Jahon tarixi


partiya — Meksika inqilobi partiyasini tuzishga muvaffaq bo‘ldi



Download 6,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/47
Sana11.08.2021
Hajmi6,91 Mb.
#145405
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
M.Lafasov. Jahon tarixi 1918-2008


partiya — Meksika inqilobi partiyasini tuzishga muvaffaq bo‘ldi.
Kuba Birinchi jahon urushida qatnashgan davlat-
lardan biri. U 1917-yilning 17-aprelida Germa-
niyaga qarshi urush e’lon qildi. Biroq uning ham jahon urushidagi ishtiroki
ramziy ma’noga ega bo‘ldi. Xususan, Kubaning bu urushdagi ishtiroki Yevropa-
ga tibbiy xizmat guruhlarini jo‘natishdan iborat bo‘ldi, xolos.
Urush yillarida Kuba iqtisodiyoti ham rivojlandi. Bunga urush tufayli
Yevropada qand ishlab chiqarishning kamayishi sabab bo‘ldi. Bu hodisa
Kubada qand ishlab chiqarish va uni eksport qilishning ko‘payishiga olib
keldi. Agar 1913-yilda 2,4 mln tonna qand ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu
ko‘rsatkich 1919-yilda 4 mln tonnani tashkil etdi.
Biroq 1920-yildan boshlab vaziyat keskin o‘zgardi. Yevropada qand ishlab
chiqarishning ko‘payishi Kuba qandiga talabni keskin pasaytirdi. Masalan,
1920-yilda 1 mlrd 22 mln pesolik qand sotilgan bo‘lsa, 1921-yilda bu
ko‘rsatkich atigi 292 mln pesoni tashkil etdi, xolos. Natijada qand sanoati
halokati boshlandi. O‘sha davrda mamlakat eksportining 90 foizi qandga
to‘g‘ri kelishi hisobga olinsa, bu halokat darajasi yanada oydinroq namoyon
bo‘ladi.
Bu hol mamlakat moliyaviy ahvolini izdan chiqardi va ichki siyosiy
vaziyatni keskinlashtirdi. Hokimiyat uchun kurashuvchi hukmron kuchlar-
ning ikki guruhi (liberallar va konservatorlar) o‘rtasidagi munosabat yanada
keskinlashdi. Amerikaparast konservatorlar hukmronligiga qarshi liberallar
qo‘zg‘olon ko‘tardilar. AQSH hukumati o‘z tarafdori prezident Menokalga
(1916—1920) harbiy yordam ko‘rsatdi.
Kuba


94
Chunonchi, AQSH 1917-yilning fevral oyida Guantanamo, Santyago va
boshqa muhim strategik obyektlarga o‘z harbiy kuchlarini joylashtirdi. 1917-
yilning iyul oyida qo‘zg‘olon bostirildi.
Shu tariqa, Kuba amalda AQSH tomonidan okkupatsiya qilindi va bu
1922-yilgacha davom etdi. Ayni paytda Kubaning AQSHga moliyaviy
qaramligi tobora ortib bordi. Xususan, 1929-yilda AQSHning Kubaga
joylashtirgan sarmoyasi 1,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Uning 800 mln
dollari qand sanoatiga joylashtirildi.
1929-yilda ro‘y bergan jahon iqtisodiy inqirozi Kuba iqtisodiyotini
xonavayron qildi. Jahon iqtisodiy inqirozining bunday katta zarar
keltirishiga Kuba iqtisodiyotining qand yakkahokimligiga ixtisoslashganligi
va uning asosan AQSH bozoriga qaramligi sabab bo‘ldi. Natijada Kubaning
AQSHga eksporti keskin kamaydi. Masalan, bu eksport 1929-yilda 137,6
mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 1932-yilda atigi 38 mln dollar bo‘ldi.
Qand ishlab chiqarish esa 5,1 mln tonnadan 1,9 mln tonnaga tushib
qoldi.
Korxonalarning sinishi Kuba tarixida misli ko‘rilmagan darajaga yetdi.
Ishsizlar soni 600 ming kishini tashkil etdi (4 mln aholiga nisbatan). Bir
so‘z bilan aytganda, aholining turmushi keskin darajada pasaydi. Mamlakatda
siyosiy vaziyat keskinlashdi va 1930-yil noyabrda harbiy tartib o‘rnatildi.
Siyosiy kurashning oldingi safida talabalar bordilar. Bunga javoban hukumat
1931-yilda Gavana universitetini yopib qo‘ydi. Hatto umumta’lim mak-
tablari ham yopildi.
1933-yilda prezident X. Machado (1924—1933) o‘z diktatorligini yana-
da mustahkamlash maqsadida Kongressdan favqulodda vakolat olishga
erishadi. Konstitutsiyaning amal qilishi 30 kunga to‘xtatildi. Biroq bu choralar
ko‘zlangan natija bermadi va mamlakatda umumiy ish tashlash davom etdi.
Endi hukmron doiralar oldida ikki yo‘l turardi: yo xalq inqilobi, yoki
diktator Machadoni almashtirish. Ular ikkinchi yo‘lni tanladilar va Macha-
doga qarshi harbiylar fitna uyushtirishdi. Ular 11-avgust kuni Machado
oldiga 48 soat ichida mamlakatdan chiqib ketish talabini qo‘ydilar. Shu
tariqa, Machado iste’fosiga erishildi.
Kubaning AQSHdagi sobiq elchisi Karlos de Sespedes vaqtinchalik
prezident deb e’lon qilindi. Machado va uning yaqinlari AQSHga jo‘nab
ketishga majbur bo‘ldilar. K. Sespedes hukumati mamlakatdagi siyosiy
vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Harbiylar ichida mamlakatda qattiq tartib
o‘rnatish tarafdorlari kuchayib bordi.
Ularga F. Batista rahbarlik qilardi. 1933-yil 5-sentabr kechasi F. Batista
davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. U mamlakat harbiy kuchlari shtabining
boshlig‘i etib tayinlandi. Gavana universiteti professori San Martin
prezidentlik lavozimini egallagan bo‘lsa-da, amalda hokimiyat F. Batista
qo‘lida to‘plandi.


95
Shunday bo‘lsa-da, S. Martin hukumati qator ijobiy tadbirlarni amalga
oshirdi. Jumladan, 1901-yilda qabul qilingan reaksion xarakterdagi Kons-
titutsiyani bekor qildi. 8 soatlik ish kuni joriy etdi. Mehnat vazirligi tashkil
etildi. Yashash joyi uchun to‘lanadigan haq kamaytirildi. Ishchilar uchun
ish haqi minimumi belgilandi. Gavana universitetining muxtor huquqi
tiklandi.
Tashqi siyosatda esa avvalgi hukumatning AQSH bilan tuzgan shart-
nomalari bajarilishi ma’lum qilindi. Dekabr oyida S. Martin hukumati elektr
energiya, gaz, telefondan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haqni 45 foizga
kamaytirdi. 2 ta yirik Kuba-Amerika qand kompaniyasi ustidan davlat na-
zoratini o‘rnatdi.
S. Martin hukumatining bunday qat’iy xatti-harakatlari ichki va tashqi
sarmoyadorlarni qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Ular F. Batistani qo‘llab-
quvvatlay boshladilar.
1934-yilning 14-yanvarida F. Batista S. Martindan iste’fo berishni talab
etdi. 18-yanvar kuni polkovnik Mendteta Kubaning vaqtinchalik prezidenti
deb e’lon qilindi. AQSH 26-yanvar kuni yangi prezident va uning hukumatini
tan oldi. Yangi hukumat S. Martin amalga oshirgan tadbirlarning barini
bekor qildi. Shu tariqa, mamlakatda AQSH manfaatiga xizmat qiluvchi
F. Batista diktaturasi to‘la qaror topdi.
Shunday qilib, Lotin Amerikasi davlatlari o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lidan
borgan bo‘lsalar-da, AQSH va boshqa buyuk davlatlarga iqtisodiy va siyosiy
jihatdan qaram bo‘lib qoldilar. Lekin ularning jahon hamjamiyatidagi roli
o‘sdi. Bir qator ijtimoiy tadbirlar o‘tkazildi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Birinchi jahon urushi Lotin Amerikasi davlatlariga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
2. Urushdan keyingi yillarda Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiy, ijtimoiy va
siyosiy hayotiga xos bo‘lgan xususiyatlarni qayd eting.
3. Jahon iqtisodiy inqirozining Lotin Amerikasi uchun oqibatlari haqida nimalarni
bilib oldingiz?
4. Buyuk davlatlar Lotin Amerikasi iqtisodiy va siyosiy hayotida qanday o‘rin
tutgan?
5. Braziliyaning o‘ziga xos taraqqiyoti qanday kechdi?
6. Argentinada qishloq xo‘jaligining ahvoli qanday edi?
7. Meksika — AQSH munosabatlari qanday bo‘ldi?
8. Kubaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida AQSH qanday rol o‘ynadi?
?


96
DARSLIK MATNI BILAN ISHLASH
LOTIN AMERIKASI DAVLATLARINI TAVSIFLANG
Davlatlar
Birinchi jahon
urushidagi
ishtiroki
Birinchi jahon
urushining
ta’siri
1920—1921-
yillar iqtisodiy
inqiroz
oqibatlari
1929—1933-
yillardagi
islohot
iqtisodiy
inqiroz
oqibatlari
1
2
3
4
5
Braziliya,
Argentina,
Meksika, Kuba
6
7
8
9
Iqtisodiyotlari-
ga xos umumiy
xususiyatlari
Hukmron
tabaqalar
Qurolli
kuchlarning
mamlakat
hayotidagi
o‘rni
Lotin
Amerikasida
o‘z ta’sirini
kuchaytirishga
uringan
davlatlar
2-bob. OSIYO VA AFRIKA DAVLATLARI
10-§. Xitoy va Hindiston
Birinchi jahon urushigacha Osiyo va Afrika asosan
mustamlaka davlatlardan iborat edi. Birinchi
jahon urushi yillarida Osiyo va Afrika davlatlari-
da chuqur o‘zgarishlar ro‘y berdi. Antanta qurolli
kuchlari saflarida mustamlaka davlatlar aholisi ham
ishtirok etdi. Mustamlaka xalqlarning ilg‘or qatlami urushdan keyin musta-
qillik berilishiga umid bilan qaramoqda edi. Biroq Parij tinchlik konferensi-
yasi bu umidni oqlamadi. Aksincha, konferensiya mustamlakachilikning eski
shaklini yangisi bilan almashtirdi. Mustamlakachilikning bu yangi shakli
avvalgi darslarda siz tanishgan Millatlar Ligasining mandat tizimi edi.
Shunday bo‘lsa-da, Osiyo va Afrika davlatlarida vaziyat asr boshidagiga
nisbatan o‘zgardi. Bu o‘zgarish jahon siyosiy xaritasida Sovet Rossiyasi
(keyinchalik SSSRning) vujudga kelishi bilan ham bog‘liq edi. Mustam-
lakachi davlatlar xohlaydilarmi, yo‘qmi, endi bu omil bilan hisoblashishga
majbur edilar.
Ikkinchi tomondan, Rossiyada yuz bergan chuqur ijtimoiy-siyosiy
o‘zgarishlar milliy-ozodlik harakatlariga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Osiyo va Afrika
davlatlari rivojla-
nishidagi o‘ziga xos
xususiyatlar


97
Mustamlakalarda milliy-ozodlik kuchlari o‘sdi. Stixiyali milliy-ozodlik kurashi
ongli kurashga aylana bordi. Shunday bo‘lsa-da, mustamlakachi davlatlar o‘z
mustamlakalaridagi mavqelarini deyarli saqlab qola oldilar.
Buning sababi, birinchidan, mustamlakachilik tizimining yemirilishi uchun
zarur xalqaro shart-sharoitlar hali to‘la yetilmaganligi bo‘lsa, ikkinchidan,
mustamlakalarda mustamlakachilarga qarshi kurashuvchi kuchlarning qaror
topish jarayoni hali davom etayotganligi edi.
Biroq bu milliy-ozodlik kurashi ma’lum vaqtga to‘xtab qoldi, degani
emas edi. Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida, Xitoy va Hindistonda milliy-
ozodlik kurashi shiddat bilan davom etdi. Chunonchi, 1918—1923-yillarda
Turkiyada ozodlik kurashi g‘alaba bilan yakunlandi. Dunyoviy Turkiya
Respublikasi tashkil topdi.
Sovet Rossiyasi 1921-yilda Turkiya bilan do‘stlik to‘g‘risida shartnoma
imzoladi hamda Turkiyaga 10 mln oltin so‘m hisobida moliyaviy yordam
ko‘rsatdi. Xuddi shunga o‘xshash shartnoma 1921-yilda Eron bilan ham
imzolandi. Eron Buyuk Britaniya qo‘shinlarining mamlakatdan chiqib ketishiga
erishdi.
Afg‘on xalqining Buyuk Britaniya mustamlakachilariga qarshi olib borgan
kurashi 1919-yilda g‘alaba bilan yakunlandi. Afg‘oniston mustaqil davlatga
aylandi. 1921-yilda sovet-afg‘on do‘stlik shartnomasi imzolandi.
1918—1921-yillarda Sovet Rossiyasi Mo‘g‘ulistonning milliy-ozodlik
kurashiga yordam ko‘rsatdi. Bu yordam Mo‘g‘uliston mustaqilligini saqlab
qolishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. To‘g‘ri, Sovet Rossiyasi yuqorida nomlari
tilga olingan davlatlarga bekorga yordam bermagan. Uning maqsadi o‘zining
janubiy chegaralari xavfsizligini ta’minlashdan iborat edi.
Ayni paytda Sovet davlati qo‘shni davlatlar bilan aloqani yaxshilash
masalasiga «bo‘lajak jahon inqilobi»ning tarkibiy qismi, deb ham qarar edi.
Mustamlakachi davlatlar ham qo‘l qovushtirib o‘tirmadilar, albatta. Ular
Vashington konferensiyasida mustamlakalarning daxlsizligiga kelishib oldilar.
Biroq tez orada bu kelishuvni Osiyoda Yaponiya (1931-yilda), Afrikada esa
Italiya buzib yubordi.
Birinchi jahon urushidan so‘ng ham Xitoy qoloq,
yarim mustamlaka davlat edi va unda 450 mln
dan ortiq xalq yashardi. Uni buyuk davlatlar ta’sir
doirasiga bo‘lib olgan edilar. Mamlakat sanoati, transporti, banklari va tashqi
savdosining asosiy qismi chet el kompaniyalari qo‘lida edi.
Bu omillar Xitoyni rivojlangan davlatlar ekspansiyasiga qarshi kurashda
ojiz qilib qo‘ygan edi. 1911—1913-yillarda bo‘lib o‘tgan inqilob asosiy
masalalardan biri — Xitoyni yagona davlatga birlashtirish masalasini hal eta
olmadi. Bu masalani hal etmay turib Xitoyni yarim mustamlaka sirtmog‘idan
qutqarish nihoyatda og‘ir edi.
1918-yilda Xitoyda inqilobiy kurashning ikki yirik kuchi mavjud edi.
7 — Jahon tarixi
Xitoyning urushdan
keyingi ahvoli


98
Ularning biri milliy-ozodlik kurashining yirik vakili, tan olingan yo‘l-
boshchi Sun Yatsen (1867—1925) boshchiligidagi Gomindan (Xitoy milliy
Download 6,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish