Jahon tarixi kafedrasi


O‘tror, Turarband, Tarband, O‘trortepa — qadimiy



Download 3,91 Mb.
bet74/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

O‘tror, Turarband, Tarband, O‘trortepa — qadimiy shahar xarobasi (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 16-asr). Janubiy Qozog‘istondagi Aris daryosining Sirdaryoga quyilish joyida. O‘tror 3 qism (ark, shahriston, rabod)dan iborat bo‘lib, burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devori va xandaqlar bilan o‘ralgan. O‘trordan ko‘chalar, hammom, turar joy binolari qoldiqlari, uy-ro‘zg‘or, zargarlik buyumlari, kamon o‘qlari va boshqalar topilgan. Mo‘g‘ullar istilosiga qadar Xorazmshohlar davlatining savdo va hunarmandchilik shaharlaridan biri bo‘lgan. O‘tror mudofaasidan so‘ng mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. Oq O‘rda xonlari uni 14-asrda tiklaganlar. Bu davrda masjid, madrasa, xonaqoh qurilgan. Amir Temur va temuriylar davrida muhim harbiy shahar, qal’a bo‘lgan. Bu davrda Yevropadan Osiyoga boradigan yangi savdo yo‘li vujudga kelgan; u Volga sohillaridan Uraldagi Saroychik shahri orqali Ko‘hna Urganch, O‘tror va Olmaliqqa borgan. Bu yo‘ldan musulmon savdogarlari ham, Yevropalik tijoratchilar ham foydalanishgan. O‘trordan ko‘plab allomalar etishib chiqqan; shahar obodligi, chiroyi bilan nom chiqargan. 16-asrdagi o‘zaro ichki nizolar paytida huvillab qolgan.

Taraz — (qoz. Taraz) (1936-yilgacha Avliyoota, 1936—1938 yillarda Mirzoyan, 1938-yilda Jambul, 1998-yildan Taroz) — Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyatidagi qadimgi shahar, viloyatning ma’muriy markazi. Olmaotadan 545 km g‘arbda, Talas daryosini yoqasida joylashgan.

Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Taraz taxminan 5-asrda vujudga kelgan. Dastlab, vizantiyalik elchi Zemarx tomonidan 568-yilda qayd etilgan. Shahar arab, fors manbalarida Talas, Taroz, Yangi nomlari bilan tilga olingan (8—18-asrlar). Qadimda Taraz Talas daryosi yoqasida joylashgan. U qal’a, shahriston va raboddan iborat bo‘lgan. 7-asrda Taraz muhim savdo markazi. 751-yil Taraz yaqinida Talas jangi bo‘lib o‘tgan. 9-asr oxiridan Somoniylar, 10-asr oxiridan Qoraxoniylar davlati tarkibida bo‘lgan. 12-asr oxiridan boshlab Qoraxitoylar va Mo‘g‘ullar istilosidan ancha shikastlangan Taraz tanazzulga uchray boshlagan. 16-asr boshida shaharda g‘ayot barham topgan. Tarazda o‘tkazilgan qazishmalar chog‘ida zardushtiylarning ossuariylarda ko‘milgan qabrlari, devoriy rasmlar bilan bezatilgan 11—12-asrlarga oid hammom, korizlar (suv o‘tkazgich) topilgan. 19-asrda Avliyoota qal’asi qurilgan. 1864-yilda Tarazni Rossiya qo‘shinlari bosib olgan. 1920-yildan Qozog‘iston tarkibida.


Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish