Jahon tarixi kafedrasi


I bosqich. Ilk mudofaa devori. Eni asosida 2,5 metr, yuqorida 1,8 metr, saqlangan balandligi 2,5 metr. II bosqich



Download 3,91 Mb.
bet77/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

I bosqich. Ilk mudofaa devori. Eni asosida 2,5 metr, yuqorida 1,8 metr, saqlangan balandligi 2,5 metr.

II bosqich. Ikkinchi devorni qurish uchun ilk devor ichki tomonda taroshlanadi. Natijada devor qalinligi asosida 4 metrga, yuqorida 2,2 metrga etadi.

III bosqich. Asosiy devorga har ikki tomondan “qo‘sh” devor (“rubashka”) paxsa va g‘ishtdan tiklandi. Bu bosqichda mudofaa devorining qalinligi asosida 7,3 metr, yuqori qismida 3,4 metr, saqlangan balandligi 4,2 metr (Matbabaev B.X, B.Abdullaev., 2002. S. 101-104).

Ark deb atalmish tepaning janub tomonida stratigrafik qazishma ishlari amalga oshirildi. Bu tepaning ko‘rinish yumaloq, o‘lchamlari 80X65 m, balandligi 10 metr. Qazishma o‘lchamlari uzunligi 24 metr, eni 4 metr. Qazishmada 10,8 metr qalinlikda madaniy qatlamlar va beshta qurilish bosqichi qoldiqlari aniqlandi. Hozirgi sathdan 3 metr chuqurlikda madaniy qatlamlar davom etmoqda. Faqat ularni ochishga er osti suvlari xalaqit beradi (Zadneprovskiy YU.A, Matbabaev B.X., 1991. S. 62-72).

Qazishma paytida salmoqli arxeologik kompleks aniqlandi va u uzoq tarixiy davrni qamrab oladi. Bu kompleks sanasi miloddan avvalgi III-II asrlar – milodning IV-V asrlari deb belgilandi.

Mingtepada o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar Farg‘onaninng Davan podsholigi davridagi tarixi va madaniyatini o‘rganishda yangi ma’lumotlar berdi. Shahar to‘g‘riburchak rejali burjlar bilan ta’minlangan kuchli devorlar himoyasida bo‘lgan. Arkda 5 metrli tagkursi qurilgan va uni ustida mahobatli bino qurilgan bo‘lishi kerak. Bu ma’lumotlar juda muhim ahamiyatga ega, chunki ko‘p tadqiqotchilar Mingtepani qadimgi Farg‘ona davlatining poytaxti Ershi shahri bilan solishtiradilar.

Ma’lumki, Xitoy yilnomalari qadimgi Farg‘ona podsholigi Davanda 70 dan ortiq katta va kichik shaharlar bo‘lgan deb xabar beradilar. Manbalarda ulardan uchtasining nomlanishi aytib o‘tiladi: Ershi, YUchen va Guyshan. Ershi shahrida hukmdor qarorgohi joylashgan. Qadimgi mualliflar aytishicha, bu shaharda mashhur “samoviy tulporlar” etishtirilgan. Shahar ikki qismdan iborat: ichki va tashqi (Bichurin N.YA., 1950. S. 162-168, 186-187). Mingtepa shahar xarobasini dastlab A.N. Bernshtam podsholik poytaxti Ershi bo‘lishi kerak deb fikr bildirgan. Olimning bu salohiyatli xulosasi ko‘pgina farg‘onashunoslar (YU.A. Zadneprovskiy, N.G. Gorbunova, G.A. Brikina, B. Abdulg‘ozieva, G.P. Ivanov, B.X. Matboboev va b.). va qo‘shni hududlarda ishlaydigan mutaxassislar tomonidan ma’qullangan (bu haqda fikrlarni qarang: Tashbaeva X.I., 2005). Yuqorida keltirilgan Xitoy manbasiga asosan, Ershi birinchidan, vodiy Sharqiy tomonida joylashgan; ikkinchidan, Mingtepada xitoylar bostirib kirgan paytdagi (mil. avv. II asr) qalin madaniy qatlamlar va ular qamal qilgan devorga juda o‘xshaydigan mudofaa inshootlari (ichki va tashqi devorlar) mavjud; uchinchidan, Mingtepachalik ulug‘vor va katta yodgorlik vodiyda hozircha topilgani yo‘q. Bunga qo‘shicha etib, Mingtepa yaqinida topilgan “samoviy tulporlar” tasviri tushirilgan va miloddan avvalgi II asr bilan belgilangan qoyatosh rasmlarini ham eslatib o‘tish kerak.


Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish