Jahon tarixi


Partiya davlat xizmatini bajaruvchi fuqaro militsiyasiga aylandi



Download 6,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/47
Sana11.08.2021
Hajmi6,91 Mb.
#145405
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
M.Lafasov. Jahon tarixi 1918-2008


Partiya davlat xizmatini bajaruvchi fuqaro militsiyasiga aylandi.
Ommaviy axborot vositalari to‘la fashist davlati xizmatiga bo‘ysundirildi.
Oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari B. Mussoliniga — Duchega sodiqlikka
qasamyod qildirildi. Barcha vositalar yordamida fashist mafkurasi ommaga
singdirildi.
B. Mussolini ilohiylashtirildi. U o‘zining nutqlarida fashizm demokratiya
tufayli buzilgan Yevropani yangilaydi va sog‘lomlashtiradi, deb qayta-qayta
uqtirar edi. Yosh avlod fashistlarning bolalar va o‘smirlar tashkilotlariga
jalb etildi.
Mussolini tashqi siyosatining asosiy maqsadi Buyuk
Italiya davlatini barpo etish orzusiga bo‘ysundiril-
gan edi. Bu davlat butun O‘rta dengiz bo‘ylarini
o‘z ichiga olishi va u Buyuk Italiyaning ichki dengiziga aylanishi hamda
Qadimgi Rim imperiyasi tarkibiga kirgan barcha hududlarni birlashtirishi
lozim edi.
1923-yilda Italiya Gretsiyaga qarashli Korfu orolini bosib oldi. Biroq
Buyuk Britaniyaning talabi bilan orolni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi.
1924-yilda Yugoslaviyaga qarashli Fiuma porti Italiyaga o‘tdi. Italiya shu yili
Sovet Rossiyasini tan oldi va u bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi.
1927-yilda Albaniya ustidan amalda o‘z protektoratini o‘rnatdi. 1935-yil
3-oktabrda 600 ming kishilik Italiya armiyasi Efiopiyaga bostirib kirdi. 1936-
yil may oyiga kelib Efiopiyani bosib olish nihoyasiga yetdi. Shu yil yozida
Italiya armiyasi Ispaniyada fashistik diktatura o‘rnatish uchun general Frankoga
yordamga yuborildi. Chunki Gitler Frankoni qo‘llab-quvvatlar edi. Shu tariqa
Germaniya bilan yaqinlashuv boshlandi.
1937-yilda u Germaniya va Yaponiya o‘rtasida imzolangan «Antiko-
mintern pakti» ga qo‘shildi. B. Mussolini bu paktni butun Yevropa uning
atrofida birlashsa arziydigan ahdnoma, deb atadi. Ushbu bitimga ko‘ra,
Germaniya Italiyaning Efiopiyani bosib olganligini tan oldi. 1939-yil aprelda
Italiya Albaniyani butunlay bosib oldi.
Mamlakatda totalitar
diktaturaning qaror
topishi
Mussolinining tashqi
siyosati


72
Shu tariqa fashistik davlatlar o‘zlarining bosqinchilik siyosatlari bilan
Ikkinchi jahon urushini tobora muqarrar qilib qo‘ydilar.
Ispaniya
Ispaniya Birinchi jahon urushida betaraf qoldi.
Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy-siyosiy
ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli
savdo-sotiq munosabatlarini amalga oshirishga
imkon berdi. Eksport hajmi import hajmidan yuqori bo‘ldi. Buning natijasida
mamlakat oltin zaxirasi 4 baravar ko‘paydi.
Urush yillarida harbiy buyurtmalar salmog‘ining oshishi, o‘z navbatida,
sanoatdagi ayrim tarmoqlarning gurkirab rivojlanishini ta’minladi. Shunday
bo‘lsa-da, Ispaniya, baribir, kam taraqqiy etgan, agrar-industrial davlat bo‘lib
qolaverdi. Mamlakat qishloq xo‘jaligida o‘rta asrchilik munosabatlarining
qoldiqlari hamon kuchli edi. Barcha yer maydonining uchdan ikki qismi
yirik yer egalari va mamlakat hayotida katta ta’sirga ega bo‘lgan katolik
cherkovi ixtiyorida edi. Millionlarcha dehqon xo‘jaliklariga esa atigi uchdan
bir qism yer tegishli edi.
Yersizlar ham ko‘p bo‘lib, ular asoratli shartlar asosida yerni ijaraga
olardilar. Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi juda past bo‘lgan.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli chet el kapitali kiritilishiga sezilarli dara-
jada bog‘liq edi. Chunonchi, sanoatga joylashtirilgan chet el kapitalining
54 foizi ingliz, 34,5 foizi fransuz kapitali edi. Ispaniya taraqqiyotining bunday
orqada qolishi o‘rta asrchilik tartiblari hamon kuchli darajada saqlanib
qolayotganligi bilan izohlanar edi.
Katta yer egalari hamda ularning tayanchi bo‘lgan armiya va katolik
cherkovi o‘zlarini asrlar davomida qaror topgan tartiblar qo‘riqchisi, deb
hisoblardi. Shuning uchun ham yangilikka bo‘lgan har qanday intilishlarni
mamlakat milliy manfaatiga solinayotgan tahdid, deb qabul qildilar. Ayni
paytda ularni yo‘qotish uchun barcha vositalarni ishga soldilar. Mamlakatda
harbiylarning o‘rni tobora ortib bormoqda edi. Vujudga kelgan «harbiy
xuntalar» (harbiylar to‘dasi) XX asrda mamlakat siyosiy hayotiga tez-tez
aralashib turish quroliga aylangan.
Ispaniya urush harakatlarida qatnashmagan bo‘l-
sa-da, urush mamlakat aholisi turmush darajasini
og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Chunonchi, oziq-ovqat
mahsulotlarining narxi 65 foizga ortdi. Inflatsiya kuchaydi va real ish haqi
kamaydi. Buning oqibatida 1917-yil 13-avgustda mamlakatda yalpi siyosiy
ish tashlash ro‘y berdi. Namoyishchilar monarxiyani tugatishni, Ta’sis Maj-
lisi chaqirishni va Respublika hukumatini tuzishni talab qildilar. Ish tashlash
shiddatli ko‘cha janglariga aylanib ketdi. Hukumat mamlakatda qamal e’lon
qildi va armiyaning kuchi bilan tartib o‘rnatdi.
Birinchi jahon
urushining
Ispaniyaga ta’siri
Harbiy fashistik
diktatura o‘rnatilishi


73
1918—1920-yillarda Ispaniyada inqilobiy harakat to‘lqini yanada
kuchaydi. Bu hol hukmron doiralarni sarosimaga solib qo‘ydi. Shu yillar
davomida hukumat 8 marta almashdi. Hukumat yetilgan dolzarb ijtimoiy
muammolarni hal etishga ojizlik qildi. Vujudga kelgan bu ahvol mamlakat-
da harbiy diktatura o‘rnatilishi xavfini tug‘dirdi.
Hukumat ijtimoiy harakatni bostirish uchun qanchalik harakat qilmasin,
baribir, qator talablarni bajarishga majbur bo‘ldi. Chunonchi, 1920-yilning
aprel oyidan boshlab 8 soatlik ish kuni joriy etildi. Ish haqi oshirildi, bolalar
mehnati taqiqlandi. Qarilik va nogironlik sug‘urtalari joriy etildi.
Ayni paytda hukmron doiralarning qo‘llab-quvvatlashi natijasida ispan
fashistlari o‘z qurolli tashkilotlarini tuza boshladilar. Ularning asosiy vazifasi
xalq harakatini bostirish edi. Hukumatning shafqatsiz terrori tufayli 1921-
yilga kelib ijtimoiy harakatning pasayishiga erishildi. Biroq bu hol ko‘pga
cho‘zilmadi. Mustamlakalarda ham harakat kuchaydi. 1921-yilning iyunida
hukumat Ispaniyaning mustamlakasi — Marokashda boshlangan milliy-
ozodlik harakatini bostirish uchun armiya yubordi. Biroq Ispaniya armiyasi
tor-mor etildi hamda 25000 jangchi asirga tushib qoldi. Bu mag‘lubiyat
mamlakatda urushga qarshi harakat boshlanishiga turtki bo‘ldi. Norozilik
hatto armiya ayrim qismlarida ham ro‘y berdi.
1922—1923-yillarda ish tashlash harakati yana kuchaydi, hukumat ter-
rorni to‘xtatishga hamda xuntalarni tarqatib yuborish to‘g‘risida qonun qabul
qilishga majbur bo‘ldi.
Ayni paytda, 1923-yil aprelida parlamentga qayta o‘tkazilgan saylovda
Liberal partiya g‘alaba qozondi. Siyosiy voqealarning bu tarzda rivojlanishi
qirol saroyini, hukmron doiralarni tashvishga solib qo‘ydi va ular o‘z
hokimiyatini mamlakatda harbiy diktatura o‘rnatish yo‘li bilan saqlab
qolishga qaror qildilar.
Natijada 1923-yilning 13-sentabrida Kataloniya harbiy okrugi qo‘mon-
doni general Primo de Rivera tomonidan davlat to‘ntarishi amalga oshirildi.
Hokimiyat harbiy direktoriya qo‘liga o‘tdi. Shu tariqa Ispaniyada harbiy-
fashistik diktatura o‘rnatildi (1923—1930).
Primo de Rivera 1924-yilda «Vatanparvarlik ittifoqi» deb nomlangan
fashistik partiyani tuzdi. Bundan ko‘zlangan maqsad diktaturaning ijtimoiy
tarkibini kengaytirish edi. Bunga partiya safiga mayda va o‘rta mulkdorlarni
jalb etish orqali erishish ko‘zda tutilgandi. Bundan tashqari, Primo de Ri-
vera mehnat bilan sarmoyaning hamkorligini ta’minlash maqsadida «Bara-
varlik komissiyasi» tuzdi va komissiyaga har ikki tomondan teng miqdorda
vakillar kiritildi.
Bu komissiya mehnat sharoiti va ish haqi masalasini hal etishi kerak
edi. 1926-yilda ijtimoiy sug‘urta va ishsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi
korporatsiya tuzildi. Ayni paytda diktatura ijtimoiy harakatni shafqatsizlik
bilan bostirish yo‘lini tutdi.


74
Primo de Rivera o‘z diktaturasiga qonuniy tus berishga harakat qildi.
Shu maqsadda 1925-yil dekabrda direktoriyani Ministrlar kabineti bilan
almashtirdi va mamlakatda yangi Konstitutsiyani ishlab chiqishga kirishildi.
Primo de Rivera Italiya fashizmi bilan yaqinlasha boshladi. 1926-yilning
7-avgustida u bilan do‘stlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi.
U tashqi siyosatda mustamlakalarni qanday bo‘lmasin saqlab qolishga
intildi. Shu maqsadda milliy-ozodlik harakatini bostirish yo‘lini tutdi.
Xususan, Fransiya bilan birgalikda 1927-yilda Marokash xalqining milliy-
ozodlik harakatini qonga botirdi. Biroq ichki va tashqi siyosatda qo‘llangan
usullar Primo de Rivera diktaturasini saqlab qola olmadi.
1929-yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi og‘ir ahvolda bo‘lgan
Ispaniya iqtisodiyotini izdan chiqardi. Davlat qarzi keskin ko‘paydi. Keng
miqyosda korrupsiya avj oldi.
Mamlakatda inqilobiy portlash ro‘y berishining oldini olish maqsadida harbiy
generalitet yanvar oyida Primo de Riverani iste’fo berishga majbur etdi.
Ispaniya jamiyati bu davrda mamlakatni rivojlan-
tirish uchun monarxiyani tugatish va respublika
o‘rnatish, agrar islohot o‘tkazish, katolik cherkovi
hukmronligiga barham berish, armiyani demok-
ratlashtirish, aholi turmush darajasini oshirish, milliy masalani hal etish
kabi muammolarni yechishga muhtoj edi, chunki bu muammolarni hal
etmay turib Ispaniyada siyosiy barqarorlikni ta’minlab bo‘lmas edi.
Iqtisodiy inqiroz bu muammolarni yanada chuqurlashtirib yubordi.
Mamlakatda ish tashlash harakati yangi kuch bilan quloch yoydi. 1930-
yilda bu tadbirda 1 mln dan ortiq ishchi qatnashdi. Bunday sharoitda,
hatto yirik sarmoyadorlar ham, 1876-yilgi Konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqish
tarafdori bo‘ldilar. Ularning maqsadi kortes (parlament)ning huquqi
oshirilishiga erishish edi. Sarmoyadorlar o‘z mavqelarini saqlab qolishning
yo‘li monarxiyaga barham berish ekanligini tobora chuqur angladilar.
Mamlakatda respublikachilik harakati kuchaydi.
1931-yil 12-aprelda bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlarda respublikachilar
g‘alaba qozondi. Saylov yakuni haqidagi xabar siyosiy kurashning
rivojlanishiga turtki berdi. Mamlakatda burjua-demokratik inqilobi yuz berdi.
14-aprel kuni inqilobchilar qirol hokimiyati ag‘darilganligini e’lon qildilar.
Buni eshitgan va yengilishiga iqror bo‘lgan qirol Alfonso XIII shu kuni
taxtdan voz kechdi va mamlakatdan qochib ketdi.
1931-yil iyun oyida Ta’sis Majlisiga saylov bo‘lib o‘tdi. Unda respub-
likachi partiyalar va sotsialistlar g‘alaba qozonishdi. Mamlakatda sotsialistlar
va so‘l respublikachilarning M. Asanya boshliq koalitsion hukumati tuzildi.
9-dekabrda mamlakatning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya
Ispaniyani «barcha mehnatkashlar respublikasi» deb e’lon qildi.
Mamlakatda chuqur islohotlar o‘tkazilishi belgilandi. Chunonchi, agrar
islohot haqida qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, yirik yer egalarining yerlari
1931-yil inqilobi.
Monarxiyaning
qulashi


75
uning haqini to‘lash evaziga musodara qilinishi ko‘zda tutildi. Bundan
tashqari, eng og‘ir majburiyatlar bekor qilindi. Ijara haqi kamaytirildi. Milliy
masala qisman hal etildi, ya’ni faqat Kataloniyaga cheklangan avtonomiya
berildi, xolos. Koalitsion hukumat ishchilarning ahvolini yaxshilashga
qaratilgan ba’zi tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 8 soatlik ish kuni
belgilandi. Ijtimoiy sug‘urta haqida qonun qabul qilindi.
Tashqi siyosatda Ispaniya Fransiya bilan yaqinlasha boshladi. Italiya
bilan tuzilgan do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomani bekor qildi. 1933-yilda Sovet
davlati bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi.
So‘l kuchlar koalitsion hukumatining  ichki va
tashqi siyosatdagi tadbirlari o‘ng kuchlarni tash-
vishga solib qo‘ydi. Ular qanday bo‘lmasin
hokimiyatni egallashga bel bog‘ladilar. Shu
maqsadda 1932-yilda «Ispaniya avtonom o‘nglar konferensiyasi» (SEDA)ga
birlashdilar. Bu tashkilotda sarmoyadorlar, cherkov va harbiy doiralar
bilan hamkorlik qilayotgan katta yer egalari yetakchilik qilardilar. Bu
tashkilotni ayni paytda dehqonlarning o‘ziga to‘q qismi ham qo‘llab-
quvvatlay boshladi.
Fashistlar esa 1933-yilda «Ispan falangasi» deb atalgan partiya tuzdilar.
O‘ng kuchlar faollashuviga xalq ommasining so‘l kuchlar hukumati (Asanya
hukumati) siyosatidan noroziligi ham sabab bo‘lgan. Hukumatning
islohotlarni o‘tkazishdagi qat’iyatsizligi xalq ommasi ko‘z o‘ngida uning
obro‘sini to‘ka boshladi. Xususan, agrar islohot nihoyatda sustkashlik bilan
hayotga yarim-yorti tatbiq etila boshladi. Masalan, 2 yil davomida atigi 7
mingdan ortiq dehqon xo‘jaligi yer ololgan, xolos.
Buning ustiga iqtisodiy inqiroz tobora chuqurlashib bordi. Natijada
ishsizlar soni 1,5 mln kishini tashkil etdi. Hukumat milliy masalada ham
jiddiy o‘zgarishlar qila olmadi. Armiyani demokratlashtirish haqidagi va’dalar
qog‘ozda qoldi. Katolik cherkov qudratli kuch bo‘lib qola berdi.
1933-yilning oxirida o‘tkazilgan parlament saylovlarida o‘ng partiyalar
g‘alaba qozondilar. Shu tariqa, Ispaniyada fashistik to‘ntarish bo‘lishi
tobora oydinlasha bordi. O‘nglar hukumati avvalgi islohotlarga qarshi
tadbirlar o‘tkaza boshladi. Chunonchi, cherkovga qarshi qonun bekor
qilindi va ruhoniylarga beriladigan davlat subsidiyasi tiklandi. Bu oddiy
ruhoniylarni xonavayron bo‘lish va qashshoqlikdan saqlab qoldi.
Minnatdorchilik ramzi sifatida, ruhoniylar o‘nglar hukumatining ashaddiy
tarafdoriga aylandilar.
Agrar islohot to‘xtatildi. Davlat to‘ntarishida qatnashgan harbiylar jazodan
ozod etildi. Ayni paytda fashistlarning faoliyatiga qarshi kurashilmadi. Bu
esa fashistik tashkilotlarning yanada o‘sishiga imkon yaratib berdi. Fashistik
Download 6,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish