Bog'liq Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi
2.3. Dengiz davlatlarining transport flotiga xos xususiyatlar Rivojlangan dengiz davlatlari transport flotlarining о‘ziga xos xususiyatlarini kо‘rsatuvchi asosiy ma’lumotlarni qisqacha kо‘rib chiqamiz. Yaponiya savdo floti kemalari yalpi sig‘imiga kо‘ra dunyoda Liberiyadan keyin ikkinchi о‘rinda turadi (deyarli 87 mln.br.reg.t.). Shu bilan birga xizmat muddati 10 yilgacha bо‘lgan kemalar ulushiga Yaponiya savdo floti umumiy sig‘imining 86%, 1 tonnajining 73% i “qulay bayroqlar” ostida yuradi.
Yaponiya transport flotining sо‘nggi yillardagi tez о‘sishi Yaponiya hukumatining kemasozlik va kema kompaniyalariga kо‘rsatgan qо‘llab-quvvatlashi natidasida yuz berdi. Yaponiya ishlab chiqarish quvvatlaridan tо‘la foydalanganda, taxminan bir yilda 14-15 mln.reg.tonna dan ortiqroq sig‘imga ega bо‘lgan savdo kemalari qura olishi mumkin.
Harbiy kemalarga, mamlakat ehtiyojlarining keskin о‘sishi sharoitida kemasozlikning sanoat bazasi bir yilda umumiy suv sig‘imi 300 ming tonnagacha bо‘lgan barcha toifadagi harbiy kemalar qurishni umumiy yalpi sig‘imi 4-4,5 mln.reg.t. savdo kemalari qurish bilan bir vaqtda ta’minlay olishini yapon mutaxassislari tasdiqlaydilar.
Oxirgi vaqtlarda Buyuk Britaniya tanker floti sezilarli darajada о‘sib, ingliz transport floti yalpi sig‘imida 40% li ulushga ega bо‘ldi. Tanker floti tarkibida eng ulkani (326 ming tonna dedveytga ega bо‘lgan) “Univers Irlind” tankerlaridir.
Buyuk Britaniya rivojlangan kemasozlik sanoatiga ega bо‘lib, uning yillik ishlab chiqarish quvvatlari 7,1 mln.reg.t. gacha (1998 yil) savdo kemalarini qurishga, har qanday toifadagi harbiy kemalarning katta miqdorini yaratish imkoniyatiga ham ega.
Norvegiya transport floti dunyoda tо‘rtinchi о‘rinni egallaydi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun u birinchi darajasi ahamiyatiga ega: uning kemalari hajmining 90% i turli davlatlar yurtlari oralig‘idagi, 8% i Norvegiya va boshqa davlatlar portlari о‘rtasidagi va 2% ga о‘z portlari oralig‘idagi yuklarni tashishda foydalaniladi.
Norvegiya floti yangi hajmida 10 yil yoshgacha bо‘lgan kemalar 80% ga yaqinni tashkil etadi. Flotda asosan yirik tonnajli kemalarni kо‘rish mumkin va kelgusida ham kemalar hajmining о‘sib borishiga, xususan Norvegiyaning yuqori darajada rivojlangan kemasozlik sanoati mamlakati bо‘lib qolishga shubha yо‘q. Bu yerda kemasozlik sanoatida yiliga umumiy hajmi 500 ming.br.reg.t. kema quruvchi 150 dan ortiq korxonalar hisobga olingan.
AQSH dengizda yuk tashish hajmi bо‘yicha Yaponiyadan keyingi о‘rinni egallaydi, dengiz savdo floti tonnajiga kо‘ra esa birinchi о‘nlik mamlakatlari qatorida turadi. Dengizda yuk tashish ishlarining 4/3 qismi xalqaro, qolgani kabotaj ahamiyatiga ega. Kabotajning katta qismi Panama kanali orqali, kichik qismi esa Tinch va Atlantika okeanlari sohillari bо‘ylab olib boriladi. Tashqi savdoda yuk tashishning asosiy qismi kichik davlatlar “qulay bayroqlar”i ostida amalga oshiriladi. Savdo floti tarkibida eski kemalar anchagina. Shu bilan birga AQSH eng qudratli yukteynerovoz flotiga ega.
Ikkinchi jahon urushi vaqtida AQSH juda katta transport flotini barpo etdi. 1945-yilda uning yalpi sig‘imi barcha rivojlangan mamlakatlar transport floti tannarxining 59% ga yaqinini tashkil etardi, biroq bu flot yomon balanslangan edi va ekspluatatsiyaning past sifatliligi bilan xarakterlanadi.
1970-yilda qabul qilingan dengiz transport floti tо‘g‘risidagi yangi qonun va kemasozlik dasturi, AQShning jahon frakt bozoridagi ilgarigi dengiz qudratini tiklashga yо‘naltirilgan. Liberiya va Panama transport flotining asosiy qismi amerikalik kema xо‘jayinlariga qarashli ekanligini qayd etish lozim. Ular bu mamlakatlarning “qulay” bayroqlaridan eng minimal soliqlar tо‘lashda foydalanadilar va ish haqi darajasi AQSH kasaba uyushmalari nazoratidan tashqarida bо‘lgan kam haq tо‘lanadigan ekipaj tuzadilar.
AQSH ixtiyoridagi rivojlangan kemasozlik sanoatining ishlab chiqarish quvvatlari tо‘la safarbar etilganda yiliga umumiy standart suv sig‘imi 1,7 mln tonnaga yaqin barcha klassdagi jangovor kemalar va umumiy yuk kо‘tarish qobiliyati 16 mln yonnaga yaqin savdo kemalari qurishga imkon beradi.
Germaniyaning ichki aloqalarini ta’minlash uchun dengiz transporti muhim ahamiyatga ega emas, kobataj yuk tashish hajmi odatda yiliga 5-7 mln tonnadan oshmaydi, dengiz portlarining yalpi yukoboroti yiliga 200 mln tonnadan ortiqroqni tashkil qiladi.
Germaniya о‘z kemasozlik sanoatini ikkinchi jahon urushidan keyin qisqa davrda tikladi. Hozirgi vaqtda bu mamlakatda 50 dan ziyod dengiz kemasozlik verflari ruyxatga olingan. Kemasozlik korxonalaridagi ishchilar soni 80 mingga yaqin kishini tashkil qiladi. Konteyner kemalari, yirik tonnajli tankerlar qurilishi atom transport kemalari qurilishi bilan birga olib borilmoqda. Germaniya kemasozlik sanoati korxonalari bir yerga tо‘planganligi bilan xarakterlanadi. Faqat Gamburg, Brelin-Brilirxofen, Xil va Eldendo ishlab chiqarish quvvatlarining 88% i tо‘plangan.