Siyosiy tuzum. G erm aniya rasm an yagona im periya
hisoblanar, uni nomiga b o ‘lsa-da, imperator boshqarardi.
Aslida esa uning birligi faqat qog‘ozda edi. 1806-yilgacha
«Muqaddas Rim imperiyasi» deb atalgan bu imperiyada hatto
yagona fuqarolik ham yo‘q edi. Aholi imperiyaning emas,
balki knyazliklarning fuqarolari edi.
Gabsburglar sulolasidan b o ‘lgan Germaniya imperatori
o‘zining Avstriyadagi yerlaridan tashqarida hech qanday real
hokimiyatga ega emasdi. Imperiya Reyxstagi esa amalda
barcha knyazliklarga majburiy bo‘lgan yakuniy qarorlar qabul
qila olmasdi.
Qabul qilgan taqdirda ham u amalda bajarilmasdi. Bunday
sharoitda har bir knyazlik nafaqat ichki ishlarda, balki tashqi
siyosatda ham mustaqillikka intilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |