Bog'liq Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi
2.2. Jahon dengiz transport flotining rivojlanish xususiyatlari Turli mamlakatlar transport flotlarining rivojlanishi va ulardan tinchlik vaqtida foydalanish doimo xalqaro maydondagi iqtisodiy va siyosiy kurashlar doirasida bо‘ladi va hozirda bu sohadagi kurash-jahon ishlab chiqarish taraqqiyotiga muvofiq davlatlararo savdo va iqtisodiy aloqalar sharoitida dunyoning dengiz kommunikatsiyalariga ta’sir etish kurashi sifatida xarakterlanishi mumkin. Milliy va xalqaro dengiz kemachiligi muammolari keng qamroqligiga va hamon keskinligicha qolmoqda.
Bularning barchasi fuqaro flotining tezlik bilan о‘sishiga sabab bо‘ldi. Agar 1950-yil dunyo fuqaro floti 30852 kemani о‘z ichiga olgan bо‘lsa, 1973-yilning 1-iyulida 59606 kema ruyxatga olingan edi. Flotning umumiy yalpi sig‘imi 20 yil davomida deyarli uch barobar oshdi va 289927 ming reg/t.ga yetdi.
Jahon transport flotining ikkinchi jahon urushidan keyingi taraqqiyoti, xususan keyingi 10-15 yillik rivojlanish kemalar tezligini, ularning о‘lchamlarini, yuk kо‘tarish qobiliyatini oshirish va ixtisoslashtirish yо‘nalishlari bо‘yicha olib borildi. Savdo kemalari о‘lchami va yalpi sig‘imi uzluksiz takomillashmoqda. Agar 1968-yilda yalpi sig‘imi 100 ming va undan ortiq reg.tonna bо‘lgan gigant kemalar va avvalgi barcha tankerlar soni 72 ta bо‘lgan bо‘lsa, 1973-yilga kelib, ularning soni 293 taga yetdi. Shuni ham qayd etish kerakki, agar yalpi sig‘imi 4000 reg.t.gacha bо‘lgan kemalar guruhi asosan suzish uchun mо‘ljallangan cheklangan rayonlarda savdo floti umumiy tarkibida 65% dan ortiqni tashkil etsada, bu kemalarning umumiy yalpi sig‘imi jahon savdo floti umumiy tonnajining faqatgina 13% ga yaqinlashadi.
Kemalar о‘rtacha о‘lchamlarini oshirish barobarida flotni tezroq yoshartirish ham sodir bо‘ldi, chunki uning sifati holatini sezilarli darajada yaxshilash ishlari olib borildi.
Savdo floti kemalarining sifat jihatidan eng muhim о‘zgarishlari yurish tezligining ortishiga mansub bо‘lgan о‘zgarishlardir. Agar ikkinchi jahon urushi davrida kо‘pchilik savdo kemalari tezligi 8-10 uzeldan oshmagan bо‘lsa, hozir 14-16 uzelgacha, kо‘pchilik konteynerovoz kemalar yurish tezligi esa 22-24 uzelgacha yetdi.
Oxirgi 30-35 yilda jahon dengiz flloti kemasining “о‘rta statistik” tezligi о‘rta hisobda 60-70 % ga о‘sdi, biroq turli tipdagi kemalar tezligini oshirishga bir xilda rag‘bat kо‘rsatilmagan. Tankerlarning tezligi nisbatan sekinlik bilan о‘smoqda. Urushgacha bо‘lgan yoshlarda dengizda neft va neft mahsulotlarini tashish о‘rtacha 11 uzel tezlik bilan amalga oshirilardi. Hozirgi tankerlar yuklarni о‘rtacha 16 uzel tezlik bilan tashiydi, faqat ayrim tez yurar suyuqlik tashuvchi kemalargina 19 uzelgacha tezlikka ega.
Muntazam yо‘nalishli kemachilikda tezlikni о‘stirishga bо‘lgan intilish ayniqsa yaqqol kuzatiladi. Yaqin vaqtlargacha bu kemalarning tezligi 16-18 uzeldan oshmasdi. Ammo 1970-yildayoq jahon savdo floti tarkibida 20 uzeldan ortiq tezlikka ega bо‘lgan 230 ga yaqin quruq yuk tashuvchi kemalar rо‘yxatga olingan edi. Hozir yuk tashuvchi laynerlar 20-24 uzel tezlikka, konteyner kemalari esa 22-27 uzel tezlikka buyurtma bermoqdalar. Bunga kо‘ra qurilayotgan konteyner kemalarining о‘rtacha tezligi-katta yuklarni tashish uchun mо‘ljallangan. Xuddi shunday kо‘rsatkichli oddiy kemalar tezligidan 35% ga ortadi. Amerika konteyner kompaniyasining buyurtmasiga kо‘ra 33 uzel tezlikka ega bо‘lgan sakkiz konteynerovoz qurildi.
Dengiz transportida eng keng qо‘llaniladigan yoqilg‘i turi dizeldir. Kemalar dizel quvvati uzluksiz о‘sdi. Hozirgi vaqtda esa (yoqilg‘ining solishtirma xarajati) solishtirma yoqilg‘i sarfi taxminan 20% qisqardi, yoqilg‘ining foydali ish koeffitsiyenti esa 42% ga kо‘tarildi.
Kemalar о‘lchami va tezligining yuksalish kо‘plab yuqori quvvatli kema energetik qurilmalari yaratilishini talab etiladi. 60 dan 150 ming l.s.gacha diapozondagi quvvatlarda atom energetik qurilmalaridan foydalanishni mumkin. Hozirgi vaqtda atom kemalaridan Rossiya, AQSH va Germaniyada foydalaniladi. Rivojlangan mamlakatlar orasida AQSH atom energetik qurilmalarini yaratishda yetakchi о‘rinni egallaydi.
Kо‘rinib turibdiki, savdo kemachiligi sohasida ilmiy-texnikaviy taraqqiyotda qudratli kemasozlik bazasiga va yuqori sanoat potensialiga ega bо‘lgan rivojlangan mamlakatlar kuchi ta’siri ostida foydalanish keng kо‘lamda namoyon bо‘ladi. Bunday ta’sir natijasida va kо‘plab mamlakatlarning dengizda yuk tashishga bо‘lgan о‘sib boruvchi ehtiyojlari tufayli jahon transport kemasozligida juda ajoyib va harbiy iqtisodiy nuqtai nazardan yangi turdagi dengiz transporti kemalari vujudga keldi.
Gorizontal tarzda yuk tashish operatsiyalarida kemalar sezilarli taraqqiyotga erishdilar. 1971-yil boshida jahon flotida bunday kemalar 130 dan ortiqroq edi, buning ustiga ularning 80% ga qini oxirgi tо‘rt yilda qurilgandi. Ularning dedveyt (о‘z og‘irligi yoki yuk kо‘tarish imkoniyati) 14000-23000 t. yurish (suzish) tezligi 20-25 uzel edi. Bu kemalar oddiy quyruq chig‘irlari bilan ta’milangan. Bundan tashqari ba’zi hollarda yuk tashish operatsiyalarini tezlashtirish uchun mо‘ljallangan tumshuq chizig‘i va bort porti ham mavjud. Bu kemalarning о‘ziga xos xususiyatlari tumshuq va quyruq rul bilan boshqaruv qurilmalarining (yirik tannarxli kemalar uchun), oila avtomobil palubasining mavjduligi, yuk kо‘tarish qurilmalarining mavjud emasligi va oddiy transport kemalari uchun xarakterli bо‘lgan avtomatizatsiya vositalarining keng qо‘llanilishi hisoblanadi.
Kemalar kо‘plab joriy etila boshlashi va mexterovozlar singari kemalarning ixtisoslashuvidan harbiy maqsadlarda ham keng qо‘llanilishi mumkin.
60-yillar oxirida AQShda “LASH” tipidagi kemalarning qurilishi bilan dastlabki lixterovozlar paydo bо‘la boshladi. Ular og‘irligi 500-1000 tonnagacha bо‘lgan yassi lixterlarni tashish uchun mо‘ljallangan edi.
Hozirgi zamonaviy “See Bee” tipidagi brigadalarni tashish imkoniyatiga ega (ilgari buning uchun “S-z” tipidagi beshta transport talab etilardi). Uning vositasida yetarli darajada jihozlanmagan qirg‘oqqa qо‘shin tushirish amaliyotini о‘tkazish mumkin.
Dunyoning bir qator portlarida, jumladan, AQShdagi Los Anjeles, San-Fransisko, Xyuston, Galveston. Yevropadagi Rotterdanya, Bermerkafen, Barselona portlarida lixterovozlarni qabul qilish uchun maxsus havzalar va ularning yuklarini tushirish uchun qirg‘oq moslamalari barpo qilingan.
Yuk tashish ishlarida lixterovozlardan foydalanish oddiy yuk kemalari bilan taqqoslaganda 5-10 barobar unumdorlik oshishiga imkon tug‘diradi, kemalarning tо‘xtash vaqti va yuk tashish uchun qatnashadigan vositalar miqdorini qisqartiradi, port inshootlarini qurishga sarflanadigan mablag‘larni hamda yuk tashish operatsiyasidagi kо‘pgina xarajatlarni qisqartiradi.
Tanker flotida juda muhim о‘zgarishlar yuz berdi. Tankerlar mamlakatlarni xom ashyo va yoqilg‘i energetika resurslari bilan hamda qurolli kuchlarni yoqilg‘i bilan ta’minlashda juda muhim rol о‘ynaydi. (Dunyo tanker flotining о‘rtacha yillik о‘sish sur’atlari 1985-yildan 2001 yiogacha 9,7% ni tashkil etdi. 2000 yilda xalqaro suyuqlik yoqilg‘i tashish 2370 mln tonnagacha о‘sdi).
50 dan 372 ming tonna dedveytgacha bо‘lgan tankerlar ulushiga jahon tanker floti yuk kо‘tarish qobiliyatining 60% dan ortiqrog‘i tо‘g‘ri keladi. Tanker floti rivojlanishida 100 dona 300 ming tonnagacha dedveyt neft tashiydigan yirik kemalar rolini orttirish aniq belgilangan yо‘nalish hisoblanadi.
Oxirgi 50-yilda tankerlarning maksimal о‘lchami 17-20 marotaba ortdi. Bu yirik tonnajli kemalardan foydalanish tejamliroq ekanligi bilan bog‘liq. Masalan, yuk kо‘tarish qobiliyati 100 ming tonna bо‘lgan tankerda 10 ming mil masofaga neft tashishnng qiymati-10 ming tonna yuk kо‘tarish qobiliyatiga ega bо‘lgan tankerda о‘shanday masofadagi yukni tashish qiymatining 31% ni tashkil etadi xolos.
Shuning uchun 250-300 ming tonna yuk kо‘tarish qobiliyatiga ega bо‘lgan tankerlarga buyurtmalar miqdorining keskin ortganligi tasodifiy emas. Shunday bо‘lsada foydalanilayotgan tankerlar orasida ularning solishtirma og‘irligi hozircha 8,4% xolos.
Tankerlar katta massa va yuqoori inersiyaga ega bо‘lib, hatto 14-16 uzel tezlikka va pult bilan boshqaruv qurilmalari mavjud bо‘lganda ham ular kam harakatchandirlar. Ularning harakat tezligini qaytarish (kamaytirish) uchun Yaponiyada hatto kema asosiy dvigateli tо‘xtagandan sо‘ng kemaning yugurib о‘tish uzunligini pasaytiruvchi maxsus parashyutlar ham ishlab chiqilgan.
Suyultirilgan neft gazi va tabiiy gazlarni tashish uchun mо‘ljallangan gazovozlar transport flotida katta ahamiyat kasb etadiyu 1998-yilda sig‘imi 3276 ming reg.t. bо‘lgan 538 gazovoz foydalanishda bо‘lgan.
Bu kias (toifa)dagi eng ulkan kema 71 ming m3 ga sig‘imga ega. Uning о‘rtacha sig‘imi esa 6500 m3 ga teng. Hozirgi vaqtda neft gazi uzun 95 ming kubometr sig‘imli kemalar qurilishi va tabiiy gaz uchun 175 ming kubometr sig‘imli kemalar loyihalashtirilgan holida ishlab chiqarilmoqda.