Jahon tarixi kafedrasi



Download 3,91 Mb.
bet83/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

Shahriston. Shahriston ikki qismdan iborat (Axsi IA, Axsi IB). Axsi IA (ichki shahriston) asosan 4 ta ob’ektda o‘rganildi (qazishmalar VIII, XI, XVII, XVIII ). Natijada, qadim va o‘rta asr shahar tarixi haqida juda ko‘p arxeologik materiallar qo‘lga kiritildi. Jumladan, er osti vodoprovodi kuzatuv xonasi bilan (qazishmalar VIII, XVIII), tagxona-omborxona (qazishma XI) va jome masjidi (qazishma XVII) qazib ochildi. Ichki shaxristonning (Axsi IA) saqlangan maydoni 8 ga. bo‘lib, uch tomondan mudofaa devorlar bilan o‘rab olingan.

Mudofaa devor faqat XVIII ob’ektda o‘rganildi. Qazishmalar shuni ko‘rsatdiki, XII asrning ikkinchi yarmida Axsi IA xom g‘ishtlardan qurilgan qalinligi 2,75 m mudofaa devor bilan o‘rab olingan ekan.

Birinchi shahristonning quyi qatlamlarini VIII stratigrafik ob’ektda o‘rganildi. Natijada, qalinligi 7,5 metrli 25 ta madaniy qatlamlar ajratildi (Anarbaev, 1988. S.175). Madaniy qatlamlar tagida 0,75-0,80 m qalinlikdagi agroirrigatsion qatlam bor (M. Maksudov i dr. 1995. S.80-81). Bu qatlamlar 750-800 yil doimiy sug‘orish natijasida to‘plangan. Shahar miloddan avvalgi III asrni oxiri – II asrni boshlariga kelib paydo bo‘lgan. Yuqoridagi o‘rta asr (IX-XII) qatlamlari, asosan, qora metallurgiya va metallni qayta ishlaydigan ustaxonalar faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan.

Ushbu ob’ektda shimoldan janubga, qal’a tomonga ketgan er osti vodoprovodi topildi o‘rganildi. Vodoprovod tunnel ko‘rinishida pishiq g‘ishtlardan qurilgan. Uning ichida diametri 24-26 sm quvurlarda suv oqqan (Anarbaev, 1988. S. 178). Vodoprovodning davomi XVIII ob’ektda o‘rganildi. Bu erda xom g‘isht, tuproqlar uyumasi tagidan pastga qarab ketayotgan pillapoya qoldiqlari va er osti xonasi topildi.Ushbu xona va unga olib boruvchi pillapoya to‘liq pishiq g‘ishtlardan qurilgan. Shimoldan janubga tomon yo‘nalgan vodoprovod ushbu er osti xonasi orqali o‘tgan. Xonaning o‘rtasida tindirgich (0,95-0,68 m) joylashgan. Toza suv yuqorida tilga olingan sopol quvurlar orqali shimoldan oqib kelib, tindirgichga tushgan, so‘ng yana quvurlar orqali janubga-qal’a tomonga yo‘nalgan.

XI ob’ektda monumental turar joyning pishiq g‘ishtli polining bir qismi va undan pastga er ostiga qarab ketayotgan pillapoya hamda er osti gumbazli xona – tagxona ochib o‘rganildi. Xonaning gumbazi perspektivali o‘ziga xos tromplar orqali amalga oshirilgan. Kvadrat bo‘lmagan xonalarni gumbaz bilan berkitish O‘rta Osiyo o‘rta asr arxitekturasida kam bo‘lsada - uchraydi (Peregudova, 1992. S.9; Xmelnitskiy, 1996. S.120). Pol va pillapoyalar ustidan topilgan ko‘mirga aylanib qolgan bug‘doy qoldiqlari, xonaning ichki intereri, stratigafiya va boshqa topilmalar ushbu xonani tagxona, ya’ni har xil oziq-ovqat saqlaydigan omborxona, deb atashga hamda XI-XII asrlar bilan davrlashtirishga imkon berdi. Bunday oziq-ovqat saqlaydigan tagxonalar Afrosiyobda ham topilgan (Lebedeva, 1981. S.136-146).

XVII ob’ektda jome masjidi topib, o‘rganildi. Tadqiqotlar natijasida 4 qurilish davri aniqlanib, undan 3 tasi masjidning qurilishi va faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, mo‘g‘illar bosqinigacha bo‘lgan davrga oid, 4 qurilish davri esa shahar vayron bo‘lgandan ancha keyin faoliyat ko‘rsatgan (XIV-XV asrlar) xunarmandlarga tegishlidir. Arxeologik qazishmalar natijasida masjidning g‘arbiy devori, mehrob, ayvon qoldiqlari, hovli va uning o‘rtasida hovuz topib, o‘rganildi.

Ikkinchi shahriston (Axsi IB) beshta qazishma ob’ektlarida (IV, VII, XV, XXI) o‘rganildi. Uning dastlabki mudofaa devorlari yirik hajmdagi xom g‘ishtlardan foydalanilgan holda paxsadan bunyod etilgan. Qalinligi 5,30 m, qiyaligi 20 gradusni tashkil qilgan. Bu davrda mudofaa devorning ichi bo‘ylab, ma’lum joylarda maxsus koridorsimon xonalar mavjud bo‘lgan.Ular burj vazifasini bajargan bo‘lsa kerak. Bunday xonalardan biri VII ob’ektda, qazib o‘rganildi. Shahar himoyachilari mudofaa davrida bu erga maxsus qurilma o‘rnatishlari va ular yordamida dushman tomonga yonib turgan olovli koptoklarni va toshlarni uloqtirishlari mumkin bo‘lgan. Stratigrafiya bo‘yicha ikki qurilish etapiga ega bo‘lgan birinchi davr mudofaa devori miloddan avvalgi III asrning oxiri – II asrga oiddir. Ikkinchi davr ham ikki qurilish etapiga ega bo‘lib, birinchi etapda avvalgi devorning ichkarisidan xom g‘isht va paxsadan, devor bunyod etilgan. Ikkinchi etapda avvalgi devorning ichki va tashqi tomonlaridan unga yopishtirilib paxsadan devorlar quriladi. Uni tashqarisidan esa ikkita xandak qaziladi. Natijada, shahar mudofaa devorining qalinligi 20 metrni, qiyaligi esa 50 gradusni tashkil qiladi. Shunga o‘xshash holatni biz ilk o‘rta asr Panjakent devorlari misolida ko‘rishimiz mumkin (Semenov, 1999. S. 46).

Ikkinchi davrda, aniqrog‘i uning birinchi etapida, yuqorida aytib o‘tilgan koridorsimon xonalar (VII ob’ekt) to‘ldiriladi va uning ustida maxsus burj paydo bo‘ladi. Uning quyi qismi saqlanib qolgan xolos. Bu burjga (VII ob’ekt) taqalib, shahar tomondan, kirish joylari keng bo‘lgan ikkita mahobatli koridorsimon xonalar qurilgan. Ular shahar himoyasida “kazemata” vazifasini bajargan.

Madaniy qatlamlar stratigrafiyasi va arxeologik topilmalar ikkinchi davr mudofaa devorlarini miloddan avvalgi II-I asrlar bilan davrlashga imkon berdi. Bunday davrlashtirish uchun asosiy omil rolini o‘ynovchi topilmalar (15b qatlamdan) - uch qirrali bronza poyanak va qizil angobli idishlardir.

Adabiyotlarda ushbu poyanaklarning miloddan avvalgi V asrda keskin kamayishi, hamda miloddan avvalgi IV asrda tamoman yo‘qolib ketishi to‘g‘risida fikrlar bor (Medvedskaya, 1972. S.86,89; Vishnevskaya, Rapoport, 1997. S.161-163). Lekin, Marvdan topilgan keyingi topilmalar bu fikrlarga shubha bilan qarashga majbur etadi. Gap shundaki Z.I.Usmonova Erk qal’aning mil.avv. III-II asrlarga oid qatlamlaridan xuddi shunday poyanaklarni topgan (Usmanova, 1992. R.57-59,63). Axsiket poyanagi aniq stratigrafik qatlamdan, ya’ni u Axsi IB ning to‘rtinchi paxsa devor asosidagi 15b qatlamdan topilgan bo‘lib, eradan avvalgi II asr bilan davrlashtirish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda to‘rtinchi mudofaa devorni miloddan avvalgi II asrning oxiri – I asr bilan davrlashtiriladi.

V-VI asrlarda Axsi IB ning mudofaa devorlari ichki va tashqi tomondan paxsa va xom g‘ishtlardan yangi devorlar hamda yonma-yon joylashgan 2 ta xandak quriladi. Stratigrafiyaning ko‘rsatishicha taxminan VII asrning ikkinchi yarmida Axsi IB ning mudofaa devorlari tubdan ta’mirlanadi va uning tashqi tomonidan yangi xandak kavlanadi. IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa Axsi IB ning mudofaa devori o‘z faoliyatini asta-sekin yo‘qatadi. Faqat, XII asrning oxiri - XIII asrning boshlaridagina Axsi IB ning mudofaa devorlari qayta tiklanadi.

Ikkinchi shahristonning IX ob’ektida, Axsi IB ning mudofaa devorlarining ichida, qalin o‘rta asr qatlamlari tagida, ilk o‘rta asrlarga oid, xom g‘isht (45-49x25-27x7-9 sm) va paxsadan bunyod etilgan ettita xona ochib o‘rganildi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha ushbu xonalar yagona uyni tashkil etgan. Stratigrafiya va arxeologik materiallarning guvohlik berishicha uy taxminan VI asrning oxiri yoki VII asrning boshlarida qurilgan va VIII asrning ikkinchi choragigacha faoliyat ko‘rsatgan. Bu xonalarning burjlar oralig‘ida joylashishi va ularning ichki ko‘rinishi bu xonalardan kazarma sifatida foydalanilgan, deb taxmin qilish imkonini beradi.

VII ob’ektda XI-XII asrlarga oid turar joylar o‘rganildi. Bu erda jami 5 ta kvartal aniqlandi. Xammasi bo‘lib 56 ta xona qazib ochildi, ulardan 51 tasi 14 ta kompleksga bo‘linadi, qolgan 5 ta xona (10,24,28-29) shahar hayotining so‘nggi davrlariga mansub. Ushbu uylarning xonalari ketma-ket (anfilad) ko‘rinishda joylashgan.

Ikkinchi shahristonning(Axsi IB) uchta ob’ektida (IV, XV, XXI) hunarmandlarga tegishli mahallalar o‘rganildi. Qazishmalar davrida sopol idishlar va tigel parchalaridan iborat katta kolleksiya qo‘lga kiritildi. Tadqiqotlarga qaraganda bu erda XI-XII asrlarda temir va temirni qayta ishlash gullab-yashnaydi. XV ob’ektda topilgan kichik bozor ham xuddi shu davrda oiddir. Ma’lum bo‘lishicha, tigellar o‘tga chidamli kaolindan, qo‘lda tayyorlangan. Ular silindr ko‘rinishida bir xil bo‘lib, faqat hajmi va devorining qalinligi bilan bir-biridan farq qilgan. Tigelga xom ash’yo solingach uni o‘rtasida teshigi bor maxsus qopqoq bilan berkitilgan. Bu tigellarning o‘tga chidamliligi 1650-1700 gradusga teng (Abdurazzakov, Bezborodov, 1966. S.157; Anarbaev, Reren, Maksudov, 2004. S. 39-42). Axsikent tigellari, asosan, yuqori sifatli po‘lat olish uchun foydalanilgan (Anarbaev, 1988. S. 183; Papaxristu, 1985).

Ikkinchi shahristonning ikki joyida shahar darvozasining o‘rni, to‘rtta asosiy shahar ko‘chalari, bosh bozor va to‘qqizta xovuzning joylanishini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi.

Rabod. Rabodning (tashqi shahar) qoldiqlari jarliklar orasida tepaliklar ko‘rinishida saqlangan. Uning asosiy qismi ko‘p yillik xo‘jalik ishlari davomida buzilib ketgan. O‘rta asrlarda rabod shaharning asosiy qismini tashkil qilib, 350 gektardan ziyod maydonni egallagan. Bu erda monumental binolar va bog‘-rog‘lar ko‘p bo‘lgan.

Axsi II rabodning g‘arbiy qismi bulib, u 5 ta ob’ektda (qazishmalar V, VI, X, XIII, XIV) o‘rganildi. Natijada, IX-XI asrlarga oid uy (V ob’ekt), mis eritadaigan pech (XIII ob’ekt) topildi va antik davrga oid qizil angobli sopol idishlar kolleksiyasi (VI ob’ekt) qo‘lga kiritildi.

Tadqiqotlar natijasida, Axsi II xunarmandlar qarorgohi sifatida miloddan avvalgi I asrning boshlaridan paydo bo‘lganligi aniqlandi. Bu erda avval kulollar, keyinchalik metallurg-temirchilar yashab mehnat qilganliklar. IX-XI asrlarda bu xududda monumental uy-joylar quriladi va XI-XII asrlarda esa metal eritadigan pechlar quriladi.

Axsi III - Sharqiy rabod, asosan, I va XVI ob’ektlarda o‘rganildi. 1960 yillarning boshlarida I-ob’ektda uchta arxitektura kompleksiga ega bo‘lgan klassik hammom qoldiqlari topilgan. Uning Sharqiy va g‘arbiy komplekslari murakkab muxandislik qurilishiga ega bo‘lib, yuvinish uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘rtasida uchinchi kompleks - dam olish olish xonalari joylashgan (Axrorov, 1970; Anarbaev, Axrorov, 1991).

Axsiket hammomiga o‘xshash hammom SHoxjuvor yodgorligida topilgan bo‘lib, u qoraxoniylar davriga mansubdir (Tixonin, 1990. S.198-206, ris.1). Bu davrga oid hammomlar Samarqand (Buryakova, 1986, S.168-171), Taraz (Bernshtam, 1940) va Nisoda (Pugachenkova, 1958. S.243-244) topilgan bo‘lib, ular er ustida joylashgan.

XVI ob’ektda pishiq g‘ishtdan svodli galereya ko‘rinishida bunyod etilgan erosti kanalizatsiya inshooti - tazar topilgan. Axsi III xududida g‘isht pishiradigan yirik xumdonlar, katta maydonni egallagan shahar axlatxonasi, VIII asrga oid madaniy qatlamlar va mudofaa devor qoldiqlari topib o‘rganildi.

Demak, Axsiket shahri joylashgan xududda (Eski Axsi) miloddan avvalgi X-IX asrlardayoq sug‘orma dehqonchilik yo‘lga qo‘yilgan ekan (Anarbaev, 2006. S.11).Miloddan avvalgi III asrning oxirlari II asrni boshida bu erda 40 gektardan ziyod maydonda shahar paydo bo‘ladi.Miloddan avvalgi II asrda 10 gektarli xunarmandlar shaxarchasi “rabod” vujudga keladi(Axsi II). Xitoy manbalarida (“SHitszi”, “Xanshu”) miloddan avvalgi II-I asrlarda Farg‘onaning (Davon) uchta poytaxt shaharlari: Ershi, YUchen, Guyshuan tilga olinadi (Bichurin, 1950. t. II. S.162-163,186). Ushbu shaharlarning lokalizatsiyasi bilan ko‘p olimlar shug‘ullangan. Asosiy e’tibor bosh poytaxt Ershining qaerda joylashganligiga qaratilgan. Ba’zi-bir olimlar uni O‘ratepa shahri o‘rnida bo‘lgan desa, boshqalari Qo‘qon shahri o‘rnida, deydilar (Bichurin, 1950; Borovkova, 1989). Lekin, ko‘pchilik olimlar Ershi – Mingtepa yodgorligi o‘rnida bo‘lgan, degan A.N.Bernshtam (Bernshtam, 1952) fikrini qabul qiladilar.

Eski Axsi yodgorligidagi arxeologik tadqiqotlar va yozma manbalarning tahliliy o‘rganish, Farg‘ona shaharlarining lokalizatsiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqoza qilmoqda. Jumladan, Farg‘onaning bosh poytaxti Ershi Eski Axsi (Axsiket) yodgorligi o‘rnida bo‘lgan, degan yangi fikr aytilmoqda (Anarbaev, 2001. S.11; Anarbaev, 2002. S.19). Bu xaqida quyidagi materiallar guvohlik beradi: birinchidan, Eski Axsi yodgorligi o‘rnidagi shahar topografik nuqtai nazardan to‘rt qismdan iborat bo‘lib (ark, ikki shahriston- Axsi IA, Axsi IB, prigorod – Axsi II) 50 ga maydonni egallagan; ikkinchidan, Eski Axsi o‘rnidagi shahar o‘ziga xos, monumental va mustaxkam fortifikatsiyaga ega bo‘lgan. Miloddan avvalgi II asrning oxiri choragi - I asrda Axsiket mudofaa devorlari mahobatli ko‘rinishga ega bo‘ladi, ya’ni uzog‘i bilan bir asr davomida uning qalinligi 20 metrga etadi (Anarbaev, 2004. S.21-24; Anarbaev, 2005. S.51).Buning hammasi Xitoy armiyasining Farg‘onaga qilgan yurishlari va undan keyingi qisqa davr ichida yuz beradi. Ayniqsa, Xitoy armiyasining harbiy yurishlaridan saboq chiqargan farg‘onaliklar bosh poytaxtning mudofaa holatini har tomonlama mustahkamlaydilar. Farg‘onaning boshqa yodgorliklarida Eski Axsi yodgorligidek mahobatli mudofaa istexkom yo‘q. Masalan, A.N.Bernshtam lokalizatsiya qilgan Ershi shahrining xarobasi Mingtepa (Marxamat) yodgorligida mudofaa devorlarning qalinligi 3,5 metrni tashkil qiladi xolos (Zadneprovskiy, Matbabaev, 1991. S.64, 67). Faqat shahar hayotining oxirgi davrlarida (III-IV asrlar) devorning qalinligi 7,5 metrga etadi (Abdullaev, 2004. S.45).

Eski Axsi yodgorligida madaniy qatlam yodgorlikning hamma joyida kuzatilgan. Mingtepada esa madaniy qatlam, asosan, yodgorlik ichida joylashgan tepaliklarda mavjud. Shu bilan birga Eski Axsi yodgorligidan topilgan moddiy-madaniyat namunalari, Mingtepadan topilgan topilmalarga nisbatan, boy va xilma-xildir. Sopol komplekslarining tahliliy o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, Mingtepa xududidagi shahar uzog‘i bilan miloddan avvalgi I asrda paydo bo‘lgan. Mingtepa arkining eng quyi qatlamlaridan olingan sopol idishlar shahar paydo bo‘lmasdan avvalgi qarorgoxga tegishli bo‘lishi mumkin. Agar Sharqshunos olim Pulliblankning, Guyshuan bu qadimgi Ershining keyingi atalishi, degan fikri to‘g‘ri bo‘lsa, unda bunga javoban Guyshuan shahri ham Eski Axsi o‘rnida bo‘lgan, deyish mumkin. Koson esa Farg‘ona podsholarining yozgi qarorgohi hisoblanib, u ham asosiy poytaxt singari Guyshuan, deb atalgan (Anarbaev, 2002. S.19; Anarbaev, 2005. S.53). V asrni oxirgi choragida (“Beyshi”) Davonni (Lona) bosh poytaxti avvalgidek Guyshuan deb atalgan.

VIII asrning birinchi choragida arab tarixiy manbalarida Farg‘ona vodiysi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ladi. Jumladan, at-Tabori 5 Farg‘ona shaharlarining nomini keltiradi: Xo‘jand, Koson, Bob, Quva va Farg‘ona (Tabari, 1987. S. 143, 159, 251, 269). Mug‘ tog‘idan topilgan sug‘d xatlarida ham Farg‘ona xaqida ma’lumotlar bo‘lib, unda Farg‘ona podshosi va Farg‘ona tutuki tilga olinadi (Livshits, 1962. S. 78-79, 85,117). A-14 xuquqiy dokumentda Panjikent xukmdori Divashtichning elchisi Fatufarn Farg‘ona podshosiga Divashtichning xatini Farg‘ona tutuki orqali yuboradi. Ushbu xatda vodiyning (9-8 qator) nomi bry’n(‘)k “Far(a)gana” yoki “Fragana”, deb tilga olinadi (Livshits, 1962. S.78,79,85). Demak, VIII asrning boshlarida vodiyning nomi bilan uning bosh poytaxti nomi bir hil bo‘lgan “Farag‘ona” yoki “Frag‘ona”.

Arab yilnomachilaridan Ibn Xordadbex qit’alararo savdo yo‘li Buyuk Ipak yo‘lining Farg‘ona orqali o‘tgan qismini ifodalaganda quyidagi shaharlarni tilga oladi: Xudjand, Bob (Pop), Farg‘ona, Kuba (Quva), O‘sh, Uzgend, Atbosh (Xordadbex, 1986, S.65). Ibn Xordadbexning yozishicha, Bob bilan Farg‘ona shaharlarini orasi 4 farsox, undan Quba shahrigacha 10 farsox bo‘lgan (Xordadbex, 1986, S.65). Agar yuqoridagi Ibn Xordadbex ma’lumotlarini chuqur tahlil qilib, uni xozirgi o‘lchov birliklari bilan qiyoslansa, unda Xordadbex tilga olgan Farg‘ona shahri Eski Axsi yodgorligi o‘rniga to‘g‘ri keladi. Demak, VIII- IX asrning birinchi yarmida Axsiket Farg‘ona, deb atalgan ekan (Anarbaev, 2000. S.110; Anarbaev, 2001. S.14 ). X asr manbalarida esa (Istaxri, Muqaddasi, Ibn Xauqal) ushbu shahar Axsiket (Axsikat), deb ataladi.

Axsiket somoniylar davrida Farg‘ona vodiysining bosh poytaxti hisoblanib, u Buyuk Ipak yo‘li chorraxasida joylashgan. Bu erda tanga pullar zarb qilingan (Davidovich, 1972. S.110-141). Bu davrda Axsiket Farg‘onaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi sifatida go‘llab-yashnaydi.

XI asrda Axsiketda zarbxona o‘z faoliyatini davom ettiradi; endi bu erda Qoraxoniylar davlati vakillari nomidan tanga pullar zarb qilinadi (Kochnev, 1975. S.129-130; Kochnev, 1979. S.128-129). XI asrning oxirgi choragidan qoraxoniylar davlati xududida tanga pullar zarb qilish keskin kamayib ketadi. Shu davrdan boshlab Axsiketda zarb qilingan tangalar uchramaydi. Lekin, arxeologik tadqiqotlarga qaraganda Axsiket qoraxoniylar davrida ham vodiyning asosiy iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lib qolavergan.

Xulosa qilib aytganda, Axsiketda X-XII asrlarda xunarmandchilik har tomonlama rivojlanadi. U metallurglar va temirchi ustalar shahriga aylanadi, ya’ni tajribali metallurglar temirdan toza sof po‘lat (fulad) ishlab chiqarish sirini bilganlar. Ustasi farang Axsiket xunarmandlari sof po‘latdan mashhur Damashq qilichlari nomi bilan mashhur bo‘lgan qurollar ishlab chiqarganlar. Bu qilichlar toshga ursa kesadigan, egilsa ham sinmaydigan sehrli qurollar hisoblangan (Anarbaev, 1998. S. 185). Bu davrda er osti vodoprovodlari va klassik hammomlar quriladi. XII asrning ikkinchi yarmi – XIII asrning boshlarida shaharning mudofaa devorlari qaytadan ta’mirlanadi, jumladan arkda harbiy arsenal – kazarma quriladi. Shahar 1219-1220 yillarda, mo‘g‘ullar istilosi natijasida, butunlay vayron bo‘ladi. Shundan keyin, Axsiket shahri yangi joyga - Yangi Axsi yodgorligi o‘rniga ko‘chadi.




Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish