Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi ” fanidan


Kurs ishning obyekti va predmeti



Download 0,84 Mb.
bet3/14
Sana10.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#652801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Kurs ishning obyekti va predmeti. Kurs Ishning obyekti bо‘lib, jahon dengiz transporti bо‘lsa, ularning joylashishi va rivojlanishini iqtisodiy geografik jihatdan tahlil qilish ishining predmetini tashkil qiladi.
Kurs ishning tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa, adabiyotlarni ichiga oladi.
Birinchi bobda “Jahon dengiz transporti va uning hududiy jihatlari” deb nomlangan, unda jahon dengiz transporti, kemachilikda yuk tashishni tashkil etish shakllari, dengiz transportidagi asosiy universal portlar yoritilgan.
Kurs ishining ikkinchi bobida “Transport floti-mamlakatlar dengiz qudratining universal komponenti” deb nomlangan bо‘lib, unda dunyo okeani, uning ahamiyati, jahon transport flotining rivojlanish xususiyatlari yoritilgan. Ishning xulosa qismida esa transport tо‘g‘risida olingan xulosalar о‘z aksini topgan.


I BOB. JAHON DENGIZ TRANSPORTI VA UNING HUDUDIY JIHATLARI


1.1 Jahon dengiz transportining rivojlanishi
Suv transporti dunyo transport tizimining juda muhim tarkibiy qismi bо‘lib, u siz dunyo xо‘jaligi normal rivojlana olmagan bо‘lar edi. Uning hissasiga dunyo yuk aylanmasining 62 foizi va xalqaro savdoning 4/5 qismi tо‘g‘ri keladi. Ayni suv transportining rivojlanishi tufayli okeanlar ilgarigidek kontinentlar va qо‘shni mamlakatlarni ajratmaydi, balki birlashtiradi. Suv transportining umumiy uzunligi millionlab kilometrni tashkil etadi. Dengiz kemalari asosan ommaviy yuklarni quyib tashiladigan suyuq (neft va neft mahsulotlari), uyib (qoplamasdan) va turib ortiladigan (kо‘mir, ruda, don, fosforit va h.k.) yuklarni tashiydi. Odatda, bu yuklar 8-10 ming km masofaga tashiladi. Dengiz transportida “Konteyner inqilobi” asosiy yuklar tayyor buyumlar, yarim fabrikat, oziq-ovqatlarni tashishning tez kо‘payishiga olib keldi.
О‘z navbatida dunyo xо‘jaligi dengiz transporti rivojlanishiga katta ta’sir kо‘rsatdi. Buni quyidagi ma’lumotlar tasdiqlaydi:
Dunyo dengiz kema transportida yuk tashish hajmi
1960 yilda - 1110 mln.t.
1970 yilda - 2660 mln.t.
1980 yilda - 3600 mln.t.
1985 yilda - 3330 mln.t.
1990 yilda - 3700 mln.t.
2000 yilda - 4500 mln.t.
2009 yilda - 5520 mln.t.
2017 yilda - 7840 mln.t
90-yillar boshida esa 3,7 mlrd tonna atrofida yuk tashilgan bо‘lsa, hozirgi vaqtda 5.5 mlrd tonnadan oshib ketdi. Shu bilan bir qatorda yuk tashish strukturasida ham katta о‘zgarishlar sodir bо‘ldi. 1950-1970-yillarda, ya’ni energetika rivojlanishidan oldingi davrda quyib tashiladigan (suyuq) yuklar salmog‘i 41% dan 55% ga kо‘paydi. Undan keyin uning salmog‘i pasayib, quruq va asosiy yuklar salmog‘i oshdi. 90-yillarning boshida dengiz transporti yuk aylanmasi strukturasi quyidagicha bо‘lgan:
quyib tashiladigan yuklar - 37 %
asosiy yuklar - 24 %
quruq yuklar - 24 %
boshqa yuklar - 15 %
Bu yuk aylanmasida quruq yuklar salmog‘ining oshishidan dalolat beradi. Dengiz transporti yuk aylanmasida bir necha о‘n yil mobaynida Yaponiya dunyoda birinchi о‘rinni egallab kelmoqda, undan keyingi о‘rinlarni G‘arbiy Yevropa, Xitoy, Rossiya egallagan.
Geografik nuqtai nazardan dunyo dengiz trassasi quruqlik transportidan tubdan farq qilib, unda asosiy о‘rinni yо‘l turi va uzunligi emas, balki dengiz kemalari borib va chiqib keta oladigan portlar, dengiz kanallari, bо‘g‘izlar turlari, tarmoqlarining mavjudligi, yirik daryolar quyi oqimlarining qulayligi shart-sharoitlar hal qiluvchi rol о‘ynaydi. Bular dengiz yо‘li trassasi geografiyasining asosiy xususiyatlarini belgilab beradi. Shu sababdan geografik mehnat taqsimoti ta’sirida kо‘pchilik yirik dengiz portlari uzoq yillar mobaynida о‘z mavqeini saqlab kelmoqdalar.
Suv transporti – transportning boshqa turlari orasida allaqachon yetakchi о‘rinlardan biriga ega bо‘lgan transport turi sifatida davlatlar dengiz qudratining muhim komponenti hisoblanadi. Transportning bu eng tejamkor turi kemalarning katta miqdorda yuk kо‘tarish qobiliyatini, dengiz yо‘llarini jihozda kapital sarflarning bir muncha kichikligini hamda yuklarni tashishda eng kichik solishtirma xarajatlarni ta’minlaydi. Shu sababdan dengizda yuk tashish tannarxi-temir yо‘lnikidan 40 - 45% va avtomobil transportinikidan esa 20 barobardan kо‘proq arzonga tushadi.
Jahon ishlab chiqarishining о‘sishiga muvofiq tarzda davlatning о‘z hududi doirasida uning mahsulotlarining olib о‘tilishiga bо‘lgan ehtiyot qanday о‘sgan bо‘lsa, turli mamlakatlararo ham bunday ehtiyoj ortdi. Tabiiyki, xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro ixtisoslashuv jarayonida ishtirok etayotgan har bir davlat о‘z vositalarini kо‘chirishni amalga oshirishga intiladi. Shu sababdan, tashqi savdoda iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni ta’minlovchi va kemalar fronti uchun chet el valyutasidagi harajatlarni nafaqat tejashga imkon beradigan, balki muayyan sharoitda о‘z byudjeti uchun muhim valyuta daromadlari olish imkoniyatini yaratuvchi-zaruriy transport flotiga ega bо‘lish ehtiyoji vujudga keldi.
Hozirgi dengiz kemachiligida yuk tashishni tashkil etishning tramp va muntazam (liniyani) shakllari mavjud.
Tramp (inglizcha tramp-daydi) -kemachiligida kemalar yuk borligiga qarab turli yо‘nalishlarda ishlaydi va yuk tashish bahosi frakt stavkasi kо‘rinishida bо‘ladi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish