Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi ” fanidan


II BOB. TRANSPORT FLOTI-MAMLAKATLAR DENGIZ QUDRATINING UNIVERSAL KOMPONENTI



Download 0,84 Mb.
bet10/14
Sana10.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#652801
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

II BOB. TRANSPORT FLOTI-MAMLAKATLAR DENGIZ QUDRATINING UNIVERSAL KOMPONENTI


2.1. Dunyo okeanining iqtisodiy va harbiy ahamiyati
Dengiz va okeanlarning roli davlatlarning siyosiy va iqtisodiy hayotida tobora о‘sib bormoqda. Dengizda suzish texnikalarining rivojlanishi bilan dunyo okeanining bepoyon kengliklari kemalar suzishi uchun tobora ochila boshladiyu zamonaviy suvusti kemalariga dunyo okeanining kо‘pchilik rayonlarida uzoq vaqt duch kelish mumkin. Atom suv osti kemalari Arktika muzlari ostida ham harakatlanishi mumkin.
Dunyo okeani mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga ega. Shunday orol davlatlar borki (Buyuk Britaniya, Yaponiya va b.) о‘z iqtisodiyotini boshqa mamlakatlar bilan aloqalarsiz rivojlantirishi mumkin emas. Bunday aloqalar esa asosan dengiz transportida amalga oshiriladi.
Dengiz transportining о‘ziga xos xususiyati asosan uzoq qit’alararo barcha ommaviy yuklarni tashish hisoblanadi. Dengiz floti hissasiga dunyodagi jami yuk oborotining 60% ga yaqini tо‘g‘ri keladi. Dengiz transporti yuk oboroti temir yо‘lnikiga qaraganda juda tez sur’atlarda о‘sdi. Dengiz transporti yiliga 5-6 mlrd tonna yuk tashiydi.
Yirik sig‘imi savdo flotlari (mln.br.reg.t.da)-Leberiya-547 (Leberiya bayrog‘i ostida suzuvchi kemalar asosan amerika monopoliyalariga tegishli. Amerika bayrog‘i ostida suzuvchi kemalar tannajiga kо‘ra dunyoda 5-о‘rinni egallaydi. Biroq, Amerikaning chet ellardagi neft, pо‘lat quyuvchi va boshqa kompaniyalari va “qulay bayroqlar” ostida suzuvchi barcha kemalarini qо‘shib hisoblaganda AQSH savdo flotining yuk kо‘tarish qobiliyati 40 mln br.reg.t.ga yaqin), Yaponiya-34.9, Buyuk Britaniya-28.0, Norvegiya-23.5, Rossiya-16.7, Gretsiya-17.8. Bо‘g‘ozlar va kanallar dengiz va okeanlarni eng qisqa masafada birlashtiruvchi yо‘llari, dengiz kommunikatsiyalarining eng muhim tushunchalari va strategik ahamiyatga ega obyektlardir. Ayniqsa, Qoradengiz, Boltiq, Duvr, Gibraltar, Malakka, Singapur, Zond bо‘g‘ozlarini alohida qayd etish lozim, hamda Laperuza, Sangar va Koreya bо‘g‘ozlari ham muhim о‘ringa ega.
Qoradengiz bо‘g‘ozlari (Bosfor, Marmar dengizi va Dardanella) yopiq Qora dengizni, ochiq О‘rta Yer dengizi bilan u orqali esa Atlantika okeani bilan bog‘lovchi yagona darvozadir. Qora dengiz bо‘g‘ozlari-Dardonella va Bosforning savdo ahamiyati bir vaqtda uning birinchi darajali harbiy pozitsiyasini, har qanday urushda hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘ladigan pozitsiyani hal bajaradi. Qora dengiz bо‘g‘ozlari orqali yiliga umumiy suv sig‘imi 50 mln tonnadan ortiq 15 mingdan kо‘proq kemalar, shu jumladan 5 mingdan ortiqroq MDH davlatlariga tegishli kemalar о‘tadi.
Baltika yoki Daniya bо‘g‘ozlari-Boltiq dengizini Shimoliy dengiz va Atlantika bilan bog‘lovchi yagona tabiiy suv yо‘lidir. Boltiq bо‘g‘ozlari Kichik va Katta Belt hamda Zund bо‘g‘ozlaridan tashkil topgan. Bu bо‘g‘ozlar orqali Boltiq yoki qarama-qarshi yо‘nalishdan harakatlanayotgan kemalarning katta qismi о‘tadi.
1869-yilda qurilgan Suvaysh kanali dunyoning eng muhim kemalar qatnaydigan kanallaridan biridir. Osiyodan Yevropaga о‘tish yо‘lini (Bombey-London) 9 ming km ga qisqartiruvchi bu kanal orqali 240 mln tonnadan ortiq yuklar tashib о‘tiladi.
Dunyo okeanining biologik mineral va boshqa tabiiy resurslari juda katta. Okean hayvonlarining umumiy yillik mahsuldorligi 56 mlrd tonnani tashkil etadi. Dunyoning ovchilik flotlarida 7 mln dan ortiq kemalar hisobga olingan. Jahonda ovlangan narsalarning umumiy miqdori 69 mln tonnadan oshadi, uning 59 mln tonnasini baliqlar tashkil etadi.
Okeanning tubi va uning qa’ri nafaqat neft va gazga boy, sohilbо‘yi qushlari magniti, shevmenit, rutgil, sirkoniy, monatsint, xrom, oltin, platina va boshqa boyliklarga ham ega. Hindiston, Braziliya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Shri-Lanka va AQShning qirg‘oq bо‘ylarida dunyodagi sirkoniy zahirasining 4/5 ga yaqini tо‘plangan. Shelfning tub jinslari kо‘mir (Kanada, Angliya, Yaponiya), temir rudasi (Kanada), oltingugurt (AQSH) ga ega.
Dengizlar suvida mashhur Mendeleyev davriy sistemasidagi elementlarning barchasi uchraydi.
Bundan buyon ham dunyo okeanining iqtisodiy ahamiyati tо‘xtovsiz о‘sib boradi. Bu boradagi insoniyatning eng asosiy vazifasi-dunyo okeani boyliklaridan tejab-tergab foydalanish, tegishli meyorlarni ishlab chiqish va ularni qat’iy amal qilish, uning suvlarini ifloslanishini kamaytirib borish hisoblanadi.
Dengiz davlatlari deb nomlanuvchi dunyoning kо‘plab mamlakatlarida transport flotining rivojlanishi bilan dengizda yuk tashishdan tushadigan valyuta tushumlari, valyuta balansi defitsiti (kamomad)ni qoplash muhim manbaga aylandi.
Norvegiya, Daniya, Gretsiya, Shvetsiya va boshqa ba’zi mamlakatlar valyuta balansida ham kemachilikdan tushadigan daromadlar muhim rol о‘ynaydi. Masalan, Norvegiya savdo flotining yillik daromadi 700 mln dollardan ortadi. Shvetsiya valyuta balansida kemachilikdan tushgan daromadlar 17-19% ni tashkil etadi.
Yana shuni ham nazarda tutish kerakki, dengiz floti amalda qit’alararo ommaviy yuklarni tashishni amalga oshira oladigan yagona transport turidir, kemachilikdan tushadigan daromadlar esa kо‘plab davlatlar valyuta balansida katta rol о‘ynaydi. Haqli ravishda transport flotining ulkan iqtisodiy va siyosiy ahamiyatiga katta baho berish lozim.
Transport floti kо‘plab mamlakatlarning nafaqat muhim iqtisodiy vositasi, balki urush sharoitlarida harbiy flotining muhim zahirasi bо‘lib ham hisoblanadi. Masalan, AQSH harbiy dengiz qо‘mondonligi transport flotiga harbiy (urush) vaqtida qurolli kuchlarning tarkibiy qismi sifatida qaraydi. Shu sababdan AQSH savdo flotining tuzilishi va uning taraqqiyoti nafaqat iqtisodiy omillarga buysunadi, balki urush vaqtida transport floti oldida muqarrar ravishda kо‘ndalang bо‘ladigan sof harbiy vazifalarni hal etish zaruratiga ham bо‘ysunadi. Buning natijasida harbiy dengiz qо‘mondonligi savdo flotiga har tomonlama kо‘maklashadi. Bunday qо‘llab-quvvatlash mamlakat harbiy-iqtisodiy potensialiga zaruriy darajada strategik xom ashyolar va tayyor mahsulotlarning uzluksiz tashilishini ta’minlaydi, boshqa mamlakatlar hududida joylashgan harbiy bazalarni barcha turdagi jihozlar bilan ta’minlaydi, hamda dengiz va okeanda qо‘shin va harbiy yuklarni tashish imkonini beradi.
Amerikalik harbiy mutaxassislar, desant qо‘shinlarini kо‘chirishni rejalashtirishda zamonaviy mexanizatsiyalashgan qо‘shinning har bir soldati uchun tо‘la jangovor safar anjomlari uchun 4 tonnali kema suv sig‘imi talab qilinishini va bunday tashqari, uning oylik ta’minoti 2 t suv sig‘imiga tengligini hisobga olish kerakligini tasdiqlaydilar.
Ma’lumki, transport kemalaridan dengizda jangovor kemalarning moddiy-texnik ta’minoti uchun keng foydalaniladi. Shu sababdan dunyoning kо‘plab mamlakatlarining harbiy dengiz va savdo flotlarida sо‘nggi vaqtlarda dengizda yuklarni almashishni tashkil etishni puxtalash va buning uchun zarur vositalarni takomillashtirishga, hamda dengizda harakatlanayotgan kemalarni yoqilg‘i kemalari vositasida tо‘latishga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, AQShda loyihalashtirilgan 31400 tonna suv sig‘imi tankerlar (atom kuchiga barpo qilingan) dengizda soatiga 15 о‘zel tezlik bilan harakatlanayotgan boshqa kemalarni 2380 kub metr yoqilg‘i bilan ta’minlaydi.



Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish