Jahon tarixi


partiyaga tegishli edi). Leyboristlar 62 o‘ringa ega bo‘lgan bo‘lsalarda, 1910-



Download 6,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/47
Sana11.08.2021
Hajmi6,91 Mb.
#145405
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
M.Lafasov. Jahon tarixi 1918-2008


partiyaga tegishli edi). Leyboristlar 62 o‘ringa ega bo‘lgan bo‘lsalarda, 1910-
yildagi saylovga nisbatan 5 baravar ko‘p (2,5 mln) ovoz oldilar. Shu tariqa
bu partiya borgan sari Liberal  partiyani siyosiy kurash maydonidan siqib
chiqara boradi.
Lloyd-Jorj yana bosh vazir lavozimini egalladi va 1922-yilgacha
hukumatni boshqardi. Bu davr ichida koalitsion hukumat ham ichki, ham
tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklarga uchradi. Hukumat saylovchilarga
bergan va’dasi ustidan chiqa olmadi. Natijada, birinchi navbatda ishchi-
larning kuchli zabastovka harakatlari boshlandi. 1919-yilda bu harakatda
2,5 mln dan ortiq ishchilar qatnashdilar.
Ishchilar 40 soatlik ish haftasi joriy etilishini, ish haqi kamaytirilmasli-
gini talab etdilar. Ayniqsa, konchi ishchilar harakati to‘lqini kuchli bo‘ldi.
Ular ish haqini 30 foiz oshirishni, 6 soatlik ish kuni belgilanishini talab eta
boshladilar.
Shunday sharoitda hukumat ishchilar harakati to‘lqinini yo‘qqa chiqarish
yo‘lini tutdi. 1920-yil oktabr oyida mamlakat parlamenti hukumatga ishchilar
harakatini bostirish uchun favqulodda vakolatlar berdi. Konchilar talabini
qondirishni istamagan kon egalari 1921-yil 1-aprelda lokaut e’lon qildilar.
Hukumat esa favqulodda holat e’lon qildi va ko‘mir konlariga armiya
qismlarini jo‘natdi.
Temir yo‘l va transport ishchilari ularga birdamlik ramzi sifatida
zabastovka boshladilar. Biroq hukumat ishchilar harakatini bostirishga
muvaffaq bo‘ldi.
Yuqorida qayd etilgandek, Lloyd-Jorj hukumati tashqi siyosatda ham
qator muvaffaqiyatsizliklarga uchradi. Milliy-ozodlik harakati Buyuk
Britaniya mustamlakachilik imperiyasini larzaga sola boshladi. Chunonchi,
1919-yilda Hindistonda mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1919—1921-


58
yillarda Misrda mustamlakachilikka qarshi qo‘zg‘alon bo‘lib o‘tdi. 1919-
yilda Afg‘onistonda Buyuk Britaniyaga qarshi mustaqillik urushi boshlandi.
Buyuk Britaniya hukmron doiralari mustamlakachi imperiyani halokatdan
saqlab qolish uchun qator yon berishlarga majbur bo‘ldi. Xususan, 1918-
yilda Hindistonda mahalliy kadrlarga davlat ishlarini boshqarishda qatnashish
imkonini beruvchi Konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazildi. Dominionlarga Parij
tinchlik konferensiyasida mustaqil subyekt sifatida qatnashish huquqi berildi.
Afg‘onistonning mustaqilligini tan olishga majbur bo‘lindi. Misr esa nomiga
bo‘lsa-da, mustaqil davlat deb tan olindi. Buyuk Britaniya hukumati Irlandiya
masalasida juda katta qiyinchiliklarga uchradi.
Buyuk Britaniya hukmron doiralari o‘zlarining –«bo‘lib tashla, hukmronlik
qil», degan an’anaviy shiorlariga bu safar ham sodiq qoldilar. Irlandiya
milliy-ozodlik harakatida bo‘linish yuz berdi. Uning o‘ng qanoti Buyuk
Britaniya bilan muzokaralarga kirishdi. 1921-yilda Buyuk Britaniya — Irlandiya
shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra Irlandiya ikkiga bo‘lindi. Poytaxti Dublin
shahri bo‘lgan Janubiy Irlandiyaga dominion huquqi berildi. Shimoliy Ir-
landiya esa Buyuk Britaniya tarkibida qoldi. Shu vaqtdan boshlab mamlakat
rasman «Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo‘shma qirolligi» deb
ataladigan bo‘ldi.
Buyuk Britaniya hukumatining Sovet Rossiyasiga qarshi kurashi
muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Buning ustiga u 1921-yilning 16-martida Rossiya
bilan savdo shartnomasini imzolashga majbur bo‘ldi. Bu shartnoma amalda
Sovet Rossiyasining tan olinganligini ham anglatar edi.
Bundan tashqari Buyuk Britaniyaning Gretsiya bilan birgalikda Turki-
yaga qarshi uyushtirgan agressiyasi mag‘lubiyatga uchradi. Vatanparvar
kuchlar Kamol Otaturk boshchiligida Turkiya mustaqilligini saqlab qoldilar.
Tashqi siyosatdagi bunday muvaffaqiyatsizlik Konservatorlar partiyasini
qattiq larzaga soldi. Endi bu partiya koalitsion hukumat tarkibidan chiqishga
qaror qildi. 1922-yil 19-oktabrda Lloyd-Jorj ham bosh vazir lavozimidan
iste’fo berishga majbur bo‘ldi. Bosh vazir lavozimini oldin konservatorlar
Download 6,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish