Mashinasozlik sanoati Xitoyda, ayniqsa, tez rivojlanmoqda. Xitoyda televizorlar, maishiy xizmat texnikasidan tortib avtomobillar, kompyuterlar, turli o‘lchov va elektrotexnika mahsulotlarigacha ishlab chiqarilmoqda. Mashinasozlik sanoati markazlari Shanxay, Shenyan, Tyanszin, Pekin, Chanchun, Xarbin va boshqalardir.
Kimyo, neft-kimyo va qurilish materiallari sanoati mamlakatni mineral o‘g‘itlar, maishiy-ro‘zg‘or mahsulotlari, sement kabi mahsulotlar bilan ta’minlashda katta yutuqlarga ega. Mamlakatda 300 mln. t dan ortiq neft qayta ishlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |