Jahon tarixi kafedrasi



Download 3,91 Mb.
bet71/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

Eylaton shahar xarobasi (mahalliy aholi Shahri Haybar deb ham ataydi) Haqqulobod temir yo‘l stansiyasidan 1,5 km Sharqda, hozirgi Eylaton qishlog‘i (Andijon viloyati) yaqinida joylashgan. YOdgorlik juda qattiq shikastlangan va hozirda ichki mudofaa devorlarining bir qismi va ichki shaharning bir necha tepaliklari saqlangan, xalos. Holbuki, o‘tgan asrning 30-yillarida laningradlik arxeolog B.A. Latinin yodgorlikni tekshirgan paytda shaharning ikki qator mudofaa devori yaqqol ko‘rinib turgan. Ichki shahar maydoni 500X400 metr va tashqi devor undan 500 metr masofada aniqlangan. Shulardan kelib chiqib, ichki shahar maydoni 20 gektar, tashqi shaharniki 200 gektar, deb olinadi. Arxeologik qazishmalar natijasida mudofaa devorlarining balandligi 4 metrgacha saqlangani va har 50-60 metrda kuzatuv minoralari (burjlar) bo‘lganligi aniqlangan. Faqat ichki shaharning ayrim tepaliklaridagi qazishmalarda aholining xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar to‘plangan. Ana shu tepalarning birida 1934 yili yuqorida tilga olingan B.A. Latinin 42 m2 o‘lchamli maydonda qazishma o‘tkazgan (Latыnin B.A. 1961. S. 112). Qurilish qoldiqlari aniqlanmagan. Ammo birinchi bor arxaik sopollar majmuasi to‘plandi va ular ikki davriy sanaga ajratildi: 1) Quyi qatlam (B.A. Latinin ularni miloddan avvalgi III ming yillik deb noto‘g‘ri sanalangan); 2) Yuqori qatlam ( V-VIII asrlar). Keyinroq, 1952 yili Pomir-Farg‘ona ekspeditsiyasi tarkibida ishlagan YU.A. Zadneprovskiy ichki shahar qismida qazishmalar olib borib, quyi qatlamga tegishli cho‘zinchoq xonaning ikki devori qoldiqlarini 50 sm. balandlikda ochgan. Ish jarayonida eylaton xilidagi bo‘yoq bilan naqsh solingan va qizil angobli sopollar topildi. Bu materiallarni Chust madaniyati sopollari bilan solishtirib, YU.A. Zadneprovskiy Eylaton madaniyati degan yangi arxeologik kompleksni asoslab berdi va miloddan avvalgi VII-IV asrlarga tegishli deb ko‘rsatdi (Zadneprovskiy YU.A. 1962. S. 167).

1960-1963 yillari moskvalik T.G. Oboldueva Eylatonda qazishma ishlarini olib bordi va 2X3,7 metrga teng kichik bir xonani kovlab ochdi (Oboldueva T.G., 1962. S. 45). Ushbu muallif ichki shaharning mudofaa devorini, undagi burjni va shahar darvozasini tadqiq etdi. Burj tagkursi ustiga devg‘ishtlardan va to‘rtburchak rejali qilib qurilgan (o‘lchamlari 10X10 m). Burj bilan qurilgan devor eni 4 metr va ular 3,5 metr balandlikda saqlangan. Burj yaxlit xolda qurilgan faqat darvoza oldida 3X2 metrli xona unga qirqib kurilib yasalgan. Xona polidan topilgan sopol namunasi burj va devorni qurilish davrini yodgorlik ilk davri bilan belgilashga olib keldi (Oboldueva T.G., 1981. S.192). Burjning ta’mir qatlamlaridan topilgan materiallarni qizil angobli sopol buyumlarning ilk davriga to‘g‘ri kelishini hisobga olib T.G. Oboldueva Eylatonni miloddan avvalgi III asr bilan belgiladi. Bu vaqtda qadar Eylaton-Oqtom madaniyati yodgorliklari miloddan avvalgi VI-III asr bilan belgilanar edi (Oboldueva T.G. 1981. S.184). Bu davrlashtirishni Eylatonda 1988-1989 yillari ish olib borgan S.S. Qudratov qo‘llab quvvatladi (Kudratov S.S., 1990. S.21). Ammo bu davrlashtirishning bir zaif tomoni bor. Sabab, YU.A. Zadneprovskiyda topilgan qadimgi davr sopollari (bo‘yoq bilan naqsh solingan) na T.G.Obolduevada, na S.S. Qudratovda topilmagan. Ushbu materiallarning mavjudligi Eylaton miloddan avvalgi III asrdan ham oldin bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ammo Eylaton shahrining paydo bo‘lishi va uning devorlari qurilishi tortushuvli bo‘lishiga qaramay, u maydoni va mukammal mudofaa tizimi bilan miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalaridagi Farg‘ona tarixida yirik shahar sifatida o‘z o‘rniga ega.



Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish