Shimoliy-g’arbiy rayon to’qimachilik sanoati, ko’mir qazib olish, qora metallurgiya, kemasozlik, mashinasozlik rivojlangani bilan xarakterlanadi. Xo’jalikning katta qismi ikki aglomeratsiyada-Liverpul va Manchesterda jamlangan.
1990- yillardan boshlab depressiv rayonlarda yangi sohalar rivojlana boshladi: elektronika va radioelektronika, avtomobilsozlik, aviatsiya priborsozligi va boshqalar. Ammo biroq ko’rsatilgan rayonlarda ommaviy ishlab chiqarish joylashgan bo’lsada, boshqaruv va ilmiy bo’linmalar mamlakatning janubida jamlangan.
Shunday qilib, Buyuk Britaniyada mintaqaviy (regional) ijtimoiy-iqtisodiy disproportsiya mavjud. Bu esa ularni yumshatish uchun davlat siyosatining zururligini taqozo etadi: yangi shaharlar, sanoat va ilmiy parklar, inqiroz (krizis) rayonlariga moliyaviy yordam ko’rsatuvchi markazlar tashkil etilishi zarur.
Yordam kerak bo’lgan ma’lum hududlarda qo’yidagi ko’rsatkichlar hisobga olinadi: ishsizlik darajasi, ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, yangi ish o’rinlari yaratish istiqbollari.
Do'stlaringiz bilan baham: |