Neto Agostinyu(1922-1979) -Angolaning 1975-1979-yillardagl prezidenti, 1977-yildan MPA - mehnat partiyasi raisi. 1962-yildan 1977-yilgacha mamlakatni ozod qilish xalq harakatiga yetakchilik qilgan. Taniqli Afrika shoiri. JAR yosh respublikaga qarshi urush boshladi va mag’lubiyatga uchradi. O’shanda JAR yordamida Namibiyada qo’nim topgan UNITA tashkil qilindi va fuqarolar urushini boshladi. Angolaga kubalik ko’ngillilar yordamga keldi va UNITAni yakson qilishda katta rol o’ynadi. 1989-yilda ikki tomonlama kelishuvga erishildi. Unga muvofiq JARning barcha qurolli kuchlari Angoladan olib chiqib ketildi. 1992-yilda ko’ppartiyaviylik asosida demokratik saylovlar o’tkazildi va unda AOXH g’alaba qozondi. Uning yetakchisi Eduardo dush Santush mamlakat prezidentligiga saylandi. Bu xildagi saylov natijalaridan norozi bo’lgan UNITA rahbarlari yana qurolli kurashni boshlab yubordi. 1993-yilda AQSH hukumati Angola hukumatini angol xalqining yagona vakili sifatida tan oldi va ular bilan diplomatik aloqa o’rnatdi. UNITA yangi muzokaralar olib borishga majbur bo’ldi. 1994-yilda Zambiya poytaxti Lusakada protokol imzolandi va unga ko’ra UNITA qurolli kurashni to’xtatish majburiyatini oldi. Angolaning shimoliy hududiga BMT nazoratchilari kiritildi. Jahon banklari Angolaga 1 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam ko’rsatishini e’lon qildi. 1998-yil sentyabrda UNITA 1997-yilda imzolangan o’t ochishni to’xtatish haqidagi navbatdagi bitimni buzdi va qurolli kuchlarni tarqatishdan bosh tortdi. Angola yana fuqarolik urushga tortildi. Bunda 4 million kishi (aholining uchdan biri) talofat ko’rdi, 2 million kishi mamlakatdan qochdi. 2002-yil 22-fevralda hukumat qo’shinlari UNITA yetakchisi Savimbini yo’q qilishdi va uning qurolli kuchlari taslim bo’lishdi. 4-aprelda Angolada 30 yillik urush tugagani haqida e’lon qilindi. O’zaro ichki urushlar mamlakatni xarob qildi. Aholining yarmidan ortig’i ishsiz, aholi jon boshiga daromad - dunyoda eng kam darajalardan biri. Portugaliyaning yana bir sobiq mustamlakasi bo’lgan Mozambik deyarli Angola bosib o’tgan yo’lni qaytarib ozodlikka erishgan. Ozodlik uchun qurolli kurash 1964 yilda Xaloskorlik fronti(FRELIMO) yetakchiligida boshlandi. Vatanparvarlar mamlakat hududining katta qismini nazorat qilar edi. Portugaliyada Salozar hukumatining ag’darilishi Mozambikka o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini berdi va 1975-yil 25-iyunda uning mustaqillikka erishganligi e’lon qilindi. Yangi davlat Mozambik Xalq Respublikasi deb atala boshlandi. Prezident Samora Mashel 1976-yil fevralda mamlakatda tub o’zgarishlar amalga oshirilishini bildirdi. Bu o’zgarishlar markazida portugal ishbilarmonlari qo’lidagi xususiy korxonalarni natsionalizatsiya qilish turar edi. Mamlakat poytaxti Moputu deb qayta nomlandi. Ayni voqealar butun mamlakat iqtisodini ushlab turgan portugal mustamlakachilar bilan janjalni keltirib chiqardi. Mozambikda fuqarolar urushi boshlandi. Mamlakat aholisining 20 foizini tashkil etgan portugallar jangari otryadlari - "remanos"lar tuza boshladi va ular soni 10 ming kishigacha yetdi. JARda o’z bazalarini tashkil qilgan remanoslar Mozambik hududiga doimiy reydlar uyushtirib turdi. 1986-yil 19-oktyabrda Samora Mashel aviatsiya halokatiga uchrab halok bo’ldi. Tashqi ishlar vaziri Joakimo Chissano (1940-yilda tug’ilgan) uning o’rnini egalladi. 1990-yilda u JAR bilan harbiy otryadlaming Mozambik hududiga hujumlarini to’xtatish to’g’risidagi bitimni imzolashga erishdi. Bir vaqtning o’zida Rimda oq tanli ko’chmanchilar bilan muzokaralar olib borildi va 1992-yilda fuqarolar urushini to’xtatish to’g’risidagi bitimni imzolash bilan yakun topdi. Mozambikda iqtisodiy va siyosiy hayotni liberallashtirishga qaratilgan islohotlami o’tkazish boshlandi. Xususiy mulkning bir qismi ilgarigi egalariga qaytarildi. Bu esa mamlakatda fuqarolar va millatlararo tinchlik o’rnatilishiga yordam berdi. JARdagi o’zgarishlar, xususan, N.Mandelaning prezidentlikka saylanishi Mozambik uchun muhim ahamiyat kasb etdi. 1994-yil noyabrda mamlakatda demokratik ko’ppartiyaviylik saylovlari o’tkazildi. Bu saylov prezident Joakimo Chissanoga g’alaba keltirdi. 1995-yil noyabrda Mozambik Britaniya millatlar ittifoqining a’zosi bo’ldi. 2002-yilda J.Chissano prezidentlikka uchinchi marta saylovda qatnashishdan bosh tortdi. 2004-yilda mamlakat yangi prezidenti Armando Guebuzuni sayladi. O’tkazilgan islohotlar va g’arb mamlakatlarining katta yordamiga qaramay, Mozambik aholi jon boshiga daromadlar bo’yicha dunyodagi eng kambag’al mamlakatlardan biri, 21% aholi ishsiz. 70% savodsiz.