Jahon tarixi kafedrasi


Toshkent qadimda va o‘rta asrlarda



Download 3,91 Mb.
bet64/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

Toshkent qadimda va o‘rta asrlarda. Toshkent shahri va vohasining muqaddas tuprog‘i, butun yurtimiz zamini kabi, dunyodagi eng qadimiy sivilizatsiya beshiklaridan biri hisoblanadi. Bu erda olti yuz ming yildan ziyod vaqt avval madaniy hayot nishonalari paydo bo‘la boshlagan - daryo sohillari hamda buloqlar atrofida aholi manzilgohlari yuzaga kelgan. Arxeologlar tomonidan o‘rganilgan qadimiy Qo‘lbuloq va Obirahmat manzillari shunday xulosa chiqarishga asos beradi. Xususan, bundan 90-50 ming yillar oldingi davrlarga mansub Obirahmat g‘oridan topilgan mehnat qurollari, odam suyaklarini o‘rganish natijasida O‘rta Osiyo hududidagi qadimiy jamoalarning migratsiyasi va ularning neandertal tipdagi kishilar bilan aralashib ketgani to‘g‘risida katta ahamiyatga molik ilmiy kashfiyot qilindi. Miloddan avvalgi III ming yillikdan boshlab vohadagi chorvadorlar ruda konlarini o‘zlashtirib, metall eritish, jezdan mehnat va jang qurollari yasashni o‘rgangan.

Bundan uch ming yilcha muqaddam Toshkent vohasida, Ohangaron daryosining o‘ng irmog‘i - Burganlisoy sohilida ilk dehqonchilik jamoalari paydo bo‘lgan, arxeologlar ularning madaniyatini burganli madaniyati, deb atashgan. Hozirgi Tuyabo‘g‘iz suv ombori o‘rnida qishloqlar ko‘p bo‘l­gan. Aholi soni ko‘paygach, odamlar kun kechirish uchun qulay hududlarni izlab ketgan. Shu tariqa Chirchiq daryosining Kurkuldak va Jo‘n irmoqlari oqimidagi erlar, janubda esa Sirdaryo bo‘ylari o‘zlashtirilgan. Bo‘lajak Toshkent shahri hududida ham shunday manzilgohlar yuzaga kelgan. Shulardan biri CHoshtepa ko‘chasi bo‘ylab Jo‘n arig‘i yoqasida joylashgan Shoshtepa shahristoni edi.

Toshkent hududida dastlabki shaharsozlik an’analari 2200 yil avval yuzaga kelgan. Toshkent vohasining qulay tabiiy va gidrografik sharoiti dastlabki milodiy asrlardan boshlab turli manzilgohlar, shu jumladan, shaharning jadal rivojlanishiga ko‘maklashgan. Salor kanali bo‘yida joylashgan Mingo‘rik shahristonidagi manzilgoh mudofaa devori va qal’asiga ega bo‘lgan haqiqiy shaharga aylangan.

Sirdaryo - Yaksart zonasi miloddan avvalgi dastlabki asrlardan boshlab Qang‘ davlati tarkibiga kirgani fors va xitoy manbalaridan ma’lum. Toshkent vohasi miloddan av­valgi III asr oxiri va II asrlarda uning tarkibiga kirgan. Qang‘ning urbanizatsiyalashgan negizi, ehtimol, asta-sekin shu tomonga siljib kelgan, shundan so‘ng YUeni uning qishki poytaxtiga aylangan. Sirdaryo sohili yaqinida, hozirgi Toshkentdan 70 kilometr janubi-g‘arbda qad ko‘targan Qanqa shahristoni uning poytaxti bo‘lgan. Bu nafaqat Toshkent vohasida, balki butun Sirdaryo vodiysida ham antik davrga mansub eng qadimgi va yirik shahar markazidir. Milod­ning ilk asrlarida shahar poytaxtga aylanib, Choch (xitoycha SHi, CHjeshi) nomini olgan. Bu paytda CHotqol va Qurama tog‘ tizmalaridan oltin, kumush, mis, chaqnoq toshlar jadal qazib olina boshlagan. Chirchiq daryosi vodiysi jadal o‘zlashtirilgan va Mingo‘rikdagi shahar Qang‘ning yirik savdo hamda diniy markaziga aylangan.

«Choch» nomi ilk bor 262 yilda Eron shohi SHopur Birinchining g‘alabasi munosabati bilan bitilgan fathnomada qayd etilgan. Fathnomada sosoniylar saltanati tarkibiga kirgan shaharlar va mulklar tilga olingan. Choch nomi Chochning o‘zida zarb qilingan tangalarda ham, So‘g‘d tangalarida ham uchraydi. Sharqshunoslarning ko‘pchiligi Choch atamasi xitoy manbalarida «shi» - «tosh» sifatida berilganiga asoslanib, uni «tosh shahar», «tosh qal’a» deb atashgan. Lekin shahar nomining bunday talqini ishonchli emas, chunki vohada toshdan qurilgan shahar devori ham, toshdan yasalgan o‘tish joylari ham bo‘lmagan. «SHi» - tosh so‘zi qurilish materialini emas, balki qimmatbaho toshni ham bildirgan bo‘lishi mumkin. Qadimgi turkiy tilda «Choch» (ses) so‘zi shunchaki asl toshni emas, balki feruzani ham anglatadi. Xitoyliklar feruzani «eron chaqnoq toshlari» deb atash­gan. Choch tog‘larida arxeologlar qadimgi ulkan feruza koni -O‘ngurlikon qoldiqlarini topishdi. Bu konda chaqnoq toshlar milodning dastlabki asrlaridan boshlab qazib olingan. Bularning barchasi Choch feruza toshga boy o‘lka si­fatida mashhur bo‘lgan va bu keyinchalik uning turkiycha nomi - «Toshkent»da ham o‘z aksini topgan, deb hisoblashga asos beradi.

Chochning iqtisodiy o‘rni qanchalik muhim bo‘lganini ko‘rsatadigan yana bir dalil milodiy I—III asrlarda bu davlatning o‘z tangalarini zarb eta boshlagani bilan bog‘liq-Toshkent vohasidan topilgan mingdan ziyod tanga bu fikrni tasdiqlaydi.

VI asrning o‘rtasida Choch turk hoqonligi tarkibiga kir­gan, VII asr boshida esa vohaning poytaxti, aftidan, siyosiy vaziyat tufayli, Qanqadan Mingo‘rikdagi shaharga ko‘chgan.

Ilk o‘rta asrlarda Toshkent mikrovohasida, ya’ni hozirgi Toshkent hududida 4 ta shahar, 20 ta qasr va qishloqdan iborat ma’muriy hudud shakllangan. Poytaxt shahar - Madinat ush-Shosh ular orasida markaziy o‘rin tutgan. Mingo‘rik shahristonida xarobalari saqlanib qolgan bu shahar IX-X asrlarga oid arab tilida bitilgan manbalarda shunday atalgan. Arab alifbosida «ch» harfi bo‘lmagani uchun «Choch» «Shosh» shaklini olgan.VII-VIII asrlarda Mingo‘rikdagi shahar bag‘oyat ravnaq  topgan. Uning atrofida aholisi gavjum keng hudud yuzaga kelgan bo‘lib, bu hudud hozirgi Toshkent shahrining markaziy qismida joylashgan.

Chochning Buyuk ipak yo‘lidagi xalqaro savdo aloqalariga faol qo‘shilgani uning madaniy-iqtisodiy salohiyati rivojida beqiyos ahamiyat kasb etadi.         

Ilk o‘rta asrlarda, ayniqsa, turk hoqonligi davrida Chochda savdo munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilgan. Bu paytda Buyuk ipak yo‘lining asosiy savdo yo‘llari So‘g‘d poytaxti taxti - Samarqanddan bevosita Choch poytaxtiga borib, u erdan Sharqqa - Iloqning ruda va metallurgiya markazlariga hamda hozirgi Janubiy  Qozog‘iston va Xitoy hududlariga qarab tarqalib ketgan.

Arxeologik qazishmalar natijasida Chochda chilangarlik, zargarlik, suyaktaroshlik, qurilish, kulolchilik kabi hunarmandlik turlari rivojlangani ma’lum bo‘ldi. Yozma manbalarga qaraganda, Choch qalqon, Shoshiy egarlar, ot abzallarini tayyorlashda qo‘llanadigan teriga ishlov berish san’ati bilan ham mashhur bo‘lgan. Bu erdan charm kiyim va chodirlar tovar sifatida Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab tashilgan. Misr, Qora dengiz bo‘yi, Xitoy va Vizantiyadan keltirilgan buyumlar hamda tangalarning topilishi Chochda savdo-sotiq bilan bog‘liq faoliyat jadal rivojlanganidan dalolat beradi.    

Bu davrda shaharlar faol ravnaq topadi hamda Sharq va Yevropa mamlakatlari, shuningdek, Tanlar hukmron bo‘lgan. Xitoy bilan savdo aloqalari jadal rivojlanadi. X asr Sharq geograflari Istaxriy, Ibn Havqal va Maqdisiy Movarounnahrning juda muhim iqtisodiy mintaqalaridan biri bo‘lgan Choch-Iloq boyliklarini hayrat bilan tavsif-lashgan. «Turkiston hududida joylashgan barcha viloyatlar ichida Shoshdan ko‘ra ahamiyatliroq bironta viloyat yo‘q. Shosh va Iloq bir-biri bilan bog‘liq», deb yozgan Istaxriy.

VIII asrda arablar Chochga kirib kela boshlagan. IX-X asrlarda shahar yana somoniylar, XI-XII asrlarda esa qoraxoniylar davlatining eng yirik iqtisodiy markazlaridan biriga aylanadi U avvalgidek Shosh, Madinat ush- Shosh deb yuritilgan. IX-X asrlarga oid arab yozma manbalarida uning yana bir nomi Binkat deb qayd etilgan. Shahar hozirgi Toshkentning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan, markazi CHorsu, Eski Jo‘va va Navoiy ko‘chalari oralig‘ida bo‘lgan. Arab manbalarida ta’riflanishicha, Binkat yirik ma’muriy va savdo-hunarmandchilik markazi, suvga serob shahar bo‘lgan.     

IX-X asrlarda Binkat iqtisodiy jihatdan jadal yuksalib, XI asrga kelib juda ravnaq topadi. Yevropadan Xitoygacha asosiy savdo aloqalari Shosh orqali amalga oshirilgan. CHotqol va Qurama tog‘laridagi konlardan aynan shu davrda ruda faol qazib olingan va bu temirchilik rivojiga ko‘maklashgan. Kumush shu qadar jadallik bilan qazib olinganki, kumush tanga - dirhamlar shaharlardagina emas, balki konlardagi zarbxonalarda ham zarb qilingan hamda savdo yo‘llari orqali G‘arbiy Yevropa va Skandinaviyagacha etib borgan.

Arab sayyohlari, geograflari hamda tarixchilari Istaxriy, Ibn Havqal va Maqdisiy gilamdo‘z, shishasoz, shoyi to‘quvchi ustalar, ayniqsa, kulollar san’ati yutuqlarini yuqori baholashgan. Shoshda o‘ta rang-barang epigrafik, handasaviy, islimiy, zoomorf bezaklar bilan ajralib turgan sirkor sopol buyumlar tayyorlanishi natijasida IX-X asrlarda uy-ro‘zg‘or idishlari chinakam islomiy san’at namunasi darajasiga ko‘tarilgan.

Shoshning poytaxti, avval ma’lum bo‘lgan Binkat nomi bilan bir qatorda, «Toshkand» nomi bilan ilk bor X asr oxirida Abu Rayhon Beruniy asarida qayd etilgan. XI asrning ikkinchi yarmida «Toshkand» nomi buyuk qomusiy alloma Mahmud Qoshg‘ariy asarida uchraydi. Shosh so‘zi esa XVIII asrgacha Toshkent nomi bilan barobar ishlatib kelingan.

IX asrning oxiri - X asrning boshidan Toshkent islom madaniyatining yirik markazi sifatida rivojlanib, bu zamindan buyuk islom ulamolari etishib chiqa boshlaydi.

Toshkentda tug‘ilib o‘sgan, Hazrati Imom nomi bilan shuhrat topgan, fiqh va hadisshunoslikka oid asarlari butun musulmon olamida hozirga qadar ham mashhur bo‘lib kelayotgan Abu Bakr Muhammad Qaffol Shoshiy (976-977 yilda vafot etgan) shunday allomalardan biridir.

X asrda Shoshda islom madaniyatining yana bir namoyandasi - Xo‘ja Alambardor (Rasulullohning bayroqdori)dir. Shuningdek, bu er da musulmon ilohiyoti sohasida butun bir maktab ish olib borgani haqida ma’lumotlar bor.

O‘sha davrda Binkatda ham, boshqa musulmon mamlakatlaridagi singari, islom an’analari ruhidagi monumental me’moriy inshootlar qurila boshlaydi. X asrda Istaxriy va Ibn Havqal shaharning bosh jome masjidi ark devori yaqinida joylashganini qayd etgan. X asrdan boshlab shaharda mashhur ulamolar, “shayx va imomlar qabriga dastlabki maqbaralar   qurishga   kirishiladi.   O‘rta   asrlarda shahar atrofidagi qishloqlarda ham aziz-avliyolar qabrlari negizida me’moriy majmualar yuzaga keladi.

Toshkentning g‘arbida,   shahar tashqarisida   joylashgan   Ko‘yi   Orifon  (Donishmandlar    mahallasi) shunday qishloqlardan biri edi. SHayx Zayniddin bobo nomi shu qishloq bilan bog‘liq. 1214 yilda tavallud topgan alloma tasavvufdagi suhravardiya tariqatining asoschisi shayx SHahobiddin Abu Xoja Suhravardiyning farzandidir. Rivoyatlarga ko‘ra, SHayx Zayniddin bobo hozir   ham   saqlanib   qolgan chillaxonada umrguzaronlik qilgan. Vafotidan so‘ng qabri ustiga chortoq qurilgan. Binkat va Toshkent IX-X asrlarda musulmon madaniy qadriyatlari tizimiga shu tariqa uzviy ravishda ko‘shilgan.

Sirdaryo bo‘yidagi boshqa shaharlar qatori mo‘g‘ullar tomonidan g‘oyat shafqatsizlik bilan vayron qilingan Toshkent XIII asrning o‘rtalariga kelib tiklana boshlaydi Savdo munosabatlarining jonlanishi va zarbxonalar faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani shundan dalolat beradi.

Movarounnahrda markazlashgan davlatga asos solgan Sohibqiron Amir Temur shimolga yurishlari paytida Toshkentga bir necha bor kelgan. Uning davlat siyosatida Sirdaryo bo‘yidagi shaharlar saltanat sarhadlarining tayanch istehkomlariga aylangan. Bu mintaqada dehqonchilik xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, shaharlar, jumladan Toshkentning mudofaa devorlarini tiklash yoki qayta qurish hamda qo‘shimcha qal’alar barpo etishga alohida e’tibor beriladi. Sohibqiron Toshkentda so‘nggi bor 1404 yilda bo‘ladi. Bundan avval u ulkan saltanatining shimoli-Sharqiy uluslarini nabiralari - SHohruhning o‘g‘illariga taqsimlab beradi. Sirdaryo bo‘yidagi shaharlar va markazi Toshkent bo‘lgan hudud alohida viloyatga ajratilib, to‘qqiz yashar Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekka ulus qilib be­riladi. Sohibqiron vafotidan keyin Movarounnahrning shimoli-Sharqiy darvozasi bo‘lib xizmat qilgan Toshkent Ulug‘bekka bo‘ysundiriladi, XV asr oxirida esa temuriy shahzoda Umarshayx, so‘ng YUnusxon tasarrufiga o‘tadi.

XVI asr boshida, aniqrog‘i, 1503 yildan boshlab Tosh­kent, Movarounnahrning boshqa shaharlari singari, Shayboniyxon tomonidan fath etiladi. U Jonibek sultonni Toshkent hokimi etib tayinlaydi. Keyinchalik shaharni Ulug‘bekning nabirasi Suyunchxo‘jaxon (1509-1524) boshqaradi. Shahar uning avlodlari qo‘lida Abdullaxon II hukmronlik qilgan davrgacha (1557-1598) qoladi. Abdulla­xon II Toshkentni 1582 yilda, ettinchi bor yurishdan keyingina qo‘lga kiritadi.

XIV-XVI asrlarda Toshkent shahriston devori bilan o‘rab olingan ark va shahar atrofidan iborat edi. Shahardagi ko‘plab monumental inshootlarning barpo etilishi naqshbandiya tariqati vakili, o‘z davrining nufuzli siyosiy va diniy arbobi shayx Xoja Ahror Valiy nomi bi­lan bog‘liq. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, alloma shahar jome masjididan tashqari, ikkita masjid va madrasa, Ko‘kchadagi Ko‘nchilik mahallasida ko‘prik qurdirgan.

Hunarmandchilik shahar hayotida juda muhim o‘rin tutgan. Hunarmandlar, an’anaga ko‘ra, mahalla va bozorlardan qaysi kasb-korga mansubligiga qarab joy egallashgan. XIX asrda shaharda Degrez (qozon quyuvchi), Miskarlik, Parchabof, Egarchi, CHarxchi, Temirchilik, Zargarlik singari mahallalar bo‘lgani ham buni tasdiqlab turibdi.

Shaharda mahalliy hunarmandlar tayyorlagan buyumlardan tashqari, Xitoy, Eron, Hindiston va boshqa mamlakatlardan keltirilgan hamda bu erdan savdo-sotiq jo‘shqin bo‘lgan Oltin O‘rdaga olib ketiladigan mollar ko‘p bo‘lgan.

Temuriylar davrida Toshkent atrofida qo‘rg‘onlar, bog‘-rog‘lar bilan birga, muqaddas maqbaralar atrofida me’moriy majmualar ham barpo etilgan. Sohibqironning ko‘rsatmasi bi­lan XIV asr oxirida SHayx Zayniddin bobo qabri ustidagi chortoq o‘rnida muhtasham maqbara qad rostlaydi, shuningdek, XIV asrda Toshkent yaqinida Oyxo‘ja ibn Toshxo‘ja - Zangiota va uning umr yo‘ldoshi Anbar bibi maqbaralarini o‘z ichiga olgan yodgorlik majmuasi barpo etiladi.

SHayx Xoja Ahror Valiy homiyligida Toshkent shahrining Sharqiy chekkasida ul zotning bobokaloni SHayx Xovand Tohur (vafoti - 1359 y.) maqbarasi barpo etila boshlanadi. XV asrning oxi­rida Toshkent hukmdori YUnusxon sharafiga barpo etilgan yodgorlik bilan birga u yaxlit majmua ko‘rinishiga ega bo‘ladi.

Toshkent Amir Temur va temuriylar davridagi madaniyat, ilm-fan, adabiyot va san’at sohalarining rivojiga betakror hissa qo‘shadi. XIV asrda bu zaminda atoqli alloma va xattot Jamshid Shoshiy tug‘ilib, kamol topib, yashab o‘tadi. XV asrning buyuk shoiri va mutafakkiri, o‘z davrida bu zaminda bo‘lgan Abdurahmon Jomiy toshkentlik shoir va san’atkorlar bilan doimiy fikr almashib turgan. Shunday qilib, Amir Temur va temuriylar zamoni Toshkent tarixida iqtisodiy va madaniy yuksalish davri bo‘lib qolgan.

Ashtarxoniylarning Buxoro xonligida hokimiyat tepasiga kelishi ham janglar bilan kechadi. Bu esa xonlik, jumladan, Toshkent iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vayron etilgan sug‘orish tarmoqlari, buzilgan devor va binolar shahar ahlining fidokorona mehnati va qat’iyati tufayligina qayta quriladi, vayron bo‘lgan xo‘jalik tiklanadi.

Shahar va uning atrofida Zax (Zog‘ariq, Zolariq), Kaykovus (keyinchalik u Bo‘zsuv, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Barzun deb ham atalgan) va Salor (Xoja Ahrorning vaqf hujjatlarida Rudak deb nomlangan) kanallari qazilib, ishga tushiriladi.

Shahar atrofida bog‘-rog‘lar, uzumzorlar, gulzorlar barpo etiladi. Zayniddin Vosifiy bu bog‘larda olma, nok, behi, shaftoli, anor, anjir, uzum kabi shirin-shakar mevalar o‘sishi, ariqlar bo‘yida binafshalar barq urib gullab yotishini qayd etgan.

XVI asrning 40-yillarida bu hududda feruza konlari vaqti-vaqti bilan ishlab turgan. Shu davrda va keyingi asrlarda bu erda toshko‘mir, tuz, qora marmar qazib olingan. Aholi Chirchiq daryosi qumidan oltin ajratib olish bilan ham shug‘ullangan.

Savdo aloqalari qisqarib ketganiga qaramay, Toshkentda shaharsozlik va me’morlik davom etadi. XVI asrning eng yirik me’moriy inshootlaridan biri Hazrati Imom (Hastimom) yodgor­lik majmuasidir. Majmua hududida joylashgan va XVI asrning ikkinchi yarmida Baroqxon madrasasi tarkibiga kirgan Suyunchxo‘jaxon maqbarasi ulug‘vorligi hamda hashamatli bezaklari bilan mashhur. Baroqxon madrasasi Suyunchxo‘jaxonning o‘g‘li Navro‘z Ahmadxon sharafiga qurilgan. Shu davrning o‘zida Hazrati Imom qabri ustida maqbara qad ko‘targan, XVIII asrda esa uning qarshisida Hazrati Imomning avlodi shayx Bobohoji maqbarasi barpo etilgan. Bu maqbara saqlanib qolmagan.

Ta’kidlash kerakki, Hazrati Imom majmuasi 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan butunlay qaytadan barpo etildi va obod qilindi.

XVI asrning 60-yillarida Toshkentning hozirgi Eski shahar qismida Ko‘kaldosh madrasasi quriladi. Madrasaning me’moriy echimida milliy mumtoz me’morchiligimizga xos xususiyatlar alohida o‘rin tutadi.

XVI-XVII asrlardagi o‘zaro urushlar, ko‘chmanchi qabilalarning hujumlari, bosqin va talon-torojlar shaharning iqtisodiy va madaniy rivojini to‘xtatib qo‘yadi va uning inqiroziga sabab bo‘ladi.

Ayniqsa, XVIII asrning boshi og‘ir va notinch bo‘la­di. Biroq asr oxiriga kelib shahar hayoti yangitdan tiklana boshlaydi. Toshkentda shu davrda Sharq xalqlari hayotida ilgari kuzatilmagan noyob idora tizimi - chorhokimlik - to‘rt hokim boshqaruvi yuzaga keladi. Shaharning to‘rt dahasi - Sebzor, Ko‘kcha, SHayxontohur va Beshyog‘och dahasining har birini alohida hokim boshqarar edi. Hokimlar o‘rtasidagi raqobat va kurashda SHayxontohur dahasi boshlig‘i YUnusxo‘janing qo‘li baland kelib, u butun shaharni o‘ziga bo‘ysundiradi, pirovardida Toshkent davlatini tuzadi. Bu davlat siyosiy-iqtisodiy mavqeini mustahkamlab, hatto, o‘z hududini kengaytirish uchun kurash ham olib boradi.

Bu paytda Kaykovus arig‘i Toshkentning shimoliy chegara­si hisoblanar, Sharqiy chegarasi Anhor suvi bo‘ylab o‘tar, janubiy sarhadi Beshyog‘och maydonidan Samarqand darvoza ko‘chasi orqali Ko‘kchagacha davom etar edi. Shaharning g‘arbiy chegarasi Ko‘kchadan boshlanardi. XVIII asrda ana shu hudud doirasida joylashgan shahar «Katta shahar» deb atalgan va mustahkam devor bilan o‘rab olingan.

Biroq shunday mustahkam devorga ega bo‘lsada, Toshkent Qo‘qon xonligining hujumlariga dosh berolmaydi va uning tasarrufiga o‘tadi. Ayni mahalda xalqaro savdo markazi sifatida nisbiy mustaqillikni saqlab qoladi. Shaharda karvonsaroylarning ko‘p bo‘lgani ham shundan dalolat beradi.


Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish