Germaniyaning xalqaro ahvoli. Ichki siyosiy tarqoqlik XVII
asrning ikkinchi yarmida Germaniyani Yevropaning kuchli
davlatlari qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylantirib qo‘ydi. Bu davrda
Shvetsiya, Fransiya va Turkiya Germaniyaga dushmanlik
kayfiyati bilan qarovchi davlatlar edi. Fransiya oxir-oqibatda
Strasburg va Reyn daryosining chap qirg‘oq yerlariga ega
bo‘lib oldi.
1683-yilda Germaniya knyazliklari Turkiya bosqiniga qar-
shi kurashish uchun tarixda birinchi marta yakdil qaror qabul
qildilar va milliy ozodlik qo‘shinini tuzdilar. Shu yili Vena
ostonalarida usmoniylarning qo‘shini tor-m or keltirildi. Ger
maniyaning bu g‘alabasi Markaziy Yevropani usmoniylar bos-
qinidan saqlab qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |