Mamlakat
|
Yuk aylan-masi
|
Port
|
Mamlakat
|
Yuk aylan-masi
|
Rotterdam
|
Niderlandiya
|
290
|
Gavr
|
Fransiya
|
85
|
Singapur
|
Singapur
|
190
|
Antverpen
|
Belgiya
|
85
|
Yangi Orlean
|
AQSH
|
175
|
Tokio
|
Yaponiya
|
80
|
Kobe
|
Yaponiya
|
170
|
Kura
|
Yaponiya
|
80
|
Nyu-York
|
AQSH
|
155
|
Gonkong
|
Syangan (Xitoy)
|
80
|
Tiba
|
Yaponiya
|
135
|
Baton Ruj
|
AQSH
|
80
|
Nagoya
|
Yaponiya
|
130
|
Gamburg
|
GFR
|
65
|
Xyuston
|
AQSH
|
125
|
London
|
Buyuk Britaniya
|
60
|
Nokagama
|
Yaponiya
|
125
|
Kornus-Kristi
|
AQSH
|
60
|
Shanxay
|
Xitoy
|
115
|
Genuya
|
Italiya
|
55
|
Marsel
|
Fransiya
|
95
|
Filadelfiya
|
AQSH
|
55
|
Osaka
|
Yaponiya
|
95
|
Vankuver
|
Kanada
|
55
|
Kavasaki
|
Yaponiya
|
90
|
Gaosyun
|
Tayvan
|
55
|
Ixtisoslashgan portlar ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xarakterlidir. Ularning eng yiriklari neft eksportiga bog‘liq holda paydo bо‘ldi va fors qо‘ltig‘ida joylashgan. Bular quyidagilar: Ros-Tonnura (Saudiya Arabistoni), Min-El-Axmadi (Quvayt), Xark (Eron) bо‘lib, eng yirik supertankerlarni qabul qiladi va ularning yuk aylanmasi neft qazib olish va eksporti maksimal darajaga yetganda Rotterdamdan kо‘proq bо‘ladi.
Eng yirik neft eksporti portlari qatoriga, shuningdek, Nigeriyadagi-Bonni, Meksikadagi –Tampino, Liviyadagi – Es-Sider, Indoneziyadagi-Dumay, Alyaskadagi (AQSH)-Valdiz kiradi. Sо‘nggi yillarda ega bо‘lgan, ruda tashuvchi kemalarni qabul qiladigan Braziliyaning Tubaron porti dunyoning eng yirik portiga aylandi.
Hozirgi vaqtda jahon dengiz transporti jami yuk oborotining 67% Atlantika okeani portlariga, 20% ga yaqini Tinch okeani portlariga qolgani Hind okeani portlariga tо‘g‘ri keladi.
1.3. О‘zbekistonning jahon dengiz portlariga chiqish imkoniyatlari
Markaziy Osiyo, xususan О‘zbekiston hududi bо‘ylab qadimdan muhim savdo yо‘llari о‘tganligi tarixdan ma’lum. Ular orasida G‘arb va Sharq mamlakatlarini tutashtirgan Buyuk Ipak yо‘li muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk Ipak yо‘li mil. avv. II asrdan milodiy XVII asrgacha insoniyat tarixida katta rol о‘ynagan. U ulkan materikning chekka sharqiy va g‘arbiy hududlarini 12 ming km masofada о‘zaro bog‘lagan.
Markaziy Osiyo mintaqasining tashqi iqtisodiy aloqalarida zamonaviy transport tizimlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mintaqada transportning deyarli barcha turlari rivojlangan. Ular orasida, ayniqsa temir yо‘l, avtomobil transporti yetakchi ahamiyatga ega, shuningdek, quvur va havo transport tizimlari ham shakllangan.
Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyodan barcha transport arteriyalari shimolga, Rossiyaga yо‘naltirilgan. Boshqa yо‘nalishlar, xususan janub yо‘nalishi esa berk (temir yо‘llar Bishkek, О‘sh, Dushanbe, Kushkada uzilib qolgan) edi. Shu sabab mintaqa davlatlari mustaqillikning dastlabki yillarida dunyoga chiqishning yangi, muqobil yо‘llarini izlashga intila boshlashdi. Endilikda mintaqa davlatlari uchun nafaqat shimol, balki janub, g‘arb va sharq yо‘nalishidagi transport yо‘llarini rivojlantirish zaruriyati tug‘ildi. Temir yо‘l, havo transporti Markaziy Osiyoning xalqaro aloqalarida muhim rol о‘ynasa, avtomobil transporti esa ichki aloqalarda katta ahamiyatga ega.
Mintaqada temir yо‘llarning umumiy uzunligi 21003 km ni tashkil etadi. Uning 64,8% Qozog‘istonga, 19,0% О‘zbekistonga, 11,6% Turkmanistonga tо‘g‘ri keladi. Qolgan 4,6% Tojikiston va Qirg‘iziston hududidadir. Temir yо‘llarning zichligi bо‘yicha О‘zbekiston mintaqada yetakchi bо‘lib, bu yerda zichlik har 100 kv.km ga 0,90 km ga teng.
Avtomobil transporti mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim rol о‘ynaydi. Markaziy Osiyoda avtomobil yо‘llarining umumiy uzunligi 414 ming km dan ortiq. Uning asosiy qismi, ya’ni 81,5 foizi Qozog‘iston va О‘zbekiston hududidadir. Aksincha, avtotransportning ahamiyati ustun bо‘lgan Qirg‘iziston va Tojikistonga uning atigi 15,4 foizi tо‘g‘ri keladi. Turkmanistonning bu boradagi ulushi 3,1 foizga teng, xolos.
Avtomobil yо‘llari tо‘ri zichligi mintaqa bо‘yicha uncha yuqori emas, ya’ni zichlik har 100 kv. km ga 10,3 km dan tо‘g‘ri keladi. Mintaqada avtomobil yо‘llari tо‘ri eng rivojlangan davlat О‘zbekistondir. Bu yerda avtoyо‘llar zichligi har 100 kv. km ga 32,0 km ni tashkil etadi. Mazkur kо‘rsatkich Tojikiston va Qirg‘iziston bо‘yicha mos ravishda 21,0 va 17,0 km ga, Qozog‘istonda 7,0 km ga, Turkmanistonda esa 3,0 km ga teng. Bu esa ushbu davlatlar hududini iqtisodiy jihatdan о‘zlashtirish darajasining ancha sust ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |