Jahon tarixi kafedrasi


O‘rta asr shaharlarining yuksalishi. Ko‘hna Axsiket



Download 3,91 Mb.
bet82/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

O‘rta asr shaharlarining yuksalishi. Ko‘hna Axsiket. Buyuk alloma va sayyoh Ibn Xauqal “Yo‘llar va mamlakatlar” asarida “Farg‘ona-mamlakat nomi, u mashxur shaharlar va qishloqlardan iborat bepoyon o‘lka. Poytaxti-Axsiket. Uning arki shahristonda(ichki shahar), shahriston yonida rabod(tashqi shahar), podsho saroyi va turma arkda, jome masjidi arkdan tashqarida joylashgan. … Shaharning bir chekkasidan ikkinchi chekkasigacha bo‘lgan masofa 1 farsoxning12 uchdan birini tashkil qiladi. Shahriston va rabod xududida oqin suvlar va ko‘plab xovuzlar mavjud. Rabod darvozalari sersuv ariqlarga boy bog‘lar bilan o‘ralgan”, deb yozadi(Betger,1957.S. 25-26). Poytaxt shahar Axsiketning xarobalari To‘raqo‘rg‘on va Jomashuy orqali o‘tgan Namangon-Farg‘ona yo‘lining ikki tomonida, Namangondan 25 km. janubiy-g‘arbda, SHoxand va Gulqishloqlari yonida, Sirdaryoning o‘ng sohili bo‘ylab, joylashgan.Bu yodgorlik haqidagi birinchi ma’lumotni venger etnografi Uyfalvi ishlarida uchratamiz (Uifalvy, 1979. R.85). Keyinchalik, yodgorlikka kapitan A.I.Bryanov, Sharqshunos N.I. Veselovskiy, o‘lkashunos I.A. Kastane, arxeologlar M.E. Masson, A.N. Bernshtam, YU.G. CHulanov, YA.G‘. G‘ulomov, I. Axrorov va boshqalar tashrif qilib, uni o‘rgandilar.

Natijada, quyidagicha xulosaga kelindi: yodgorlik xududida dastlab, antik, keyinchalik o‘rta asrlarda bu erda arki, shaxristoni va rabodi bo‘lgan feodal shahar vujudga keladi (CHulanov, 1963. S. 199; M. Masson, 1940; Bernshtam, 1952; Axrorov, 1970). 1979 yildan boshlab Eski Axsi yodgorligini O‘FA Arxeologiya instituti Farg‘ona ekspeditsiyasining maxsus otryadi o‘rganmoqda. Hozirgi davrga kelib, Eski Axsi yodgorligi qal’a, shahriston (Axsi IA, Axsi IB) va rabod (Axsi II, Axsi III, Axsi IV) qoldiqlaridan iborat ekanligi aniqlandi.13



Ark. Shahar arki yodgorlikning janubiy-g‘arbiy burchagida joylashgan. Uning juda oz qismi bizgacha etib kelgan (100-80x30-8 m)14. Janub va janubiy-g‘arbda Sirdaryo tomon tik jarlik, shimol va shimoliy-Sharqda qal’a shahristondan chuqur xandak orqali ajratilgan. IIIa va IIIb ob’ektlarida olib borilgan qazishmalar qal’aning ilk tarixi haqida gapirishga imkoniyat berdi. III ob’ektda esa, qal’aning shimoliy devori bo‘ylab, mudofaa xarakterga ega bo‘lgan xonalar ochildi.

Ma’lum bo‘lishicha, shahar qal’asi ikki qismdan iborat ekan , ya’ni mudofaa devorlar bilan o‘rab olingan asosiy qismdan tashqari, Sharq tomonda uncha katta bo‘lmagan qal’aning ikkinchi darajali qismi ham bor ekan. Qal’aning yuqori, asosiy qismida 8 qurilish davridan iborat bo‘lgan madaniy qatlamlar mavjud bo‘lsa, pastki qismi esa faqat milodning X asridan boshlab o‘zlashtirilgan.

Qal’a devorlarini qurilishida quruvchi arxitektorlar relefdan oqilona foydalanganlar. Jumladan, dastlabki mudofaa devorning tashqi qirg‘og‘i balandligi 6 metrli tabiiy tepalikning chekkasiga to‘g‘rilab qurilgan. Bunda, yuqorida tilga olingan tepaning Sharqida joylashgan ikkinchi darajali maydon qal’a devoridan tashqarida qolgan. Qal’aning birinchi devori miloddan avvalgi III asrning oxiri – II asrni boshlarida, asosan, paxsadan qurilgan bo‘lib, burjlarsiz bo‘lgan. Devor qurilishida to‘g‘ri burchakli hom g‘ishtlar ham qo‘llanilgan.

Qal’aning keyingi ikki devori miloddan avvalgi II asrni oxiri – I asrlarda qurilgan. Ikkinchi devor birinchi devorning tashqarisidan unga yopishtirib qurilgan bo‘lib, to‘g‘ri to‘rtburchakli burjlarga ega bo‘lgan. Ikkinchi devor qurilgandan so‘ng, qal’a devori tashqarisidan juda ham mahobatli ko‘ringan. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, ikkinchi devorni qurishdan avval tepalik shimol, shimoliy-Sharq tomondan maxsus taroshlanib, unga tashqaridan devorsimon ko‘rinish berilgan, sung unga yopishtirib “qoplama” ko‘rinishda ikkinchi devor burjlari bilan qurilgan. Bu davrda ham birinchi davrdagi singari, qal’a mudofaasi devor tepasidagi maxsus maydondan turib himoya qilingan.

Arxeologik tadqiqotlarga qaraganda, VI-VII asrlarda ikkinchi devor qurilgandan keyin, qal’a devori u yoki bu ko‘rinishdagi ta’mirlar bilan IX asr o‘rtalargacha faoliyat ko‘rsatgan. IX asrning ikkinchi yarmidan qal’a devorlar o‘zining avvalgi mudofaa holatini asta-sekin yo‘qotadi. Faqat XII asrning o‘rtalarida qal’a o‘zining avvalgi mudofaa holatini tiklaydi, ya’ni yangi devor va kazarma quriladi. Kazarma 13 er ostida maxsus qurilgan xonalardan iborat bo‘lib, mudofaa devorning ichi bo‘ylab g‘arbdan Sharqqa tomon joylashgan. Xuddi shu davrda qal’a bilan shahriston orasida er osti yo‘li quriladi.


Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish