Jahon tarixi kafedrasi


-mavzu: So`nggi o`rta asrlar O`rta Osiyo shaharlari urbanizatsiyasi



Download 3,91 Mb.
bet75/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

14-mavzu: So`nggi o`rta asrlar O`rta Osiyo shaharlari urbanizatsiyasi.

Reja:

1. Antik va ilk o`rta asrlar shaharlarining shakllanishi.



2. Farg‘onaning o‘rta asr shaharlarining yuksalishi.

Asosiy qism:

Antik va ilk o`rta asrlar shaharlarining shakllanishi. Antik davrda (miloddan avvalgi IV – milodning IV asrlari) Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etgan. Ayniqsa, Qadimgi Farg‘ona Davan podsholigida (mil.avv. IV – milodning III asri) jamiyatning barcha jabhalari rivojlanish bosqichiga kiradi va bu narsa sun’iy sug‘orishga asoslangan haydalma dehqonchilikda, chorvachilikda kuzatiladi. Moddiy madaniyat namunalari hunarmandchilikning ko‘plab sohalari ravnaq topganidan dalolat beradi. Natijada, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivoji va iqtisoddagi yuksalish shaharsozlik madaniyatining gullab-yashnashiga sabab bo‘ladi. Tarixiy manbalardan ma’lumki, bu davrga kelib Farg‘ona aholisining 25% shaharlarda yashagan. Eramizgacha bo‘lgan 136-128 yillarda Farg‘onaga kelgan Xitoy elchisi va sayyohi CHjan Szyan “Davanda 70 dan ortiq kichik va katta shaharlar bor” deb aytib o‘tadi (Bichurin N.YA., 1950. S. 149, 187). Bu xabarlarni arxeologik qazishmalar tasdiqlabgina qolmay, ularni yangi ma’lumotlar bilan to‘ldiradi. Hozirda arxeologlar Davan podshosi davriga oid o‘nlab yirik yodgorliklarni aniqlanganlar va ular so‘zsiz Xitoy manbalarida tilga olingan shaharlar qatoriga kirgan. Bularga SHo‘rabashot (maydoni 70 gektar, Qirg‘iziston respublikasining Jalolobod viloyati O‘zgan shahri yaqinida joylashgan), Yangibozor (10 ga, O‘sh viloyati Novqat tumani), Kalamishtepa (15 ga, Markaziy Farg‘ona Sharqiy tegrasi), Mingtepa (38 ga, Marhamat shahri yaqini, Andijon viloyati), Quva (12 ga, Farg‘ona viloyati), Balandtepa (9 ga, Namangan viloyati), Uchqo‘rg‘on (24 ga), Oqtepa (12 ga), Qaynovotlar (15 ga, Namangan viloyati) kiradi. Buyuk Ipak yo‘lining shakllanishi ham Davan podsholigi gullagan davrga to‘g‘ri keladi. Ushbu qit’alararo xalqaro savdo yo‘lining So‘g‘diyonadan to Xitoy imperiyasi chegaralarigacha bo‘lgan xududi Farg‘ona tasarrufida bo‘lgan. U yo‘l xavfsizligini, karvonlarni oziq-ovqat, transport hayvonlarini em-xashak bilan ta’minlagan, yo‘l ko‘rsatuvchilar va tarjimonlar etkazib bergan.


Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish