Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet101/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Nelson Mandela (1918) - JARda aparteidga qarshi kurashchi. 1964 yilda umrbod qamoqqa hukm qilingan. 1991 yil ozod qilindi. 1994 yildan JAR prezidenti.
1992-yil avgustda AMK demokratik islohotlarni o’tkazishdagi sustkashlikka qarshi ommaviy norozilik aksiyalarini o’tkazishni boshladi. Faqat qora tanli aholining ommaviy chiqishlari va mustaqillik­ka erishgan qo’shni afrika mamlakatlari tazyiqi osti­dagina 1993-yilning mayi­da Ioxannesburgdagi ko’p ­tomonlama muzokaralar orqali hamma irq vakillari uchun teng huquqli asosda parlament saylovlari o’tka­zishga kelishib olindi. 1994-yil 26-aprelda bo’lib o’tgan saylovlarda AMK ishonchli g’alabani qo’lga kiritdi va tanlilar ichida JArning birinchi prezidenti etib saylandi. U hukumat tarkibiga aparteid davrida ajratib ko’rsatilgan to’rtta irq vakillarini kiritdi. Afrikada mustarnlakachilik, irqchilik va aparteid davri barham topdi. JAR demokratik islohotlar yo’liga o’tib oldi. 1993-yilda N.Mandela va F.V.de Klerkga tinchlik o’rnatish borasidagi xizmatlari uchun Nobel mukofoti berildi. 1993-yili de Klerk va Nelson Mandela muzokaralar o’tkazdi, yangi demokratik konstitut­siyaning asosiy prinsiplari to’g’risida bitimga erishildi. Bantustanlar tugatildi va 9 provinsiyadan tarkib topishi zarur bo’lgan umummilliy davlat tizimi tarkibiga qo’shib olindi. 26- 29-aprelda mamlakat tarixida ilk bora yalpi yashirin saylov bo’lib o’tdi. Nelson Mandelaning Afrika Milliy kongressi partiyasi 62,7% ovoz bilan ishonchli g’alaba qozondi, ayni mahalda oq tanli millatchilarning Liberal partiyasi esa atigi 20,4% ovoz oldi, xolos. Yangi bir kuch ham maydonga chiqqan edi. Qora tanli aholi­ning manfaatlarini ifoda etuvchi tag’in bir partiya ­ Zuluslar provinsiyasidan Inketa Ozodligi partiyasi 10,5% ovoz olgan edi. Qora tanli aholi orasida bo’linish ro’y berdi. Inketa Zuluslar provinsiyasida viloyat hukumatida ko’pchilikka ega bo’ldi va saylov yakunlanganidan keyi­noq markaziy hukumat va zuluslar o’rtasida shiddatli janglar boshlanib ketdi. Hamma voqealar Kongodagi senariy bo’yicha ro’y berdi, endi oq tanli millatchilar zuluslarni qo’llab-quvvatlashdi. 1996-yil 10-dekabrda yangi parlament mamlakatning aparteid hamda u bilan bog’liq bo’lgan rasmiy hujjatlarni bekor qilgan va tugatib tashlagan birinchi konstitut­siyasini qabul qildi. Barcha fuqarolar qonun oldida teng­ligi e’lon qilindi. 1999-yil 2-iyundagi saylovda Afrika Milliy kongressi tag’in ishonarli g’alaba qozondi. Nelson Mandelaning safdoshi Janubiy Afrika Respublikasi vitse­prezidenti va Afrika Milliy kongressi yo’lboshchisi Tabo Mbeku Prezident etib saylandi - u mamlakatning butun xalq tomonidan saylangan birinchi prezidentidir. Biroq ana shu saylovlar markaziy hukumat siyosatini barbod etishga kirishgan Liberal partiya (LP) va Yangi Milliy partiya (YMP) siymosida muxolifat kuchlarining faollashuviga signal bo’ldi. Liberal partiya aholisining ko’pchiligini oq tanlilar tashkil etadigan va mamlakat­ning asosiy iqtisodiy kuchlari joylashgan g’arbiy kaplar provinsiyalarini nazorat qilmoqda. Bularning barchasi mamlakatning istiqboldagi keskin ijtimoiy va siyosiy mojarolaridan dalolat berayotir. Ommaviyligi va prezidentlikka qayta saylanish imkoniyati bo’lsa ham, N.Mandela iste’foga chiqdi. 1999-yil 2-iyunda uning yaqin safdoshi, vitse-prezident va AMK yetakchisi Tabo Mbeki JAR prezidenti etib say­landi. Mamlakatda og’ir iqtisodiy ahvol mavjud. Aholining 30% ishsiz, turmush darajasi o’smayapti, qariyb yarim aholi savodsiz. OITSning keng tarqalganli­gi jiddiy muammo bo’lib, hukumat unga qarshi davlat miqyosida kurash olib bormoqda. Mamlakatning hozirgi rasmiy nomi - Janubiy Afrika Respublikasi. 46-§. UMUMINSONIY VA MA’NAVIY QADRIYATLAR
XX asrning so’nggi o’n yili yangi demokratiya davri deb ataldi. Yangi davrning asosiy qirralari:
1. Tabiiy va kishilik zaxiralarini ekspluatatsiya qilish maqsadida xalqlarni zo’rlab bo’ysundirish shaklidagi mustamlakachilik tizimi to’liq tugatildi. JARda 1993­ yilda aparteid rejimi tugatildi va butun Afrika dekolati­zatsiya jarayonini tugatdi. 90-yillar oxirida Gonkong va Makao XXR bilan birlashdi.
2. Jahonda suveren davlatlar paydo bo’ldi. 80-yillar oxirida 145 ta mus­taqil davlat bo’lgan bo’lsa, 1991-yilda 191 taga yetdi. Yangi davlatlar asosan 1991-yilda SSSR par­chalangandan so’ng paydo bo’ldi. Boshqa bir guruhdagi davlatlar Yugoslaviya parchalangach yuzaga keldi (Bosniya va Gersegovina, Sloveniya, Xotvatiya, Makedoniya).
3. Dunyoda Osiyo mamlakatlari ahamiyati oshib bordi. Ular ulkan tabiiy va kishilik zaxiralariga, strategik holatga ega.
4. Yangi davrda demokratik rivojlanish qadriyatlari, tamoyil va normalari yanada universal hamda global tus olmoqda.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish