000
minimal ish haqidan oshmagan miqdorda mikrokredit ajratilishi
mumkin.
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‗lgan kichik biznes va tadbirkorlik
subyektlariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‗armasi mablag‗lari
hisobidan mikrokreditlar ajratilishi mumkin. Imtiyozli kredit berish
jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan kreditlar berish muddatlari kredit
berilayotgan tadbirning o‗zini qoplashiga bog‗liq bo‗ladi, chunonchi,
xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab
479
• investitsiya loyihasini moliyalashtirishda tijorat bankining o‗z
ishtiroki ulushi (kreditni qayta moliyalashtirish hisobisiz) uning
qiymatining kamida 25 foizini tashkil etishi kerak;
• investitsiya loyihasi tarmoq yoki mintaqa tasdiqlangani
modernizatsiya qilish|rivojlantirish dasturiga kiritilgan bo‗lishi kerak;
• foiz stavkasi = 6 oylik Libor + 1% jamg‗arma marjasi + Tijorat
bankning marjasi;
• loyihaning qoplanuvchanligi = ko‗pi bilan 7 yil;
• kreditlash muddati mobaynida loyihaning rentabelligi ichki
normasi kamida yillik 8 foiz;
• loyiha bo‗yicha qarzga xizmat ko‗rsatish koeffitsiyenti = ishlab
chiqarish faoliyatining ikkinchi yilidan boshlab kamida 1,5 yil;
• talab qilinadigan ta‘minot = Kredit summasining 125 % i
miqdorida ko‗char yoki ko‗chmas mulk shaklidagi garov, banklar va
sug‗urta kompaniyalari kafolati.
Loyihalarni ko‗rib chiqish uchun quyidagi hujjatlari taqdim etilishi
zarur:
• loyihaning texnik iqtisodiy asoslanmasi (biznes-reja);
• asbob-uskunani sotib olish shartnomalari;
• moliyaviy hisobotlar;
• garov ta‘minoti hujjatlari;
• ta‘sis hujjatlari;
• kompleks ekspertiza o‗tkazish uchun zarur bo‗lgan boshqa
hujjatlar.
Ish haqi uchun kredit ajratish:
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lgan, bank hisob varag‗ida ish haqi
to‗lash uchun ma‘lum muddatga mablag‗larga ega bo‗lmagan, ammo
kredit beriladigan davr mobaynida aniq pul tushumi manbalariga ega
bo‗lgan, bank mijozlariga 60 kun muddatda qaytarish sharti bilan ish
haqi uchun naqd pulda kredit ajratilishi mumkin. Ish haqi uchun
ajratilgan kredit belgilangan tartibda 30 kungacha uzaytirilishi mumkin.
Bu turdagi kreditni olishi uchun mijoz bankdan oldin olgan kreditlari
bo‗yicha
shartnoma
shartlarini
buzmagan,
kreditlar
bo‗yicha
qarzdorlikka ega bo‗lmagan bo‗lishi lozim. Mijozning ish haqi uchun
avval berilgan va so‗ndirilmagan kreditlari bundan mustasno, chunki
shartnoma bo‗yicha mijozning kreditni so‗ndirish muddati tugamagan
holda unda kreditga ehtiyoj yuzaga kelishi mumkin. Mijoz ish haqiga
kredit olish uchun bankka odatdagi standart hujjatlarni taqdim qilishi
lozim. Ish haqi uchun kreditlar miqdori mijoz tomonidan o‗z ishchilariga
478
uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 45
foizi miqdorigacha.
Kredit muddati:
• Dehqon va fermer xo‗jaliklariga qishloq xo‗jaligi ishlab
chiqarishini tashkil etishga beriladigan mikrokreditlar, qoida tariqasida 2
yildan kam bo‗lmagan muddatga beriladi.
• Budjetdan tashqari jamg‗armalar kredit liniyalari hisobidan
beriladigan boshqa barcha mikrokreditlar 3 yilgacha bo‗lgan muddatga
beriladi.
Dehqon va fermer xo‗jaliklari va kichik biznes subyektlari
kreditning ta‘minoti sifatida mol-mulk yoki qimmatli qog‗ozlar garovi,
uchinchi shaxslar kafilliklari va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan
ta‘minot turlarini garov sifatida rasmiylashtirishga taqdim qilishi
mumkin.
Mikrokreditlarni quyidagi maqsadlarga ajratish man etiladi:
a) ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni
qaytarishga;
b) tamaki va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarishga;
d)
savdo-vositachi
korxonalar
aylanma
mablag‗larini
shakllantirishga;
e) savdo obyektlarini qurishni moliyalashga, aholiga har xil o‗yinlar
ko‗rinishidagi xizmatlarni ko‗rsatish va ular uchun uskunalar sotib
olishga;
f) ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy
mulkni sotib olishga;
g) ma‘muriy xarajatlarni to‗lashga, shu jumladan, xizmat
avtomobillari ta‘minotiga.
O‗zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi
mablag‗lari
hisobidan ochiladigan
kredit
liniyalar mablag‗lari
zamonaviy xorijiy texnologiyalar va asbob-uskunalar sotib olish uchun
eksportga mo‗ljallangan va import o‗rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni
tashkil etishga yo‗naltiriladi.
Jamg‗armaning mablag‗lari hisobidan qarz oluvchilarga xorijiy
valyutada 7 yilgacha bo‗lgan muddatga kreditlar berilishi mumkin.
Buning uchun:
• investitsiya loyihasini moliyalashtirishda qarz oluvchining ulushi
o‗z mablag‗lari hisobiga investitsiya loyihasi qiymatining kamida 25
foizini tashkil etishi kerak;
467
chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‗lgan aylanma
mablag‗larni to‗ldirishga kreditlar kichik biznes va tadbirkorlik
subyektlariga, qoidaga ko‗ra, 1 yil muddatgacha beriladi, investitsiya
loyihalarini mablag‗ bilan ta‘minlash uchun kreditlar kichik biznes va
tadbirkorlikning barcha subyektlariga, bankning kredit siyosatidan kelib
chiqib 5 yil muddatga berilishi mumkin. Jamg‗arma mablag‗lari
hisobidan kreditlarning avval olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday
qarzlarni uzishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalanilmaydigan
shaxsiy mol-mulk sotib olishga berilishi mumkin emas.
Jamg‗arma
mablag‗lari
hisobidan
berilgan
kreditlardan
foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori O‗zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining qayta moliyalash bo‗yicha kredit berilgan kundagi
belgilangan stavkasining 50 foizidan ortiq bo‗lmagan miqdorda
belgilanadi.
Kreditlar mijozning asosiy talab qilib olinadigan depozit hisob
raqami bankda mavjud bo‗lgan taqdirda beriladi. Bank o‗zi bilan doimiy
aloqaga, bank hisob varag‗ida doimiy pul oqimiga, yaxshi nufuzga va
yaxshi kredit tarixiga ega bo‗lgan qarz oluvchilarga, blankli (ishonchli)
kreditlar berishi mumkin. Bugungi kunda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlarini kreditlashda kreditning umumiy summasida
qarz oluvchining garov ta‘minotini rasmiylashtirish bilan bog‗liq
xarajatlarini hisobga olish huquqi berildi.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarining faoliyatini kreditlash uchun 2014-yil davomida barcha
moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlar hajmi 2013-yilga
nisbatan 1,3 barobarga oshib, 2015-yilning boshiga qariyb 9,2 trln
so‗mni tashkil etgan bo‗lsa, bu ko‗rsatkich 2015-yilning 9 oyida 9,6 trln
so‗mga teng bo‗lganini ko‗rishimiz mumkin.
Tijorat banklari ajratgan kreditlarining maqsadli ishlatilishini
doimiy monitoring qilib boradi. Monitoring jarayonida mijozning
xo‗jalik-moliyaviy
faoliyati,
uning
tuzilgan
shartnomalarga
(buyurtmanomalarga) muvofiq mahsulot yetkazib berish majbu-
riyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish, noishlab chiqarish xarajatlari va
yo‗qotishlar, muomala chiqishlari, foyda hajmlari, o‗z aylanma
mablag‗lari mavjud bo‗lishi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar
zaxiralari ahvoli, aylanma mablag‗larning muomalada bo‗lishi tahlil
qilinadi. Bank, qarz oluvchining kredit ishidagi ko‗rsatkichlarni
turkumlagan holda, uning kreditga layoqatliligini doimiy o‗rganib
boradi. Bankka berilgan ta‘minotning holati, kreditdan kredit
468
shartnomasida qayd etilgan shartlarda samarali va maqsadli
foydalanilishi joyida ham o‗rganilishi mumkin. Mijoz tomonidan kredit
va u bo‗yicha foizlarni to‗lashda kamchiliklarga yo‗l qo‗yilsa, bank
tomonidan ularni bartaraf qilish choralari ko‗riladi.
22-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |