Jahon sivilizatsiyalar tarixi fanidan


-savol: Misr sivilizatsiyasining asoslari



Download 62,38 Kb.
bet3/4
Sana04.08.2021
Hajmi62,38 Kb.
#138153
1   2   3   4
Bog'liq
3-MAVZU

3-savol: Misr sivilizatsiyasining asoslari.

3-savol yuzasidan dars maqsadi:

Qadimgi Misr tabiatining o‘ziga xos xususiyatlarini va unga asos bo‘lgan omillarni tahlil qilish.



Identiv o‘quv maqsadlari:

1. Misr sivilizatsiyasining o‘ziga xosligi sabablarini izohlaydi

2. Misr sivilizatsiyasining tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarini tahlil qiladi.

3-savolning bayoni:

            Sivilizatsiya tug‘ilgan qadimgi markazlardan biri Nil vodiysi bo‘lgan. Nil vodiysi aholisi o‘z yerlarini Ta kemet (Qora yer) deb atashgan. Qadimgi yunonlar Memfisning nomlaridan biri bo‘lgan, qiyin talaffuz etiladigan  Xet-ka-Ptaxni Aygyuptos Yegipet deb o‘zgartirishgan.

            Eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri qulay tabiiy – geografik joylashuvga, boy tabiiy resurslarga ega bo‘lgan, savdo, siyosiy va madaniy aloqalar chorrahasida joylashgan yerda vujudga kelgan. Sivilizatsiyaning moddiy asosini yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar Misrning o‘zida yoki unga yondosh yerlarda mavjud bo‘lgan. Metallar, asosan mis Arabiston sahrolari va Sinay yarim orolidan, oltin Efiopiyadan  keltirilgan. Nilni g‘arbdan sharqqa tomon o‘rab turuvchi tog‘lardan chaqmoqtosh, Qohira atrofidagi Tur tosh konlaridan ohaktosh, Asuan yaqinidan marmarning qimmatbaho navlari qazib olingan. Mamlakat o‘simlik va hayvonot dunyosi ham boy bo‘lib, misrliklar xo‘jalik hayotida muhim o‘rin tutgan. 

            Ilk odamlar Nilning qayirlarida neolit davrlarida paydo bo‘lishgan. Bu yerga ularni tashqi sharoit boshlab kelgan: iqlim quruqlashib, sahro bostirib kela boshlagan. Dastlab Nil vodiysi chekkalariga joylashgan odamlar dehqonchilik, chorvachilik, ov, baliqchilik va termachilik bilan shug‘ullanishgan. Ilk dehqon jamoalari m.a. VI-V ming yillikda Quyi Misrda Fayum vodiysida mavjud bo‘lgan. Fayum manzilgohida g‘alla ekinlari ekilgan, yirik va mayda qoramol boqilgan va baliq tutilgan.

            Vohaning qulay tabiiy sharoiti tufayli manzilgohlar rivojlanib, ularning aholisi turmushi farovonlashib borgan. Ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan. Bunga misol tariqasida Badari madaniyatini ko‘rsatish mumkin. Yuqori Misrdagi Badari  madaniyati (er. avv. IV  ming yillik) ga tegishli aholi o‘troq tarzda urug‘ jamosi bo‘lib yashab, chorvachilik va dehqonchilik   bilan shug‘ullanganlar.  Yerga motiga bilan ishlov berilib,  kichik kanallar qazilgan.   Ov va  baliqchilik ham mavjud bo‘lgan.  Badariylar Ular hunarmandchilik sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritganlar.

            Mis va mis mehnat qurollarining paydo bo‘lishi bilan Nil vodiysini o‘zlashtirish boshlangan. M.a. IV ming yillikning birinchi yarmida misrliklar havza sug‘orish tizimini yaratishgan. M.a.  IV ming  yillikning II   yarmida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqqan. Ilk  ijtimoiy tabaqalanish yuz bergan, ilk ibtidoiy qulchilik paydo bo‘lgan.

            Mashaqqatli kechgan Nilni bo‘ysundirish jarayonida misrliklar hayotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mehnat sharoitlari o‘zgardi, uni tashkil etish bilan asosan qabila boshliqlari va kohinlar  shug‘ullanishgan. Bu esa mulkiy tengsizlikni boshlab berdi. Har bir sug‘orish xo‘jaligi insonlarni qandaydir hududiy birlikka, o‘ziga xos qo‘shnichilik jamoasiga – nomlarga birlashtirdi. Davlat  tashkil etilishidan oldingi davrda Misrda 40 ga yaqin shu kabi nomlar mavjud edi. Ularning birlashtirilishi oqibatida o‘zaro raqobatchi ikki podsholik – Yuqori va Quyi Misr vujudga keldi. 

            Ular o‘rtasidagi uzoq davom etgan kurash Quyi va Yuqori Misrning homiylari bo‘lgan xudolar Gor va Set o‘rtasida borgan kurash to‘g‘risidagi diniy afsonada o‘z aksini topgan. Misr sivilizatsiyasi tarixi davomida mavjud bo‘lgan ikki mamlakat fir’avni unvoni va davlat ma’muriyatining ikkiga bo‘linishi ham Yuqori va Quyi Misrning alohida podsholik sifatida uzoq muddat mavjud bo‘lganligini  ko‘rsatadi. Misrning bu ikki qismining birlashishi bilan ularning ramzi bo‘lgan qizil  va oq ranglardan iborat toj Misr sivilizatsiyasining yakuniga qadar podsholik ramziga aylandi.

            Har ikkala podsholik butun mamlakatda hukmronlik uchun kurash olib borar ekan, o‘z navbatida iqtisodiy jihatdan bir-birini to‘ldirgan. Yuqori Misr dehqonchilikning markazi bo‘lgan bo‘lsa, Quyi Misr – chorvachilik, uzumchilik va bog‘dorchilik markazi edi.


Download 62,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish