Jahon tarixi kafedrasi


-mavzu: Farg`ona vodiysi shaharlari urbanizatsiyasi



Download 3,91 Mb.
bet68/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

11-mavzu: Farg`ona vodiysi shaharlari urbanizatsiyasi.

Reja:

1. Farg‘ona vodiysining ilk shahar madaniyati.

2. Dalvarzin shahar xarobasi. Chust yodgorligi.

3. Eylaton shahar xarobasi.



Asosiy qism:

Farg‘ona vodiysining ilk shahar madaniyati. Farg‘ona vodiysida qadimgi dehqonchilik madaniyati, ilk shaharlar va dastlabki davlatchilik shakllarini o‘rganishda so‘nggi bronza (jez) (miloddan avvalgi XII-VII asrlar) va ilk temir davri (miloddan avvalgi VII(?)-VI-III asrlar) arxeologik yodgorliklarining ahamiyati beqiyosdir. Bundan oldingi - qadimgi va o‘rta bronza davrlari yodgorliklari hozircha aniqlangani yo‘q, biroq o‘sha davrning ayrim topilmalari kam bo‘lsa-da uchrab turadi. Bularga Xok va Aflotun xazinalari, marmar toshdan yo‘nilgan tarozi toshlari (O‘sh muzeyi) va sig‘inish bilan bog‘liq So‘xdan topilgan tosh buyum kabilar kiradi (bu xaqda batafsil qarang: Voronets M.E., 1956; Zadneprovskiy YU.A., 1962. S. 52-56; tabl. XXXII; Kuzmina E.E., 1966.; Sorokin S.S., 1960; Frankfor A.-P., 1989. S. 211).

So‘nggi bronza davrida vodiyda ikki xil xo‘jalik turiga kiruvchi madaniy an’analar bo‘lgani aniqlangan: birinchisi cho‘l-dasht bronza davriga taalluqli Qayroqqum madaniyati, ikkinchisi dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholiga tegishli Chust madaniyati hisoblanadi. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, vodiyda dehqonchilik madaniyati miloddan avvvalgi II ming yillik oxirgi choragidan paydo bo‘lgan. Bu davrda dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholi qoldirgan yodgorliklar birinchi topilgan makon nomi bilan Chust madaniyati deb yuritiladi. Bu madaniyat sohiblari erni haydab sug‘orishning eng sodda shakllaridan foydalangan holda xo‘jalik yuritganlar. Xususan, bu fikrni tasdiq etuvchi Saymalitosh (Farg‘ona tog‘ tizimi) va So‘x yaqinidagi Yangiariqsoyning qoyatosh rasmlari ichida er haydayotgan kishilar tasviri ajralib turadi (Tashbaeva K.I., 1999. S. 72-75; Xujanazarov M., 1989. S. 50-51). Mutaxassislar fikricha, Farg‘onada mayda vohalarda sug‘oriladigan va lalmi dehqonchilikka asoslangan xo‘jalikda xonaki chorvachilik (balki yaylov chorvachiligi? –M.B.) ham bo‘lgan (Andrianov B.X., 1968). Vodiydagi qadimgi bobodehqonlarimiz makonlari suv bo‘yidagi unumdor erlarning o‘zlashtirilishiga qarab, alohida voha yoki guruh tarzida (ikki va undan ortiq yodgorlik) joylashgan. Vohalar yoki yirik yodgorliklar orasidagi masofa 20-30 km.ga borgan, bu oraliq - otning bir yurishiga yoki tuyaning bir kunda bosib o‘tadigan yo‘liga teng bo‘lgan. Ana shunday vohalar Farg‘ona vodiysining 15 ta geografik rayonida topib o‘rganilgan (Zadneprovskiy YU.A., 1978. S. 11-12). Qayd etilan vohalar vodiyning asosiy suv “arteriyalari” bo‘yida yoki ularning suv havzalarida o‘rnashganlar. Bular G‘ovasoy, Kosonsoy, Moylisuv, Ko‘gart, YAssi, Qurshobsoy, Oqburasoy, Arovonsoy va boshqalar. Bobodehqonlar tabiiy ravishda, suv chiqqan joylardan tashqari, ko‘p xarajat va kuch ketmaydigan mo‘‘jaz kichik kanallar (ariqlar) ham bunyod etganlar. Buni Dalvarzinning va Ashqoltepaning asosiy suv manbasi bo‘lgan Qoradaryogacha bo‘lgan masofa tasdiq etadi. Chunki Qoradaryo bilan Dalvarzin orasida masofa 3-4 km bo‘lsa, Ashqoltepa daryodan 500-700 metr uzoqlikda joylashgan. Chust madaniyati yodgorliklari davriy jihatdan ikkiga bo‘linadi: birinchi bosqich miloddan avvalgi XII-IX asrlar; ikkinchi bosqich miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga tegishli (Matbabaev B.X., 1999. S. 54).



Qadimgi dehqonchilik yodgorliklari vodiyning shimol va asosan Sharqiy qismida joylashgan (Matbabaev B.X., 1985). Sharqiy Farg‘ona vodiyning boshqa qismlariga nisbatan jadalroq o‘zlashtirilgan ko‘rinadi va dehqonchilik ushbu xududda ildamroq rivoj topgan. Chunki shu paytgacha aniqlangan 80 dan ortiq yodgorlikning 62 tasi aynan Sharqiy tomonda o‘rnashgan (Zadneprovskiy YU.A., 1991. S. 188). Demak, so‘nggi bronza va ilk temir davri yodgorliklarining aksariyati Sharqiy Farg‘onada qayd etilgan va aynan ilk shaharsozlik belgilarini o‘zida mujassam etgan bir necha yodgorliklar xuddi shu Qoradaryoning boshlanishi va o‘rta oqimida joylashgan. Chust madaniyati yodgorliklari ichida Dalvarzin (25 gektar), Ashqoltepa (13 ga), Chust (5 ga), Dehqontepa (5 ga) va Xo‘jambog‘ (4 ga) alohida ahamiyat kasb etadi. Tilga olingan yodgorliklar Farg‘ona vodiysidagi urbanistik jarayonlarni o‘rganishda birlamchi manbalar bo‘lib xizmat qiladi. Chunki ushbu yodgorliklarda ilk shaharlarning arxeologik belgilari aniqlangan (Zadneprovskiy YU.A., 1974. S.34). Ta’kid joizki, qadimgi shaharlar mavjud dehqonchilik vohalarining diniy-madaniy, iqtisodiy va hunarmandchilik markazlari sifatida paydo bo‘lgan (Matbabaev B. X., 2004. S. 28). Quyida Farg‘ona vodiysidagi qadimgi shaharlar va ular bilan bog‘liq arxeologik komplekslar tahlili bayon etiladi. Dalvarzin shahar xarobasi – nafaqat Farg‘ona vodiysi va balkim O‘rta Osiyodagi so‘nggi bronza va ilk temir davri yodgorliklari ichida eng kattasi va muhimi hisoblanadi. YOdgorlik Andijon viloyati Jalolquduq tumani Oyim qishlog‘idan 2 km Sharqda Dalvarzin mahallasining quyi qismida joylashgan. Maydoni 25 ga, madaniy qatlami qalinligi 4 metrga etadi. Dalvarzinda 1952 yildan boshlab 16 dala mavsumi mobaynida Sankt-Peterburglik arxeolog YU.A. Zadneprovskiy qazishma ishlarini olib bordi. Tekshirish ishlari asosan yodgorlikning markaziy qismida va Sharqiy mudofaa devori tomonlarida amalga oshirildi. Tadqiqotlar natijasida Dalvarzinning uch qismdan iborat ekanligi va har biri alohida mudofaa devorlari bilan o‘rab olingani aniqlangan. YA’ni, shahar xarobasi uch tarkibiy qismli va ular Dalvarzin I, II, III deb nomlangan. Arxeologik tekshirishlar natijasida har bir bo‘lakning funksional vazifasi aniqlangan.

Dalvarzin I (D I) – (maydoni 18 ga) aholining asosiy yashash joyi.

Dalvarzin II (D II) – (maydoni qariyib 5 ga), uy-joylarni uchramasligi va madaniy qatlamlarni unchalik qalin emasligiga qaraganda, bu bo‘lak chorva mollarining yoki xavf xatar tug‘ilganda atrof aholining jon saqlaydigan joyi vazifasini bajargan.

Dalvarzin III (D III) – (maydoni 2 ga yaqin ) shimoli-g‘arbiy qism, alohida ajratib olingan va kuchli mudofaa devorlari bilan himoyalangan, bu erda ark joylashgan.

Qazishmalar paytida Dalvarzin I va II qismlarida uy-joy qoldiqlari deyarli har uchala qurilish bosqichlarida kovlab ochilgan. Eng quyi qatlamda uch xil yashash joylari qazib o‘rganilgan:

1 - xil – sinch uylar. Bunday uylar Chustda va Dalvarzinda qayd etilgan. Faqat bu yodgorliklardagi sinch uylar bir birlaridan o‘lchamlari yoki bajargan vazifasiga bilan farq qilishi mumkin. Sinch uylar Farg‘ona vodiysi sharoitida aynan shu davrdan boshlab ma’lum va bu qurilish an’anasi to hozirgi vaqtga qadar davom etib kelmoqda. Sinch uylarga eng yaqin o‘xshashlik Sharqiy Turkistondagi arxeologik komplekslarda uchraydi. Jumladan, Xo‘tan va Lobnordagi ilk o‘rta asrlar mudofaa devorlaridan tashqari barcha qurilishlarda sinch konstruksiyasidan keng foydalanilgan. Sharqiy Turkiston me’morchiligida sinchli uylar qurilishining to‘rt xili qayd etilgan (Litvinskiy B.A., 1987. S. 190-193).

2 - xil – paxsa va g‘ishtdan tiklangan uylar. Alohida joylashgan ( o‘rta qurilish bosqichida 5x8 m o‘lchamli shunday uy ochilgan) va bir necha xonalardan tashkil topgan kompleks uylar kovlab o‘rganilgan. Har bir kompleks uch yoki to‘rt xonadan iborat bo‘lib, maydoni 140 kv. m.gacha borgan. 11 xonadan iborat uchta kompleks arkdagi qazishmalardan ma’lum. Hammasidan ham o‘rtasida zali (o‘lchami 7,2X7 m) bo‘lgan to‘rt xonali kompleks yaxshi saqlangan. 2 - xil uy-joylar Chustda stratigrafik jihatdan bir oz keyingi qatlamlarda, masalan, yuqori qurilish bosqichida uchraydi. Dalvarzinda esa barcha qurilish bosqichlarida qayd etilgan.

3 - xil - erto‘lalar. Dalvarzinda bu xil uy-joylar ancha mukammal o‘rganilgan. 1-erto‘la yodgorlikning shimoli-g‘arbida aniqlangan. Rejasi to‘rtburchak shaklida, ostki qismi materik qatlamda kovlangan, maydoni 60 m2. Devorlari qisman g‘ishtdan urilib, ustidan suvalgan. Erto‘la markazida rejasi to‘rtburchakli maxsus o‘choq va uning har bir burchagida ustun tiklangan (ustun o‘rni chuqurchalari saqlangan). Erto‘la devorlarining boshqalardan farqlanishi va maishiy o‘choqning yo‘qligi YU.A. Zadneprovskiyga bu joyni olovni ulug‘lash bilan bog‘liq diniy ibodat o‘tkaziladigan erto‘la deb xulosalashga olib keldi (Zadneprovskiy YU.A., 1975. S. 116-118). 2-erto‘la oldingisi bilan bir biriga yaqin joyda o‘rnashgan. Qisman ochilishiga qaramay, u oldingisidan bir oz farqlanadi. Masalan, g‘ishtdan tiklangan Sharqiy devori ostidan bir necha ustunlar o‘rni aniqlangan. Ayrim belgilariga binoan bu erto‘la yashash uchun qurilgan.

So‘nggi bronza davrining erto‘lalarini bajargan vazifasiga ko‘ra ikki guruhga birlashtirish mumkin:


  1. YAshashga mo‘ljallangan erto‘lalar. Bular ham o‘z navbatida a) to‘rt kolonnali va markaziy mo‘risi mavjud bo‘lgan (maydoni 40-80 kv.m); b) rejasi yumaloq va maydoni 10-12 kv.m.

  2. Ishlab chiqarish uchun qurilgan xo‘jalik erto‘lalari.

Bu davr uy-joylari tahlilining yakunida quyidagilarni ta’kid etish zarur. Sinch uylar va erto‘lalar cho‘l-dasht bronza davri aholisi me’morchilik an’analari ta’sirida paydo bo‘lgan bo‘lishi kerak. Bunday yodgorliklarga Qayroqqum makonlari, Vodil, YApag‘i, Qoramko‘l, Dahana, Dashti Asht mozor-qo‘rg‘onlari kiradi. Yuqorida tilga olingan Sharqiy Turkiston “sinch uylar konstruksiyasi” ham O‘rta Osiyoning shimoli-Sharqiy hududlariga borib taqaladi. Paxsa va g‘ishtdan tiklangan uylar janubiy xududlardagi dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholi uysozlik an’analariga taqlidan qurilgan.

Dalvarzin mudofaa inshootlari yaxshi o‘rganilgan. Shaharning ikkita tashqi va bitta ichki mudofaa devorlari aniqlangan va ular shaharni uch qismga bo‘lib turadi. YU.A. Zadneprovskiy bergan ma’lumotlarga asosan devorlar qurilishida quyidagi usullar qo‘llanilgan:



  1. G‘ishtdan terilgan.

  2. Paxsa bloklaridan tiklangan.

  3. Ikki tomoni g‘ishtdan “g‘ilof” qilinib, o‘rtasi to‘ldirilgan (Zadneprovskiy YU.A., 1976. S. 3-13). Qurilish materiali sifatida guvalalardan foydalanilgani qayd etildi (Zadneprovskiy YU.A., 1962. S. 257. Tabl. X). Quyida har bir mudofaa devorini alohida ko‘rib chiqamiz.

Dalvarzin I – 18 gektarlik maydonni egalagan va tuproq marzalaridan (tuproq uyumi yoki ko‘tarma devor) bunyod etilgan devor bilan o‘rab olingan. Devorning uch joyidan ko‘ndalangiga qirqib ko‘rilganda, mudofaa inshotlari madaniy qatlamlar ustiga qurilgan tagkursida (platforma) tiklanganligi aniqlandi. Tagkursi ustiga ikki tomoniga g‘ishtlardan “g‘ilof” qilinib, ichiga tosh (eni 60 sm), g‘isht parchalari va loy bilan to‘ldirilib, salobatli devor qurilgan. Devor qalinligi 4-6 m, balandligi 2,5 m. Ushbu devorning yana bir bo‘lagi boshqacharoq tarzda qurilgan. Bu devor madaniy qatlamlar ustiga paxsa bloklari (o‘lchamlari 50X50, 40X30 sm) yordamida bunyod etilgan. Devor qalinligi o‘rtacha 4 m, balandligi 1,25 m. Ushbu devorga parallel etilib, undan 2 metr uzoqlikda ikkinchi devor 1,2 m. qalinlikda tiklangan. Bu devor birinchi devorni mustahkamlash uchun qurilgani aniq. Har ikki devor orasi tuproq, g‘isht, kesak va boshqalar bilan to‘ldirilgan va bu devorning umumiy qalinligi 8 metrni tashkil etgan.

Sharqiy qism yoki Dalvarzin II da 5 gektar maydon mudofaa devori bilan himoyalangan. Ammo bu devor yaxshi saqlanmagan, u ham birinchi devor kabi quyi madaniy qatlam ustiga qurilgan. Qalinligi 4 metr va saqlangan balandligi 1 metr.

Dalvarzin III yoki ark – shimoli-g‘arbiy bo‘lakni (maydoni 2,2 ga) uchinchi mudofaa deori himoya etib turgan. Bu devori 60-80sm.li madaniy qatlam ustida qora va ko‘kish rangli devg‘ishtlardan qurilgan. Devor qalinligi 2,5 metr va saqlangan balandligi 2,6 metr.

Qazishmalar mudofaa devorlari yodgorlik tarixida quyidagi rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tganligini ko‘rsatmoqda:

I bosqich, shaharning mudofaa devorlari qurilgunga qadar davri va eng quyi madaniy qatlamlarning 50-80 sm qalinlikda to‘planishi;

II bosqich, mudofaa devorlarining qurilishi, ulardan faol foydalanish va ta’mirlash davri va bu oraliqda 2,5 – 4 metr qalinlikda madaniy qatlamlar yig‘iladi;

III bosqich, mudofaa devorlarining buzilib ketishi va yodgorlikda hayotni to‘xtashi hamda uning tashlandiq holga kelib qolishi. Bunga eng yuqori qismdagi qalinligi 60 sm. gacha bo‘lgan madaniy qatlamlar kiradi. Qazishma mualliflari fikricha, mudofaa devorlarini bunday davrlashtirish shahar qurilish bosqichlariga zid kelmaydi (Zadneprovskiy YU.A., 1962. S. 19; On je: 1976. S.10).


Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish